1-mavzu. Fan ijtimoiy – madaniy xodisa. Fanlarning tasnifi. Reja



Download 108,65 Kb.
bet8/17
Sana13.07.2022
Hajmi108,65 Kb.
#791389
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
1 ma\'ruza IDM UZB

Uchinchi guruhga fan va falsafaning o’zaro ta`siri bilan bog’liq muammolar kiradi. Fan tarixiga oid tadqiqotlar fanning rivojlanishida falsafiy dunyoqarash qanday ulkan rolь o’ynashini ishonarli tarzda ko’rsatib berdi. Antik matematika va astronomiyaning vujudga kelishi, Kopernik tomonidan geliocentrik tizimning kashf etilishi, dunyoning klassik ilmiy manzarasining shakllanishi, Galiley-Nьyuton fizikasi, tabiatshunoslikda XIX oxiri XX asr boshlarida sodir bo’lgan inqilob va h.k. bilan bog’liq ilmiy inqiloblar davrida falsafaning ta`siri ayniqsa jiddiy seziladi. Bunday yondashuvda fan falsafasi epistemologiyani, ilmiy bilish metodologiyasi va sociologiyasini o’z ichiga oladi.
Fan falsafasining tabiati to’g’risidagi qarashlarning tipologiyasi uning muayyan yo’nalishini (masalan, ontologik yo’nalishini (A.Uaytxed) yoki metodologik yo’nalishini (K. Popperning tanqidiy racionalizmi) farqlashni nazarda tutadi. O’z-o’zidan ayonki, birinchi yo’nalishda dunyoning yaxlit manzarasini, universumning yaxlit obrazini shakllantirish maqsadida ilmiy bilimlarni tahlil qilish va umumlashtirish tartib-taomillari ustunlik qiladi. İkkinchi yo’nalishda esa ilmiy tadqiqotning turli-tuman tartib-taomillarini, jumladan: asoslash, ideallashtirish, soxtalashtirish, shuningdek, bilimning mazmunini tahlil qilish etakchilik qiladi.
Ba`zan fan falsafasi to’g’risida falsafaning ko’p asrli rivojlanishi jarayonida fan haqida muayyan tarzda fikr bildirgan mualliflarning qarashlariga tayanib, yanada keng tarixiy-falsafiy fikr yuritiladi. Shu tariqa neokantiant fan falsafasini, neorealizm fan falsafasini va boshqa fan falsafalarini olish mumkin. Fan falsafasining scientistik va antiscientistik yo’nalishlari ham farqlanadi. Ular hozirgi davrning madaniy kontinuumida fan egallagan o’ringa turlicha baho beradi (bu haqda 1-bobning 9-qismida so’z yuritilgan).
Fan falsafasining o’rniga ham turli xil baho beriladi. Ayrim mualliflar mazkur fanda o’z xulosalarini faqat fan natijalari va usullari bilan asoslaydigan falsafiy fikr yuritishning bir turini ko’radilar (R. Karnap, M. Bunte). Boshqalar fan falsafasiga tabiiy ilmiy va gumanitar bilimlar o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in deb qaraydilar (F. Frank). Uchinchi toifa mualliflar ilmiy bilimni metodologik tahlil qilish vazifalarini fan falsafasi bilan bog’laydilar (İ. Lakatos). Fan falsafasiga fan va jamiyat uchun zararli bo’lgan fanda mafkuraviy spekulyaciya qilish, deb qaraydigan mualliflar ham bor (P. Feyerabend).
Keng tarqalgan yondashuv nuqtai nazaridan fan falsafasi fanda uchraydigan turli-tuman («ad hok» gipotezalaridan tortib to «case stades» tadqiqotlarigacha) vaziyatlarning tavsifidir. Mazkur yondashuvning afzalligi uning soddaligida. Ammo u kamchiliklardan ham xoli emas: uning konceptuallik darajasi past, u fan falsafasi chegaralarining buzilishiga, ilmiy bilish faoliyatining fakt va hodisalarini sodda qilib tavsiflab berishga olib keladi.
Fan falsafasining asosiy muammolari haqida so’z yuritadigan bo’lsak, XX asrning dastlabki uch o’n yilligida:

  1. dunyoning yaxlit ilmiy manzarasi yaratilganligi;

  2. determinizm va sababiyatning o’zaro nisbati tadqiq qilinganligi;

  3. dinamik va statistik qonuniyatlar o’rganilganligini ko’ramiz.

İlmiy tadqiqotning strukturaviy komponentlari: mantiq va intuiciyaning, indukciya va dedukciyaning, tahlil va sintezning, kashf etish va asoslashning, nazariya va faktning o’zaro nisbati ham e`tiborni tortadi.
XX asrning keyingi uch o’n yilligida fanning empirik asoslash muammosini tahlil qilish, sof empirik tadqiqotning poydevori butun fan binosi uchun etarlimi yoki yo’q, barcha nazariy atamalarni empirik atamalarga bog’lash mumkinmi yo mumkin emasligini, ularning ontologik va instrumental ma`nosining o’zaro nisbatini, tajribaning nazariy asoslari muammolarini aniqlash bilan band bo’lindi. Verifikaciya, falьsifikaciya, deduktiv-nomologik tushuntirish tartib-taomillarining murakkabliklari namoyon bo’ldi. İlmiy bilim paradigmasini va ilmiy-tadqiqot dasturini tahlil qilish, shuningdek, fanni mavzuli tahlil qilish muammolari taklif qilindi.
XX asrning so’nggi uch o’n yilligida ilmiy oqilonalikning yangi, kengaytirilgan tushunchasi muhokama qilindi, ilmiy bilim rivojlanishining har xil tushuntirish modellari, ilmiy izlanish mantig’ini o’zgartirishga urinishlar o’rtasida raqobat kuchaydi. İlmiylik mezonlari, metodologik normalar hamda fan rivojlanishining so’nggi, postnoklassik bosqichining tushunchalar apparati yangicha mazmun kasb etdi. Fanni dialektikaga bo’ysundirishga intilish paydo bo’ldi, fan falsafasi bilan uning tarixi nisbatini aniqlash talabi qo’yildi, uning doirasida qo’llanilayotgan usul va tartib-taomillarning universalligi muammosi ko’ndalang bo’ldi. Fan falsafasida yaratilgan usullardan tarixchi foydalanadimi? Fan tarixi metodologga nima beradi? Fan rivojlanishini o’rganishning tarixiy va metodologik yo’nalishlarining o’zaro nisbati qanday? Bu muammolar bizni fan falsafasining dastlabki marrasiga, ya`ni fanning o’sishi va rivojlanishida yuzaga keluvchi dunyoqarash va ijtimoiy muammolarni tahlil qilishga qaytaradi; ilmiy bilimni ijtimoiy aniqlash masalasi qayta kuchga kiradi, fanni insonparvarlashtirish muammosi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zamon fan falsafasi tabiiy ilmiy va gumanitar bilim o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon civilizaciyasining axloq, siyosat va dinga turlicha munosabatlarida fanning o’rnini tushunishga harakat qiladi. Bu bilan fan falsafasi hodisalar va jarayonlarga olimlar tor professional nuqtai nazardan yondashishiga yo’l qo’ymay, umumiy madaniy vazifani ham bajaradi. U har qanday muammoning falsafiy jihatiga e`tibor berishga chaqiradi. Fan falsafasi, bir tomondan, fanga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirsa, ikkinchi tomondan, ilmiy bilimning o’sishi muammosiga qarashlarning kengaytirilgan diagrammasi shaklida namoyon bo’ladi.
Eng muhim nazariyalar, gipotezalar va faktlarni o’z ichiga oluvchi tabiat to’g’risidagi bilimlarning keng doirasi dunyoning ilmiy manzarasi bilan bog’liq. Dunyoning ilmiy manzarasi tuzilishi markaziy nazariy negizni, fundamental farazlarni hamda muntazam to’ldirib boriladigan alohida nazariy modellarni taklif qiladi. Markaziy nazariy negiz nisbatan barqaror bo’lib, o’z mavjudligini ancha uzoq muddat saqlab qoladi. U barcha ilmiy nazariyalarda o’zgarishsiz qoladigan muayyan ilmiy va ontologik konstantalar majmuidir. Jismoniy reallik to’g’risida so’z yuritilganida, dunyoning har qanday manzarasi eng barqaror unsurlariga energiyaning saqlanishi va entropiyaning doimiy o’sib borishi tamoyillari, universumning asosiy xossalari: makon, zamon, modda, maydon va harakatni tavsiflovchi fundamental jismoniy konstantalar kiritiladi.
Fundamental farazlar o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, shartli ravishda rad etib bo’lmaydi, deb qabul qilinadi. Ularning jumlasiga o’zaro ta`sir va tizimga uyushish usullari, universum rivojlanishining genezisi, qonuniyatlari to’g’risidagi nazariy qoidalar hamda qarashlar to’plami kiradi. Dunyoning shakllangan manzarasi muqobil misollar yoki anomaliyalar bilan to’qnash kelganida markaziy nazariy negizni va fundamental farazlarni saqlab qolish uchun bir qancha qo’shimcha alohida ilmiy modellar va gipotezalar tuziladi. Zotan, ular anomaliyalarga moslashib, o’z shaklini o’zgartirishi mumkin.
Dunyoning ilmiy manzarasi shunchaki alohida bilimlar yig’indisi yoki to’plami emas, balki ularni o’zaro muvofiqlashtirish va tashkillashtirish yangi yaxlitlikka, ya`ni tizimga uyushtirish natijasidir. Dunyoning ilmiy manzarasi xususiyatlaridan biri – tizimlilik ana shu bilan bog’liq. Dunyo ilmiy manzarasining ma`lumotlar to’plami sifatidagi vazifasi bilimlarni birlashtirishni ta`minlashdan iborat. Bundan uning birlashtiruvchi funkciyasi kelib chiqadi.
Dunyoning ilmiy manzarasi paradigma xususiyatiga ega, chunki u universumni o’zlashtirish qoidalari va tamoyillari tizimini belgilaydi. «Aqlga muvofiq» yangi gipotezalarni farazli xususiyatini ma`lum darajada cheklab, dunyoning ilmiy manzarasi tafakkurning harakatini yo’lga soladi. Uning mazmuni dunyoni ko’rish usulini belgilab beradi, chunki ilmiy tadqiqotning ijtimoiy-madaniy, axloqiy, metodologik va mantiqiy normalarining shakllanishiga ta`sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham tadqiqotning umumnazariy maydonini yaratuvchi va ilmiy izlanishning mo’ljallarini muvofiqlashtiruvchi dunyo ilmiy manzarasining normativ, shuningdek, psixologik funkciyalari haqida so’z yuritish mumkin.
Dunyoning hozirgi ilmiy manzarasi evolyuciyasi dunyoning klassik ilmiy manzarasidan noklassik va postnoklassik manzarasiga harakat qilishni nazarda tutadi (bu haqda yuqorida so’z yuritildi). Evropa fani o’z rivojlanishini Galiley va Nьyuton yutuqlariga asoslangan va ancha uzoq vaqt – o’tgan asrning oxirlarigacha hukm surgan dunyoning klassik ilmiy manzarasini qabul qilishdan boshladi. U haqiqiy bilimga ega bo’lish asosiy vositasiga aylandi. Unga qat`iy bir xil aniqlovchi progressiv yo’nalishga ega chiziqli rivojlanishning grafik obrazi xos. Hozirgi kun kelajakni qanday belgilasa, o’tmish ham hozirgi kunni shunday belgilagan. Dunyoning barcha holatlarini o’tmishdan to olis kelajakkacha hisoblab chiqish va bashorat qilish mumkin. Dunyoning klassik ilmiy manzarasi ob`ektlarni ular qat`iy amal qilgan koordinatlar tizimida o’z holicha qanday mavjud bo’lsa, shunday tavsifladi. Unda «ontos»ga qat`iy rioya etildi. Bilish sub`ektiga yoki harakatga keltiruvchi omillar va shovqinlarga tegishli bo’lgan barcha narsalarni eliminaciya qilish talabi asosiy shartga aylandi.
Sabab va oqibatning qat`iy bir xil bog’liqligini tushuntiruvchi etalon darajasiga ko’tarildi. U ilmiy oqilonalikning haqiqiy nazariya tuzishni kafolatlovchi qandaydir umumiy qoida yoki birdan-bir to’g’ri usulini topishga bo’lgan da`volarini mustahkamladi. Nьyutonning Olami mazkur modelning tabiiy ilmiy negiziga aylandi. Ahamiyatsiz atomar hodisalar substanciya jihatidan daxlsiz bo’lgan makon va zamon kontinuumiga hech qanday ta`sir ko’rsatmadi.
Dunyoning klassik ilmiy manzarasi o’rniga kelgan dunyoning noklassik ilmiy manzarasi klassik mexanika qonunlarining universalligi haqida bahs yurituvchi termodinamikaning dastlabki nazariyalari ta`sirida vujudga keldi. Termodinamikaning rivojlanishi bilan suyuqliklar va gazlarga sof mexanik tizimlar, deb qarash mumkin emasligi ayon bo’lib qoldi. Termodinamikada tasodifiy jarayonlar tashqi va ikkinchi darajali emas, balki tizimga bog’liq degan qarash shakllandi. Noklassik tafakkur tarziga o’tish XX-XXI asr boshida tabiatshunoslikda sodir bo’lgan inqilob davrida, shu jumladan, nisbiylik nazariyasi ta`sirida amalga oshirildi. Dunyoning noklassik ilmiy manzarasining grafik modeli rivojlanishning bosh yo’nalishini qamrab olgan sinusoid obraziga tayanadi. Unda chiziqli jarayonga taqqoslaganda aniqlovchining nisbatan moslashuvchan sxemasi yuzaga keladi va yangi omil – tasodifning roli e`tiborga olinadi. Tizimning rivojlanishi izchil tushuniladi, ammo uning holati hech bir davrda aniqlanmagan. Taxminan o’zgarishlar ehtimollik va katta sonlar qonuniga binoan amalga oshiriladi. O’zgarish qancha katta bo’lsa, uning ehtimolligi shuncha kam bo’ladi, zero, har safar real hodisa bosh yo’nalish – «o’rtacha kattalik qonuni»ga yaqinlashadi. İndividlar darajasida aniqlanmaganlik butun tizim darajasida aniqlanganlik bilan uyg’unlashadi. Tarixiy yo’l xuddi shu yo’nalishda zamon va makon kontinuumiga kirib keladi, ammo individ o’z faoliyatining traektoriyasini tanlashda har xil yo’l tutishi mumkin. Aniqlashning yangi shakli nazariyaga «statistik qonuniyat» nomi bilan kiradi. Noklassik ong har doim voqelikka kirganlik holati bilan to’qnash keladi. U ijtimoiy holatlarga o’zining juda bog’liqligini his etar va ayni paytda imkoniyatlar majmuini shakllantirishda ishtirok etishga umid qiladi.
Dunyoning postnoklassik manzarasi obrazi – daraxtsimon sertarmoq grafika sifatida İ.Prigojin tomonidan ishlab chiqilgan. Avval, zamonning istalgan davrida kelajak noma`lum bo’lib qoladi. Rivojlanish bir necha yo’nalishning faqat bittasidan borishi mumkin, bu ko’pincha biron-bir ahamiyatsiz omil bilan belgilanadi. Tizim o’zini qayta qurib, yangi tashkilot darajasi vujudga kelishi uchun oz miqdorda energiya bilan ta`sir ko’rsatishi kifoya. Dunyoning hozirgi zamon postnoklassik manzarasida ijtimoiy tuzilmalarning tahlili ochiq chiziqsiz tizimlarni tadqiq qilishni nazarda tutadi. Mazkur chiziqsiz tizimlarda dastlabki shartlar, ularning ichidagi individlar, mahalliy o’zgarishlar va tasodifiy omillar katta rolь o’ynaydi. «Postnoklassik fan ob`ektlarni o’rganuvchi faoliyat ustidan refleksiya maydonini kengaytiradi. U ob`ekt haqida olinayotgan bilimlarning tafsilotlari bilan nafaqat faoliyat vositalari va amallarining xususiyatlari o’rtasidagi, balki uning qadriyatlari va maqsadlari o’rtasidagi nisbatni ham hisobga oladi»14.
Binobarin, qadriyatlar va maqsadlarning qo’shilishi postnoklassikaning yangi imperativiga aylanadi. Postnoklassik metodologiyada bifurkaciya, fluktuaciya, tartibsizlik, dissipaciya, g’alati attraktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan tizimlar barcha turlarining, jumladan old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma`naviy va boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.
Muvozanatdan uzoq sharoitlarda bifurkaciya mexanizmlari faoliyat ko’rsatilib, ular ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini nazarda tutadi. Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. İ. Prigojinning fikriga ko’ra, bifurkaciya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. N. Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkaciya holatidir».

Download 108,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish