1 Falsafada milliilik va umumiisoniilik.
Chunonchi, hind va xitoy falsafasi,
nemis falsafasi, ingliz falsafasi kabilar shular jumlasidandir. Mil-liy adabiyot, milliy
madaniyat, san’at va hokazolar bo’lgani kabi milliy falsafaning ham bo’lishi tabiiy.
Ammo bu — falsafa mil-liy qobiqqa o’ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy
fan si-fatida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, ikkinchi
tomondan, shu masalalar bilan shug’ullanayotgan aniq shaxs — faylasuf mansub
millatning muayyan manfaatlarini ham ifoda-laydi. Millat ozod bo’lsa, o’z turmush
tarziga mos fikrlasa, olam-ni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda
idrok eta olsa, uning o’z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq manfaatla-rini
aqt-idrok, mafkura yo’li bilan himoya qilishga, uning ongi, dunyoqarashi va
ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy
muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam muno-sabatlari, jamiyat va
tabiatni asrash, umrni mazmunli o’tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar
bilan bog’liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada
muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o’z ifodasini topadi. Aslida,
yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolar-ing barchasi
avval boshda xususiy, milliy^mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida
namoyon bo’ladi. O’z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan
vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni
o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs
dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar, albatta, aks etadi. Bu esa, o’z
navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos
bo’ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo’lmagani singari,
milliylik ham — milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlikdegani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor "Milliy falsafa bo’li-shi mumkinmi?
Axir, yuqorida falsafaga o’z mohiyati bilan umu-minsoniy fandir, degan ta’rif
berildi-ku?"- degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o’ziga xos milliy
taraqqiyot yo’lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo’lgan
savollar-dir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfa-atlarimiz
nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, O’zbekistonda bu yo’nalishni rivojlantirish
zarurati yetilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikr-lar mavjud. Ayrim
faylasuflar, aslida milliy falsafa bo’lishi mumkin emas, bunday yondashuvning
o’zi etnik maxdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki,
milliy falsa-fa milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning nazariy asosi ekan, har
qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy
holda namoyon bo’ladi, deya milliy falsa-fani yoqlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud, degan
fikrga o’rganib qolganmiz. Aslida, ularning bar-chasi nafaqat bir millatga, balki
butun insoniyatga xos-ku! Naza-rimizda, milliy falsafa millat mentalitetini
belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizasiyaga uzviy qo’shilish ja-
rayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo’ladi. Eng muhi-mi — falsafadagi
milliylik umuminsoniylikni rad qilish eva-ziga emas, balki uni ijodiy boyitish
orqali rivojlanib bora-di.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ayrim milliy fal-safalarning
umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib hissa bo’lib qo’shilganini ko’ramiz.
Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutga-nidan keyin o’z milliy davlatchiligiga
ega bo’lgan Yevropa mamla-katlarivd, o’rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish
imkoni tug’ildi. (O’rta asr Yevropa madaniyatiga bag’ishlangan mavzuda bu haqda
alohida fikr yuritamiz.) To’g’ri, ular umumevropa hududida, Qa-dimgi Yunoniston
va Rim madaniyati negizida akllandi.Ularlavropa xalkdariga xos umumiy jihat va
xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon, avvalo, Italiya va
Angliyada, so’ngra Franpiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va
R. Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o’z
mamlakatlari, balki Yevropa va jahon falsafasi tari-xida o’chmas nom qoldirdilar.
Ular, avvalambor, o’z yurti, millati sha’nu sharafini yuksaklikka ko’tarish,
taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlagan, davr taqozo
etgan mafkura-ning shakllanishiga hissa qo’shgan.
Xuddi shunday, XVIII—XIX asrlarda milliylik va jahon falsafasining
taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatgan hudud-Prussiya bo’ldi. Uzoq vaqt
Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida bo’lgan bu o’lka mustaqillikka erishib,
milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in’ikosi o’la-
roq I. Kant, I. Gegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donish-mandlar tomonidan
asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Ke-yinchalik bu falsafa Nisshe, Freyd kabi
ko’plab faylasuflar to-monidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli
namoyandasi hisoblangan Gegel ta’limoti esa, o’z davrida Pruss monarxiyasining
davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsa-ning o’tkinchi ekanligini nihryatda
yaxshi biladigan, yangi zamon-ning Arastusi nomini olgan Gegel Pruss
monarxiyasiningo’tkin-chi
ekanligini
bilmasmidi?
Nimasababdan
udialektikta’limot emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemaning mu-
kammalroqbo’lishi uchun ko’proq kuch sarfladi? degan savollar hali-gacha
faylasuflarni o’ylantirib keladi.
Xo’sh, nima sababdan Gegel bu yo’ldan bordi? Chunki, Gegel o’z davrining,
o’z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi,
davrining mahsuli, ushbu davr fal-safasining namoyandasi edi. U "Faylasuflar
osmondan yomg’ir kabi yog’ilmaydilar yoki yomg’irdan keyingi qo’ziqorinlardek
yerdan o’sib chiqmaydilar, balki ularni xalqyaratadi", deganida aynan ana shuni
nazarda tutgan edi. Gegel o’z ijodi va faoliyati bilan Pruss mo-narxiyasi, garchand
monarxiya shaklida bo’lsa-da, nemis davlati ekan-ligini o’z millatining ongi
vadunyoqarashiningtarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuflardan biri
edi/Uning "Akdga muvofiq narsalarning barchasi voqyedir, voqye bo’lgan
narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir", degan so’zlarini ham ana shu ma’-
noda tushunish lozim. Gegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga
ko’proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda.
O’shadavrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko’proqtar-qoq
hududlarga bo’linib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis
millati uchun Pruss monarxiyasi milliy dav-lat edi. Uning shakli-shamoyili
kelajakda o’zgarishi boshqa masala bo’lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis
milliy davlati tar-zida saqlanib qolishi uning millat falsafasiga aylanishi bilan
bog’liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik
g’oyasi hyech qachon so’nmaydi. Garchand yurtni yov-lar asrlar davomida bosib
tursalarda, u qachondir baribir qad rost-laydi va millatning davlati tarzida yana qayta
namoyon bo’ladi. Ge-gel o’z millatining falsafasi va dunyoqarashiga o’sha
davlatning shakl-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan fay-lasuf
darajasiga ko’tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi
tarixida abadiy qoldi. Milliylik va umumevropa madaniyatidan bahra olgan bu
falsafa haligacha o’z jo-zibasini yo’qotmaganligining sabablaridan biri ham ana
shunda.
Shunga o’xshash vazifani, o’z davrida, millatimizning asl far-zandi Alisher
Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga,
mustaqil davlattilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o’z xalqining bu sohadagi
dahosi buyuk ekanligiga nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham
ishontira olgan edi. Bugungi kunda Navoiy va uning zamoniga, o’sha davrga xos
o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta murojaat
etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o’zining
tarixidan bugungi kun uchun tashbexdar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos
bo’ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsa-fani rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug’ ajdodlarimiz tamal toshini qo’ygan
o’zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari
mav-jud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida bu-gungi o’zbek
falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berila-yotganini alohida ta’kidlash
lozim. Prezidentimiz falsafa oldi-dagi dolzarb muammolarning mohiyati, ularni hal
qilish yo’llariga alohida e’tibor bermoqda.
Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’-minlashda quyidagi
jihatlar alohida o’rin tutadi:
—xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqpigi;
—mamlakatimizningbuyuk kelajagiga ishonchi;
—muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
—mehnatsevarligi. intellektual salohiyati va boshqalar.
O’zbekiston falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalari-i amalga oshirish
quyidagi masalalarning yechimini topishga bog’-liq:
—birinchidan, bugungi kun talablari mustamlakachilik sharoi-|ida
soxtalashtirilgan falsafiy g’oyalar, qarashlar tarixini «aqqoniy yoritish, xolis
ko’rsatib berishni taqozo qiladi. Lekin, afsuski, o’z davrida qimmatli tarixiy
manbalarning yo’q qilinga-K yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni
qiyinlashtirmoqda;
—ikkinchidan, ko’plab manbalar ingliz, arab yoki fors tilla-rida ekanligi,
ularni biladigan faylasuf olimlarning, malaka-li tarjimonlarning kamligi
umuminsoniy ma’naviy merosdan bah-ramand bo’lish va ulardan ijodiy
foydalanishga to’siq bo’lmoqda;
—uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyala-rini, ular
qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan
to’ldirish, milliy istiqlol g’oyasini kishilar qalbiga singdirish muayyan vaqtni
taqozo qiladi.
Xullas, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng falsafa-ni rivojlantirish
g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz millat-ning haqiqiy farzandi bo’lgan,
uning kamolini o’ylaydigan china-kam ozod, hur fikrli, barkamol insonni
tarbiyalab bo’lmaydi. Shu sababli biz o’rganadigan falsafa umumbashariy
muammolar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy demo-
kratik jamiyat barpo etish jarayonidagi ma’naviyatningtarkibiy qismi bo’lib, uning
asosiy tamoyillarini aks ettirmog’i lozim.
Ushbu vazifani amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug’ullanuvchi
olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklamokda. Bunda,
eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy
manfaatlarimiz nuq-tai nazaridan o’zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda
huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning
qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir
ko’rsatadi.
ing barchasi avval boshda xususiy, milliy^mintaqaviy ahamiyatga molik
masalalar tarzida namoyon bo’ladi. O’z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini
sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni
o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs
dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar, albatta, aks etadi. Bu esa, o’z
navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos
bo’ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo’lmagani singari,
milliylik ham — milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlikdegani emas.
Lekin sizning xayolingizda beixtiyor "Milliy falsafa bo’li-shi mumkinmi?
Axir, yuqorida falsafaga o’z mohiyati bilan umu-minsoniy fandir, degan ta’rif
berildi-ku?"- degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o’ziga xos milliy
taraqqiyot yo’lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo’lgan
savollar-dir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfa-atlarimiz
nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, O’zbekistonda bu yo’nalishni rivojlantirish
zarurati yetilganini anglaymiz.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikr-lar mavjud. Ayrim
faylasuflar, aslida milliy falsafa bo’lishi mumkin emas, bunday yondashuvning
o’zi etnik maxdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki,
milliy falsa-fa milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning nazariy asosi ekan, har
qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy
holda namoyon bo’ladi, deya milliy falsa-fani yoqlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud, degan
fikrga o’rganib qolganmiz. Aslida, ularning bar-chasi nafaqat bir millatga, balki
butun insoniyatga xos-ku! Naza-rimizda, milliy falsafa millat mentalitetini
belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizasiyaga uzviy qo’shilish ja-
rayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo’ladi. Eng muhi-mi — falsafadagi
milliylik umuminsoniylikni rad qilish eva-ziga emas, balki uni ijodiy boyitish
orqali rivojlanib bora-di.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ayrim milliy fal-safalarning
umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib hissa bo’lib qo’shilganini ko’ramiz.
Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutga-nidan keyin o’z milliy davlatchiligiga
ega bo’lgan Yevropa mamla-katlarivd, o’rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish
imkoni tug’ildi. (O’rta asr Yevropa madaniyatiga bag’ishlangan mavzuda bu haqda
alohida fikr yuritamiz.) To’g’ri, ular umumevropa hududida, Qa-dimgi Yunoniston
va Rim madaniyati negizida shakllandi. UlarlaYevropa xalkdariga xos umumiy
jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon, avvalo,
Italiya va Angliyada, so’ngra Franpiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F.
Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat
o’z mamlakatlari, balki Yevropa va jahon falsafasi tari-xida o’chmas nom
qoldirdilar. Ular, avvalambor, o’z yurti, millati sha’nu sharafini yuksaklikka
ko’tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlagan, davr
taqozo etgan mafkura-ning shakllanishiga hissa qo’shgan.
Xuddi shunday, XVIII—XIX asrlarda milliylik va jahon fal-safasining
taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatgan hudud-Prussiya bo’ldi. Uzoq vaqt
Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida bo’lgan bu o’lka mustaqillikka erishib,
milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in’ikosi o’la-
roq I. Kant, I. Gegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donish-mandlar tomonidan
asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Ke-yinchalik bu falsafa Nisshe, Freyd kabi
ko’plab faylasuflar to-monidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli
namoyandasi hisoblangan Gegel ta’limoti esa, o’z davrida Pruss monarxiyasining
davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsa-ning o’tkinchi ekanligini nihryatda
yaxshi biladigan, yangi zamon-ning Arastusi nomini olgan Gegel Pruss
monarxiyasiningo’tkin-chi
ekanligini
bilmasmidi?
Nimasababdan
udialektikta’limot emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemaning mu-
kammalroqbo’lishi uchun ko’proq kuch sarfladi? degan savollar hali-gacha
faylasuflarni o’ylantirib keladi.
Xo’sh, nima sababdan Gegel bu yo’ldan bordi? Chunki, Gegel o’z davrining,
o’z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi,
davrining mahsuli, ushbu davr fal-safasining namoyandasi edi. U "Faylasuflar
osmondan yomg’ir kabi yog’ilmaydilar yoki yomg’irdan keyingi qo’ziqorinlardek
yerdan o’sib chiqmaydilar, balki ularni xalqyaratadi", deganida aynan ana shuni
nazarda tutgan edi. Gegel o’z ijodi va faoliyati bilan Pruss mo-narxiyasi, garchand
monarxiya shaklida bo’lsa-da, nemis davlati ekan-ligini o’z millatining ongi
vadunyoqarashiningtarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuflardan biri
edi/Uning "Akdga muvofiq narsalarning barchasi voqyedir, voqye bo’lgan
narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir", degan so’zlarini ham ana shu ma’-
noda tushunish lozim. Gegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga
ko’proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda.
O’shadavrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko’proqtar-qoq
hududlarga bo’linib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis
millati uchun Pruss monarxiyasi milliy dav-lat edi. Uning shakli-shamoyili
kelajakda o’zgarishi boshqa masala bo’lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis
milliy davlati tar-zida saqlanib qolishi uning millat falsafasiga aylanishi bilan
bog’liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik
g’oyasi hyech qachon so’nmaydi. Garchand yurtni yov-lar asrlar davomida bosib
tursalarda, u qachondir baribir qad rost-laydi va millatning davlati tarzida yana qayta
namoyon bo’ladi. Ge-gel o’z millatining falsafasi va dunyoqarashiga o’sha
davlatning shakl-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan fay-lasuf
darajasiga ko’tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi
tarixida abadiy qoldi. Milliylik va umumevropa madaniyatidan bahra olgan bu
falsafa haligacha o’z jo-zibasini yo’qotmaganligining sabablaridan biri ham ana
shunda.
Shunga o’xshash vazifani, o’z davrida, millatimizning asl far-zandi Alisher
Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga,
mustaqil davlattilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o’z xalqining bu sohadagi
dahosi buyuk ekanligiga nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham
ishontira olgan edi. Bugungi kunda Navoiy va uning zamoniga, o’sha davrga xos
o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta murojaat
etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o’zining
tarixidan bugungi kun uchun tashbexdar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos
bo’ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsa-fani rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug’ ajdodlarimiz tamal toshini qo’ygan
o’zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari
mav-jud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida bu-gungi o’zbek
falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berila-yotganini alohida ta’kidlash
lozim. Prezidentimiz falsafa oldi-dagi dolzarb muammolarning mohiyati, ularni hal
qilish yo’llariga alohida e’tibor bermoqda.
Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’-minlashda quyidagi
jihatlar alohida o’rin tutadi:
—xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqpigi;
—mamlakatimizningbuyuk kelajagiga ishonchi;
—muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;
—mehnatsevarligi. intellektual salohiyati va boshqalar. O’zbekiston
falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalari-
ni amalga oshirish quyidagi masalalarning yechimini topishga bog’-liq:
—birinchidan, bugungi kun talablari mustamlakachilik sharoi-|ida
soxtalashtirilgan falsafiy g’oyalar, qarashlar tarixini «aqqoniy yoritish, xolis
ko’rsatib berishni taqozo qiladi. Lekin, afsuski, o’z davrida qimmatli tarixiy
manbalarning yo’q qilinga-K yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni
qiyinlashtirmoqda;
—ikkinchidan, ko’plab manbalar ingliz, arab yoki fors tilla-rida ekanligi,
ularni biladigan faylasuf olimlarning, malaka-li tarjimonlarning kamligi
umuminsoniy ma’naviy merosdan bah-ramand bo’lish va ulardan ijodiy
foydalanishga to’siq bo’lmoqda;
—uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyala-rini, ular
qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan
to’ldirish, milliy istiqlol g’oyasini kishilar qalbiga singdirish muayyan vaqtni
taqozo qiladi.
Xullas, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng falsafa-ni rivojlantirish
g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz millat-ning haqiqiy farzandi bo’lgan,
uning kamolini o’ylaydigan china-kam ozod, hur fikrli, barkamol insonni
tarbiyalab bo’lmaydi. Shu sababli biz o’rganadigan falsafa umumbashariy
muammolar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy demo-
kratik jamiyat barpo etish jarayonidagi ma’naviyatningtarkibiy qismi bo’lib, uning
asosiy tamoyillarini aks ettirmog’i lozim.
Ushbu vazifani amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug’ullanuvchi
olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklamokda. Bunda,
eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy
manfaatlarimiz nuq-tai nazaridan o’zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda
huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning
qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir
ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |