Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Operatsion funksiya tushunchasi va uning tashkilotning boshka funksiyalari bilan boglikligi.
Jarayonlar menejmentining tashkilotning raqobatbardoshliligini oshirishga ta’siri.
Jarayonlar menejmentiga sistemali yondoshishning moxiyati.
Operatsion tizimning “kirishi” va “chikishi” tushunchalari va omillari.
Operatsion funksiya orkali tashkilot raqobatbardoshligini oshirishning kanday usullari mavjud ?
Loyihalarga asoslangan (donalab ishlab chiqarish) operatsion tizimning xususiyatlari.
Seriyalab ishlab chiqarish tizimining xususiyatlari.
Ommaviy ishlab chiqarish tizimlarining xususiyatlari.
Uzluksiz ishlab chiqarish tizimi va uni boshqarish xususiyatlari.
Operatsion tizim «chikishi»dagi mahsulot va xizmatlarning bozor kiymati nimalarga boglik?
Tizim kirishidagi xarajatlar nimalarga boglik?
2. Operatsion tizimni shakllantirish.
2.1. Korxona ishlab chiqarish strategiyasi va operatsion tizim.
YUkorida jarayonlar menejmentining ob’ekti - tashkilotning ishlab chiqarish faoliyati deb ta’kidlagan edik. Jarayonlarni boshqarish operatsion tizimni uzini shakllantirishdan boshlanadi. Operatsion tizimni shakllantirish esa, uz navbatida tashkilotning strategiyasini amalga oshirish doirasidagi faoliyatdir.
Tashkilotning umumiy strategik rejasini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish menejeri bir kator strategik karorlar kabul kilishi zarur. Bu karorlar quyidagi umumiy yo’nalishlar bo’yicha turkumlanishi mumkin:
Ishlab chiqarish jarayonini tanlash. Yiguv konveyeridan foydalanish yoki okim liniyasi? Mexnat ixtisoslashuvi darajasi kanday bulishi lozim ?
Ishlab chiqarish quvvatlari bo’yicha karorlar. Korxonalarni ulchami kanday bulishi zarur?
Vertikal integratsiya. Birlamchi materiallarni sotib olish yoki ishlab chiqarish ma’kulmi?
Ishchi kuchini tashkil etish. Mexnatni ixtisoslashtirish yoki xodimlar malakasini oshirish?
Texnologiya. Etakchilikmi yoki boshkalarning tajribasidan foydalanishmi?
Moddiy-texnika zaxiralari. Aniq buyurtmalar bo’yicha ma’lum vaktga ishlab chiqarishmi yoki omborga to’plashmi?
Joylashuvi. Korxonalarni bozorlarga yakin joyda joylashtirish ma’kulmi yoki xom-ashyo manbalarining yonidami?
Ishlab chiqarish sohasidagi strategik karorlar kupincha resurslarni uzok muddatga boglanishini nazarda tutadi. Taktik karorlar kiska muddatli bulib, strategik karorlar bajarilishini ta’minlashga xizmat kiladi.
Keyingi yillarda xalkaro raqobatni kuchayishi bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish strategiyasining uchta muxim prinsipi shakllandi. Birinchidan, bu "anik muddatga" prinsipi bo’yicha ishlab chiqarish. Bu prinsipga asosan korxona barcha material va butlovchi qismlarni ular yakuniy mahsulot ishlab chiqarishda kerak bulgan vaktda olishga xarakat kiladi. Etkazib berishning ushbu sxemasida ta’minotchi material va butlovchilarni bir kun davomida bir necha marta etkazishi zarur. Ushbu prinsip ishlab chiqarishni boshqarishning an’anaviy usullari, ya’ni material va butlovchilarni yirik partiyalarda uzok vakt oraligida etkazish usullari urnini bosmokda.
Ikkinchi muxim prinsip - bu sifatni kompleks nazorat kilish prinsipidir, ya’ni «xamma narsani birinchi martadan to’g’ri bajarish» deb nom olgan kontseptsiya bo’lib, unga binoan sifatni ta’minlash xar bir ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan ishchi va xodimning uz joyida bajarishi lozim bulgan ishlar ruyxatiga (ya’ni, lavozim yo’riqnomasiga) sifat uchun javobgarlikni kiritish orkali amalga oshiriladi. Bunda aloxida nazorat funksiyasining roli kamayadi, xar bir ishchining o’z urnida sifatni nazorat kilish bo’yicha mas’uliyati ortadi.
Uchinchi va yukoridagilar bilan uzviy boglangan strategik prinsip - ishlab chiqarish jarayoniga kopleks profilaktik xizmat kursatishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi ishchilarga uskunalar va jixozlarning ishdan chiqishi, buzilishi va sinishini oldini olish bo’yicha ularga muntazam profilaktika olib borish va o’z vaqtida xizmat kursatish majburiyati yuklatiladi. Bu esa o’z navbatida ishchilardan doimiy ravishda malaka va ko’nikmalarni oshirib borishni talab kiladi, ya’ni ishchi fakat bir vazifani - ishlab chiqarish topshiriklarinigina emas, balki uskunalarga profilaktik xizmat kursatishni vazifasini xam yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |