1-mavzu. Fan ijtimoiy – madaniy xodisa. Fanlarning tasnifi. Reja


Falsafa va falsafiy bilimlarga kelsak



Download 108,65 Kb.
bet5/17
Sana13.07.2022
Hajmi108,65 Kb.
#791389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1 ma\'ruza IDM UZB

Falsafa va falsafiy bilimlarga kelsak, falsafiy bilimlar bilim ilmiyligining yuqorida keltirilgan asosiy mezonlariga mos kelmaydi. Falsafiy bilimda umumiylik va tizimlilik maxsus bilish metodlari (gnoseologiya) verifikaciyalash va falьsifikaciyalash hamda to’ldiruvchanlik boru, lekin umumahamiyatlilik va vorisiylik kabi muhim belgilari yo’q.
Fizikada ilmiy jamoa vakillari tomonidan, masalan, Nьyuton klassik mexanikasi, Maksvell elektrodinamikasi, Shredinger tenglamalari, saqlanish qonuni, kimyodagi atom molekulyar ta`limoti yoki biologiyadagi nasl va genetik informaciyani molekulyar etkazuvchilar haqidagi ta`limotlar (nuklein kislotalarda DNK, RNK) tan olingan. Falsafada esa, aksincha, barcha davrlarda bir-biriga qarama-qarshi ta`limotlar bir guruh olimlar tomonidan tan olinsa, ikkinchi guruh olimlari tomonidan inkor qilingan.
Falsafa inson faoliyatining barcha boshqa sohalarining asosiy metodologiyasi bo’lsa-da, lekin o’z sohasini metodologik ishlanmalar, ya`ni falsafiy ta`lim metodologiyasi bilan ta`minlay olmagan. Bu yaqin o’tmishdagi falsafa kurslarining mazmunida yaqqol namoyon bo’ladi. Dialektik materializmni o’qitishning suiiste`mol qilinishi nafaqat mafkuraviy sabablarga ko’ra, balki falsafani fan sifatida mutloqlashtirilishi bilan ham bog’liq. Bunday falsafa taraqqiyotiga fan sifatida eski va mukammal bo’lmagan bilimlarning yangi, yanada mukammalroq bilimlar bilan almashinishi, eski bilimning yangicha tarkibiy qism, element sifatida namoyon bo’lishi kabi qarashlar shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda, falsafaga taraqqiyotning mos kelish tamoyili nuqtai nazaridan qaralgan. Bunday holda, albatta, boshqa fanlarni o’rganishdagi kabi (matematika, fizika, biologiya) falsafa kursida asosiy e`tibor uning eng so’nggi yutug’i – dialektik materializmga qaratilgan. Biroq, falsafa barcha asosiy sohalarda fan bo’la olmaydi. Bu ehtimol, falsafiy bilimlarda mos kelish tamoyiliga asoslangan (İlgarigi bilimlar yangi mukammal bilimlar tarkibiga kirmaydi, balki doimiy dolzarbligini saqlaydi.) progressiv taraqqiyot kuzatilmaganligi haqidagi rad qilib bo’lmaydigan dalil bo’lganligi uchundir. Zero, faylasuf uchun Platonning dialoglarini, Aristotelning «Metafizika»sini, Avgustinning «Tavba»sini, Dekartning «Metod haqida mulohazalar»ini o’rganish hozirgi zamon olimlarining tadqiqotlarini o’rganishdan muhimroq. Ayni paytda yaxshi fizikning ma`lumoti Galileyning «Dunyoning ikki muhim tizimi haqida»gi dialogi yoki Nьyutonning «Naturfalsafadagi dastlabki matematika»sini o’rganmasdan ham mukammal bo’lishi mumkin. Bu jihatdan ta`limning falsafiy metodologik muammolari, jumladan, falsafiy ta`lim juda muhim ekanligidan dalolat beradi. Bunda falsafiy fikr, jumladan, uning amaliy sohalari, masalan, ijtimoiy falsafa jamiyatni yoki tarixni o’zgartirish, texnologiyasini yaratishi kerak, degan xulosa kelib chiqmaydi (falsafiy koncepciyalarni ijtimoiy tajribada Sirakuzada Platon qo’llaganining oqibatlarini eslaylik).
Falsafa insonning tarix mohiyatini va unda o’z tutgan o’rnini qay darajada ekanligini tushunishga yo’l ochuvchi yanada muhim vazifani bajaradi. Bu uchun inson haqiqat va yaxshilik nuriga yaqinlashishga imkon beruvchi iroda erki kabi g’ayritabiiy mohiyatga ega bo’ladi. Ya`ni, falsafa insonning moddiy ehtiyojlarini emas, balki ma`naviy qadriyatlarni yaratish, ma`naviy bilish ehtiyojlarini qondirishda fan bo’la oladi. Nihoyat, inson bilishining barcha sohalari haqidagi umumiy jihatlari: falsafiy, ilmiy, texnik, estetik, kundalik bilim haqida to’xtalamiz. Bu sohalardagi bilim hech qachon mukammallikka erishmaydi va buning inson uchun yaxshi tomoni shundaki, insonning qiziqishlari faqat yangi, bilmagan narsalarni bilishga intilishi bilan qondiriladi.
Yuqoridagi tahlilga ko’ra, fan tushunchasining mazmunini quyidagi qisqa ta`rif bilan ifodalash mumkin: «Fan anglangan bilish metodlari asosida tizimli bilimlarni yaratuvchi maqsadli bilish faoliyatidir». Bu erda masala Kantning «Metod mavjud holatlar asosida harakat qilish vositasidir10», degan fikrini eslashimiz kifoya.
Tarixiy taraqqiyotda murakkablashayotgan fan va ta`lim muammosi Xaydegger ta`limotida yaxshi ifodalangan. Anglash yo’llari harakat boshlangan joyga qarab doimo o’zgaradi. Fanlar o’z yo’lida o’z vositalari bilan hech qachon fan mohiyatiga eta olmasalar-da, har bir tadqiqotchi-o’qituvchi, u yoki bu fan bilan shug’ullanuvchi har bir inson fikrlovchi mavjudot sifatida anglashning turli darajalarida harakat qilishi va uni qo’llab-quvvatlashi mumkin11.
Bilishning asosiy tasniflaridan biri uning dinamikasi, ya`ni o’sishi, o’zgarishi, rivojlanishi va h.kdir. Bu g’oya falsafada ilgari surilgan, Gegelь esa uni «haqiqat – tayyor natija emas, – jarayondir» deb yanada mukammallashtirdi. Bu muammo dialektik-materialistik falsafa asoschilari ijodida, ayniqsa, tarixni materialistik tushunish va materialistik dialektikaning ijtimoiy-madaniy ifodasi hisobga olingan metodologik poziciyada o’rganildi. XX asr G’arb falsafasi va fan metodologiyasida, ayniqsa, mantiqiy pozitivizmning olamshumul rivoji davrida ilmiy bilim, undagi o’zgarish va o’sish hisobga olinmasdan o’rganildi.
Gap shundaki, mantiqiy pozitivizm uchun umuman quyidagilar xarakterli edi: a) formal-mantiqiy va til muammosining mutloqlashtirilishi; b) sun`iy yaratilgan formallashtirilgan tillarning gipertrofiyasi (tabiiy tillarga ziyon etkazgan holda); v) tadqiqotni genezisi va evolyuciyasini hisobga olmay tayyor bilim strukturasiga yo’naltirilishi; g) falsafaning xususiy-ilmiy bilimlar qatoriga kiritilishi, xususiy bilimni esa fan tilini formal tahliliga birlashtirilishi; d) bilimni tahlil qilishda ijtimoiy madaniy kontekstlarni tan olmaslik va h.k.
Bilim taraqqiyoti turli muhim davrlardan iborat bo’lgan murakkab dialektik jarayondir. Bu jarayonni afsonalardan mantiqqa, mantiqdan dastlabki fanga, dastlabki fandan mumtoz fanga, mumtoz fandan nomumtoz fanga va h.k., bilmaslikdan bilishga, sayoz bilimlardan mukammal, chuqur bilimlarga harakat sifatida talqin qilish mumkin.
Hozirgi zamon G’arb falsafasida bilimning o’sishi, rivojlanishi fan falsafasining muhim muammosi bo’lib, u evolyucion (genetik) epistemologiya va postpozitivizm kabi oqimlarda yorqin ifodalangan.
Fan o’sishining zaruriy vositalari sifatida olim til, muammoning qo’yilishi, yangi muammoli vaziyatlarning paydo bo’lishi, raqobatdosh nazariyalar, muloqot jarayonidagi o’zaro tanqid kabilarni tushunadi.
O’z koncepciyasida Popper bilim o’sishiga uchta asosiy talabni qo’yadi. Birinchidan, yangi nazariya sodda, sermazmun va yangi g’oyalardan paydo bo’lishi kerak. İkkinchidan, u bevosita tekshirilgan bo’lishi, ya`ni ilgari kuzatilmagan, yangi hodisaning taqdimotiga olib kelishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, yangi nazariya tadqiqot instrumenti sifatida yanada sermazmun bo’lmog’i lozim. Uchinchidan, yaxshi nazariya ba`zi yangi va qat`iy tekshiruvlar kabi sinovdan o’ta olishi kerak. İlmiy bilim nazariyasi va uning o’sishi, o’zining shakllanish jarayonida muammolarni echish nazariyasiga aylanuvchi, tanqidiy muhokama qilinuvchi, raqobatdosh gipoteza va nazariyalarni tanqidiy tekshiruvchi epistemologiyadir.
O’zining ilmiy bilim o’sishi modelini Popper quyidagi sxemada ifodalaydi: R1-TT-EE-R2, bu erda R1-qandaydir boshlang’ich muammo, TT-taxminiy nazariya, ya`ni uning yordamida hal qilinadigan nazariya, EE-tanqid va eksperimental tekshiruvlar orqali nazariyadagi xatolarni bartaraf qilish jarayoni, R2-yangi, chuqurroq muammo bo’lib, uni hal qilish va yanada informativroq nazariyani yaratish zarurligidir.

Download 108,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish