2.4. Ishlab chiqarish quvvatlarini loyihalashtirish.
Operatsion tizimni shakllantirishning keyingi bosqichi ishlab chiqarish quvvatlarining xajmi, ularni joylashtirishni xamda moddiy texnik ob’ektlar, korxonalarni loyihalashtirish xakida karor kabul kilishdan iborat. Bu bosqichda ikkita uzaro boglik savollar yuzaga keladi:
1) kancha mikdorda va kanday quvvatdagi ob’ektlarni tashkil etish talab kilinadi(boshkacha kilib aytganda, bir necha yirik korxonalar tashkil etish kerakmi yoki kuplab mayda korxonalarmi?)
2) xar bir ob’ektni kaerda joylashtirish kerak?
Moddiy-texnika ob’ektlarining soni va unumdorligi to’g’risidagi karorlar marketing va samaradorlik omillari bilan belgilanadi. Ba’zi omillar yirik markazlashgan korxonalar foydaliligini kursatsa, ba’zilari esa kichik-kichik, tarkok xolda joylashgan korxonalar afzalligini isbotlaydi.
Yirik korxonalarni tashkil etish kayta ishlovchi tizimning katta kapital sigimi bulganda, kup odamlarni va mahsulotlarni bir erga to’plash talab etilganda maksadga muvofik. Masalan, avtomobilь zavodlari, aeroportlar, elektrostantsiyalar va xokazo.
Mijozlar juda tarkok xolda joylashganda va ularning korxonaga kelib-ketishi kulayligini ta’minlash talab etilganda kup mikdorda mayda korxonalar tashkil etish ma’kulrokdir.
Ba’zi operatsion tizimlarda xam yirik, xam mayda korxonalarning kombinatlashgan xolati kullaniladi.
Korxonalarni joylashtirish to’g’risidagi karorlar ikki darajada: makrodarajadagi va mikrodarajadagi masalalarni kurib chikishni talab kiladi. Makrodarajada kurib chikiladigan omillar quyidagilar:
1.Operatsion tizim mahsulotini sotish bozorlarining xajmi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik va iqtisodiy omillar.
2.Operatsion tizim uchun zarur bulgan materiallar manbalari va
ularni etkazish uchun transport xarajatlari.
3.Mexnat resurslarining mikdori va sifati.
4.Zaruriy energiya va suvning mavjudligi.
5.Siyosiy barkarorlik.
6.Solik siyosati va iqtisodiy rivojlanishni ragbatlantirish.
7.Atrof muxitni muxofaza kilish masalalari.
8.Er maydoni va kurilish ishlarining kiymati.
9.YAshash sharoitlari.
Mikrodarajadagi muxim omillar bulib quyidagilar xisoblanadilar:
1.Sanoat xududi rivojlanishining cheklash me’yorlari, kushni korxonalar bilan uygunligi.
2.Maydonchaning xajmi, tuzilishi va boshka texnik jixatlari.
3.Makbul transport turlarining mavjudligi.
4.Transportda tashishlar xajmi.
5.Energota’minot va boshka, shu jumladan yongin xizmati va chikin-
dilarni yuk kilish xizmatining mavjudligi va kiymati.
6.YAshash joylariga va xizmatchilar uchun zarur boshka ob’ektlarga
yakinligi.
7.Raqobatchilarning joylashuvi.
Kup turdagi korxonalar uchun joylashtirish masalasi xal kilinayotganda asosiy bulib bitta omil xisobga olinadi. Masalan, tikuvchilik korxonalari arzon mexnat manbalariga yakin erlarga joylashtiriladi, avtomobillarga xizmat kursatish shaxobchalari intensiv xarakat joylariga yoki chorraxalarda joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |