1-mavzu. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/33
Sana21.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#570013
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
1-Ma'ruza (1) (1)

Fan va falsafaning mutanosibligi.
Ayni shu hol falsafa bilan ham, undan 
muayyan fanlar ilgari falsafiy tusga ega bo’lgan tadqiqot predmetlari bilan ajralib 
chiqqanida yuz berishini taxmin qilish o’rinli bo’ladi. Biroq, bunday hol yuz 
berayotgani yo’q. Tarix fan falsafadan qancha ko’proq ajralsa, unda shuncha 
ko’proq masala va muammolar paydo bo’lishini, ya’ni falsafa nafaqat 
kamaymasligi, balki, aksincha, ko’payishini ko’rsatadi. Buning sababi nimada? Bu 


savolga javobni fan va falsafaning o’ziga xos xususiyatlaridan, ularni alohida-
alohida tavsiflovchi masalalar va ularning yechimlari o’rtasidagi tafovutdan 
qidirish, o’rinli bo’ladi.
Fan faqat o’zi olgan haqqoniy bilimlarga va masalalarni yopuvchi muayyan 
natijalarga tayanishi unda o’z muammolari va «ochiq» masalalari mavjud 
emasligini anglatmaydi. Biroq aniq, shak-shubhasiz javoblarga ega bo’lmagan 
falsafiy masalalardan farqli o’laroq, ilmiy masalalar bilimdonlik qilishni emas, 
balki puxta o’ylashni talab qiladi, zero ular pirovardida dastlabki taxminlarni rad 
etuvchi yoki ishonchli bilimlar doirasini kengaytirib tasdiqlovchi muayyan 
yechimlar olish real yoki potensial imkoniyatiga egadir. Shu tariqa vujudga 
keladigan ilmiy fanlar qaynayotgan suvdagi ko’piklar kabi kattalashib, falsafiy 
mushohada yuritish jabhasini, anglab yetilgan narsalar anglanmagan narsalar bilan 
yuzma-yuz keluvchi sohani ham kengaytiradi, chunki tabiatshunoslik doirasida 
javob berishning iloji bo’lmagan yangi masalalarni yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda eski falsafiy muammolardan yangi falsafiy jumboqlar sari 
o’tilmoqda
.
«Xudo bormi?», «Haqiqat nima?», «Ruhning tabiati qanday?» 
qabilidagi falsafiy masalalarni aniq va uzil-kesil yechish mumkin emas, balki 
ularni yechishning umuman iloji yo’qdir, Shu bois bu savollar ham javobsiz 
qolmoqda.
Nima uchun «balki»? kabi savollar shuning uchunki, qadimda 
donishmandlarni bugungi kun nuqtai nazaridan mutlaqo falsafiy bo’lmagan va tom 
ma’noda falsafiy sanalgan masalalar qiziqtirgan. Misol uchun: «Yulduzlar 
kunduzi, quyosh esa – tunda qayerga yo’qoladi?», «Nima uchun ayrim jismlar 
suvda cho’kadi, ba’zi jismlar esa suvda suzadi?», «Chopqir Axilles sudralib 
borayotgan toshbaqaga qanday yetishi mumkin, basharti har safar ularning 
o’rtasidagi masofani bosib o’tish uchun u mazkur masofaning teng yarmidan 
o’tishi lozim bo’lsa?» va h.k. va sh.k. 
Biroq bu va shunga o’xshash masalalar falsafadan tabiatshunoslik sohasiga 
o’tgach, ko’pincha yangi va yangi falsafiy muammolarni yuzaga keltiradi. 
Masalan: 

Yer va boshqa sayyoralarni, ayni bir yo’nalishda aylantirgan kuch 
qayerda? 

Agar bizning quyoshimiz o’rtacha kattalikdagi yulduz bo’lsa, unga 
o’xshagan milliardlab yulduzlarning hyech bo’lmasa ayrimlari bizning 
Yerimizdagiga o’xshash hayot mavjud bo’lgan yo’ldoshlarga ega bo’lishi 
mumkinmi? Biroq inson hatto eng yaqin yulduzlarga yetishi uchun nafaqat inson 
hayoti, balki uning sivilizasiyasi tarixidan ham ko’proq vaqt talab etilar ekan, buni 
qanday qilib isbotlash yoki rad etish mumkin? 

Nihoyat, biz kuzata oladigan olam kengayib borayotgan bo’lsa, bu 
harakat zamirida qanday sabablar va kuchlar yotadi? 
Bu va boshqa ko’pgina shunga o’xshash muammolar odamlarni falsafaga 
qayta va qayta murojaat etishga majbur qiladi, chunki fan hozircha bunday 
savollarga aniq javob berishga qodir emas. Aksildunyolar va aksilgravitasiya, qora 
materiya va qora energiya, boshqa makon va vaqt o’lchovlaridagi dunyolar 
haqidagi har xil falsafiy g’oyalarning mavjudligi ayni shu hol bilan izohlanadi.


Shunga qaramay, fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim qarama-
qarshiliklar mavjud. Xususan, ba’zi bir ilmiy va falsafiy davralarda fanning roli va 
ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud bo’lib, u «ijobiy», «foydali» 
bilim sifatida fanni «mavhum» va «tajribaga asoslanmagan» falsafaga qarshi 
qo’yadi. Bunday qarashlar ssiyentistik deb, nazariy tafakkur yo’nalishi esa – 
ssiyentizm

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish