2.6. Ishlarni loyihalashtirish
Korxonani joylashtirishdan sung ishlar, ya’ni undagi faoliyat loyihalashtiriladi va mexnat normalashtiriladi.
Ishlarni loyihalashtirish tashkilotdagi xar bir turdagi ishning mazmunini aniklash va uni taksimlash tartibini uz ichiga oladi. Ishlarni loyihalashtirishda iqtisodiy samaradorlik prinsiplari va sotsial (xulk-atvor) prinsiplarni xisobga olish zarur.
Ishlab chiqarish jarayonlarida band bulgan ishlovchilarning mexnat unumdorligini oshirishning muxim omili mexnat taksimotidir (ixtisoslashtirish). Ixtisoslashtirishning afzalliklari shundaki, ishlovchilarni tayyorlash bilan boglik ishlar xajmi kiskaradi, xar bir ixtisoslashgan ishchi urinda kasb maxorati darajasi ortadi, ishlab chiqarish vazifalaridan malakali mexnat talab kilmaydigan va malakaga ega bulmagan ishchilar tomonidan bajarilishi mumkin bulgan ishlarni ajratish imkoni yaratiladi xamda maxsus asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyati ortadi. Lekin, shular bilan bir katorda, ixtisoslashtirish bilan boglik bir kator muammolar borki, ularga ishlab chiqarish topshiriklarini uzgartirishda moslashuvchanlik darajasining kamayishi, ishlovchilarning ishdan konikish xissini pasayishi, charchash kabilar kiradi.
Ishlar mazmunini belgilayotganda menejer (ishlab chiqarishni boshkaruvchisi) ushbu omillarni xar tomonlama urganib chikib, mexnatni ixtisoslashtirishning optimal darajasini topishi zarur.
Ishlab chiqarishni boshkaruvchilar korxonani bir vaktning uzida xam sotsial, xam texnik sistema ya’ni, "sotsial-texnik sistema" ekanligini tushunishlari va ishlarni loyihalashtirishda sotsiotexnik yondoshishga asoslanagan prinsiplardan foydalanishlari zarurdir.
Bu prinsiplar quyidagilarni uz ichiga oladi:
1. Ish ma’lum darajada zurikishni talab etishi va xilma-xillik elemntlarini uz ichiga olishi.
2. Ishda uz malakasini oshirish va ukish mumkinligini ta’minlash.
3. Ish ma’lum doiralardagi karorlar kabul kilish funksiyasini bajarish imkonini berishi kerak.
4. YAxshi bajarilgan ishni tan olish (e’tirof etish)zaruriyati.
5. Ma’lum darajada ijtimoiy kullab-quvvatlash zaruriyati.
6. Mexnat natijalari va shaxsning ijtimoiy mavkei orasidagi bogliqlikni amalga oshirish.
7. Ish mazmunini kelajak bilan boglash va boshqalar.
Mexnatni takomillashtirish yullarini izlash - doimiy jarayon
bulib, mexnatni ixtisoslashtirish, ishlarni boyitish va mexnat mazmundorligini oshirish orqali amalga oshiriladi. Mexnatni tashkil etish usullarini urganish degan barcha ishlab chiqarish jarayonlarini ularni takomillashtirish imkoniyatlarini aniklash maksadida taxlil kilish jarayoni tushuniladi. Bunda xozirgi paytda u yoki bu ish kanday bajarilmokda va uni kanday kilib eng yaxshi usulda bajarish mumkinligi urganiladi.
Mexnatni tashkil etishda va ishlab chiqarish jarayoni operatsiyalarini ishlab chikishda ishlab chiqarish topshirigini bajarishning eng optimal usuli aniklanadi. Bunda u yoki bu ishni bajarish uchun zarur bulgan vakt sarfi normasi belgilanadi. Mexnat normalarining asosiy turlariga vakt normasi, ishlab chiqarish normasi, xizmat kursatish normalari kiradi.
Vakt normasi muxandislik xisoblari, xronometraj ulchovlari asosida belgilanib, mahsulot birligi yoki ish (biror buyumni ishlash, biror jarayonni bajarish) birligi uchun joriy ish vakti sarfini belgilaydi.
Ishlab chiqarish normasi – bir yoki bir necha ishchi tomonidan muayyan sharoit va vakt birligida ishlab chiqarilishi lozim bulgan tayyor mahsulot xajmini bildiradi.
Ishlab chiqarish normasiga ta’sir etuvchi omillar:
xodimlar malakasi;
ish muddati, staji;
ish vaktidan unumli foydalanish;
mexnat intizomi va uni tashkil etish;
yangi texnika va texnologiyani joriy etish va boshqalar.
Korxonada belgilangan normadan ishlab chiqarish normasini kam kilib olinsa, mexnat intizomi buziladi, ish vaktidan unumsiz foydalaniladi, agar bu normalar yukori kilib olinsa, ular bajarilmay koladi, xodimlarda uz kuchlariga ishonch yukoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |