Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari.
1. Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha
bo’lgan davrni ilk fan
davri. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o’tib kelgan, hayot tajribasi
va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda
umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega
bo’lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela
boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida
shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni yechishda
foydalaniladigan ma’lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada
tegishli bo’limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim
fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya,
mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin.
Miloddan avvalgi III-II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika,
gidrostatika, geometrik optika (xususan, ko’zgular haqidagi alohida fan – «ka-
toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo
mutafakkirlari al-Xorazmiy matematika, al-Farg’oniy astranomiya, al-Beruniy
meneralogiya va geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug’bek astranomiya,
Alisher Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo’shdi va ular ijodi
mahsullari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Biroq bu fanlarda
ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma’lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin
eksperimental metodlar hali qo’llanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa asossiz
va tekshirib bo’lmaydigan spekulyasiyalar mahsuli hisoblanadi. Ammo ko’rib
chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr mobaynida falsafiy bilim
qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton o’zining fizika
asoslarini yaratgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan
asarini e’lon qilgan.
Shunday qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud
bo’lmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy bilimlarning boshqa manbai – hayot
amaliyoti va hunarmandchilik san’ati bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada
rivojlangan.Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda “Platon akademiyasi”,
Markaziy Osiyoda “Ma’mun akademiyasi” tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida
muayyan yutuqlarga erishilgan bo’lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan
paydo bo’lishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |