1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo'LG'usi pedagoglarda o'qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafani taraqqiyot bosqichlari. Reja


Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to‘g‘ri fikrlashni ta'minlaydi. Formal mantiqning quyidagi qonunlari mavjud



Download 168,6 Kb.
bet67/74
Sana31.12.2021
Hajmi168,6 Kb.
#261635
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74
Bog'liq
фалсафа

Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to‘g‘ri fikrlashni ta'minlaydi. Formal mantiqning quyidagi qonunlari mavjud:

1. Ayniyat qonuni. Har  qanday fikr - mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bo‘lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko‘ra, har qanday fikr mulohaza jarayonida o‘ziga aynan bo‘lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga asosan, turli mazmunga ega fikrlar aynan bo‘lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo‘lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va ЇOsmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo‘lsada, lekin aynan hisoblanadi.

2. Nozidlik qonuni. Mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o‘z ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga ko‘ra, ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to‘g‘ri yoki birdaniga xato bo‘la olmaydi.   Nozidlik qonuni barcha sig‘ishmaydigan munosabatlar qarama-qarshi va zid munosabatlarga taalluqli. Bir vaqtda va bir munosabatda biron-bir predmet haqida tasdiqlab aytilgan fikrga zid ravishda shu predmet haqida inkor etib aytilgan fikr o‘z fikriga qarshi chiqishdir.  Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos emas desak, yoki, bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o‘sha belgini xos emas desak, nozidlik qonuni buzilmaydi. Bir predmet turli munosabatda olinsa ham nozidlik qonuni buzilmaydi. Nozidlik qonuni mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan biri - tafakkurning ziddiyatsiz, izchillikni ifodalaydi. Undan ongli foydalanish o‘zimiz va o‘zgalarning fikridagi ziddiyatni bartaraf etish har qanday noaniqlikka tanqidiy munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Fikrimizdagi izchillik bizning faoliyatimizga ham izchillik bag‘ishlaydi.

3. Uchinchisi istisno qonuni. U qo‘yidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri to‘g‘ri, ikkinchisi noto‘g‘ri, uchinchisi istisno bo‘ladi. Masalan, «qor oqdir», Їqor oq emas‖, Їqor sariqdir‖ degan mulohazalarning birinchisi to‘g‘ri, ikkinchisi noto‘g‘ri, uchunchisi istisnodir. Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga kiradi. Zid munosabatdagi hukmlarning biri predmetlar sinfining bir qismiga xos xususiyat va munosabatni tasdiqlaydi, ikkinchisi esa shu predmetlarning boshqa qismiga shu xususiyat va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda to‘g‘ri yoki bir vaqtda noto‘g‘ri bo‘la olmaydi. Bundan tashqari, zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga ma'lum xususiyat va munosabatni taalluqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga shu xususiyat va munosabatni xos ekanligini inkor etadi. Masalan, ЇTraktor mashinadir‖ va ЇTraktor mashina emas‖. Uchinchisi istisno qonuni qo‘yidagi formula bilan ifodalanadi:     R v R. Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidek fikrimizning izchil, ziddiyatsiz bo‘lishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan qaysi to‘g‘riligini ko‘rsatmaydi, lekin ulardan biri har doim xato bo‘lishini bildiradi. Bu qonunning ahamiyati shundaki, haqiqatni izlashga yo‘nalish beradi. Uchinchisi istisno qonuni ma'lum bir mazmundagi savolga bir paytni o‘zida ham Їha‖ ham Їyo‘q‖ deb javob bermasdan aniq ulardan birini tanlashni talab etadi. Shu bilan birga ikki zid fikrni oralig‘ida uchinchisi bo‘lmasligini anglatadi.

4. Yetarli asos qonuni. Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Chin fikrni biz uni chinligini, ya'ni,  voqelikka mos kelishini ko‘rsatishimiz lozim. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchilarga ta'lim berish jarayonida o‘zi ifodalayotgan fikrlarni  asoslab berishi lozim. Shundagina u o‘quvchilar uchun ishonarli bo‘ladi. Fikrning asosli bo‘lishi talabi yetarli asos qonunida ifodalanadi. Har  qanday fikr chin hisoblanadi, agar u yetarli asosiga ega bo‘lsa.  

Mantiq fanining fikr yuritish madaniyatini o‘stirishdagi ahamiyati. Mantiq  inson  tafakkuri  madaniyatini  ko‘tarish  va  insoniyatning  uzoq tajribasi  natijasida  takomillashgan  tafakkur  shakllari,  qonunlari  va qoidalarini  bilish  uchun  xizmat  qiladi.  U  inson  fikrining  ketma–  ket, ziddiyatsiz va asosli bo‘lishini ta‘minlaydi.  Mantiq fani mazmunini chuqurroq  o‘rganish kishilarning o‘z tafakkuri va o‘zgalar tafakkuri natijalariga tanqidiy  qarash xislatlarini rivojlantiradi.  Tafakkurning bu sifatlari esa insonning  turli  ilmiy  va  amaliy  faoliyatlari  sohasidagi  ishi  uchun  katta  ahamiyatga  ega. 

Mantiqiy usullardan to‘g‘ri foydalana olish,  ta‘lim tarbiya jarayonida isbot va  raddiyaning  mantiqiy  tomonlarini  bilish  talabalarda  o‘z  nutqining  asosli  bo‘lishini ta‘minlaydi, fikrdagi ziddiyatlarni ochishga yordam beradi. Mantiqni  yaxshi  bilish  turli  ilmiy  uchrashuvlar,  munozaralar,  muhokamalarda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.  Xususan,  bunday hollarda fikrlash   sub‘ekti  haqiqatni  aniqlash  yoki  uning  sofligini  saqlab  qolish,  asoslash  uchun   mantiqiy  qonun–  qoidalarni  to‘g‘ri  tadbiq  eta  bilishi,  suxbatdoshining   fikridagi  xatolarni  tez  topa  olishi,  o‘z  fikrini  dalilli  qilib  bayon  etishi   zarur. Bu esa  uning mantiq fanini yaxshi bilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

Mantiq fanining o‘rganish ob'ektini tafakkur shakllari tashkil etishi yuqorida aytib o‘tildi. Hissiy  bilishdan farqli ravishda tafakkurda narsa va hodisalar mohiyati, ularning umumiy, muhim xususiyatlari, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya'ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettirilishi yuqoridagi mavzuda bayon qilib o‘tildi.  Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish  usuli, uning tuzilishidir. Tushuncha, hukm va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari bo‘lib, uning asosiy tarkibiy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan muammo, gipoteza, nazariya, g‘oya, argumentatsiya)da amalga oshadi.

Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bo‘lishi va formal jihatdan to‘g‘ri qurilishi kiradi. Chin fikr o‘zi ifoda qilayotgan predmet va ularning xossalari  hamda munosabatlariga muvofiq kelishi bilan izohlanadi. Fikr chin bo‘lishi bilan bir qatorda formal jihatdan to‘g‘ri qurilishi ham mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti hisoblanadi. Fikrning to‘g‘ri qurilishi tafakkurda hosil bo‘ladigan turli xil strukturalarda, har xil mantiqiy amallarda o‘z aksini topadi. Fikrning to‘g‘ri qurilishi tafakkur qonunlariga rioya qilish orqali amalga oshadi. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, ziddiyatsiz, izchil, yetarli asosga ega bo‘lishidan iborat. Mazkur talablarga rioya qilmaslik muhokamaning noto‘g‘ri tuzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tushuncha–bu predmetlarning zaruriy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Mantiqda predmet tafakkur predmeti sifatida nazarda tutiladi. Unga buyumlar (kitob, qalam), buyumlarning xossalari (issiq, sovuq), buyumlar munosabati (yaqin, uzoq), jarayonlar (o‘qimoq, yozmoq) kiradi. Fikr predmetida nafaqat real mavjud bo‘lgan buyumlar, balki xossa va munosabat hamda inson ongidagi  g‘oya, nazariya kabilar ham tushuniladi.

Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi.  Belgilar muhim yoki nomuhim bo’ladi. Predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo’lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo’lishimizga qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo’lmagan belgilar boshqa munosabatda muhim bo’lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo’lsa, inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma‘lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob‘ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo’lishi bilan zaruriy aloqada bo’lgan belgilardan) farq qiladi.


Download 168,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish