Dunyoqarashning mohiyati va tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Dunyoda hayot, o‘lim, tug‘ilish, oxirat to‘g‘risida o‘ylab, mulohaza yuritib ko‘rmaydigan birorta ham inson bo‘lmasa kerak. Falsafa, biz yashab turgan hayot ma’nosini tushunishga yordam beradi hamda o‘z ruhimizni bardam-baquvvat tutib, uni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Isoniyat yaratilgandan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to‘g‘risida ishonch bilan so‘z yuritish mumkin.
Dunyoqarash deb – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
Dunyoqarashga sub’ektning yoshi, jismoniy va ruhiy holati, fe’l-atvori xususiyatlari, odatlari va e’tiqodlari, shuningdek milliy madaniyat tipi, etnos xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Dunyo haqidagi tasavvurda ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarni ajratish ham o‘rinli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |