1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo'LG'usi pedagoglarda o'qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafani taraqqiyot bosqichlari. Reja



Download 168,6 Kb.
bet18/74
Sana31.12.2021
Hajmi168,6 Kb.
#261635
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
фалсафа

Ilm-fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar  esa  insonning dunyoni va o’zini bilishni doimo  e‘tirof  etib  kelganlar.  Qadimgi Yunon faylasuflari inson dunyoni va o’zini bilishi, haqiqatga erishishi mumkin, deyishgan.  Ular hissiy va aqliy bilishning roli  haqida xam qimmatli fikrlar aytishgan. O’rta Osiyo mutafakkirlari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiylar xam insonning dunyoni va o’zini bilish masalasi haqida to’xtalib, inson tabiat va jamiyatni hamda o’zini bilishga  qodir, inson bilishi sezgi va idroklaridan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi, inson aqli - faol, u bilishning asosiy qurolidir, deyishadi.  Ular inson bilishi ma‘lum narsalardan noma‘lum narsalar tomon rivojlanib boradi, deb ko’rsatishgan.    

 Tasavvuf falsafasi vakillari esa  o’z  qarashlarida  insonning hissiy bilishi tashki bilishni, aqliy bilish esa ichki bilishni   tashkil qilishini aytishib, ularning o’zaro bog’liqligini ham  o’qtirganlar. SHu bilan birga, ular inson dunyoni va uzini bilishi  uchun  ma‘naviy kamolotga erishmogi lozim.  Lekin bu kamolotga erishish  uchun  quruq  intilish bilan emas, balki o’qish, o’rganish, bilimlarni va  hunarlarni egallash, jamiyatda boshqa kishilar bilan o’zaro muloqotda va  munosabtda bo’lish orqali yuzaga keladi, deyishadi.  XVII-XVIII asr Ovro’pa faylasuflari ham insonning  dunyoni  va o’zini bilishi  haqida  qimmatli  fikrlarni  bildirashadi.  Masalan, ingliz faylasufi F.  Bekon, inson bilishi sezgilaridan  boshlanadi, bilishning manbai tajribadir, sezgilar orqali  olingan  dalillarni inson tafakkur yordamida kayta ishlab chikadi, deydi.  U inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan boglik ekanligini, ularga xizmat ki- lishi lozimligini aytadi.  Fransuz faylasufi Dekart esa,  insonning dunyoni va o’zini bilishi masalasi haqida tuxtalib, birdan bir  to’g’ri bilish - tafakkurdir, deydi.  U inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan boglik ekanligini, ularga  xizmat  kilishi  lozimligini xam aytadi.  Didro, Gol’bax, GelG’vetsiy, Vol’ter va Lammetriylar  esa  insonning bilishi masalasida fikr  yuritishib,  sezgilar  tafakkurning asosi ekanligini, ular inson bilishining quyi  boshlang’ich  bosqichi, tafakkur esa eng yuqori, murakkab bosqichi ekanligin aytishadi.     

Nemis klassik falsafasining vakili Hegel esa inson  bilishini mutlaq ruhning inson  qiyofasida  o’z-o’zini  anglashidir,  deydi. Nemis klassik falsafasining so’nggi vakili L.  Feyerbax esa,  insonning dunyoni bilishini e‘tirof etib, dunyo insondan va  uning  ongidan tashqarida mavjud, inson bilishi  tabiatning,  uning  sezgilari va tafakkuridagi tug’ri in‘ikosi ekanligini aytadi. Insonda, deydi u, dunyoni bilish uchun qancha sezgi a‘zosi kerak bo’lsa, shuncha  sezgi a‘zolari bor.  Uningcha, sezgilar bilish jarayonining boshlang’ich bosqichi bo’lib, sezgi a‘zolari insonni  tashqi  dunyo  bilan  bog’laydi.         Feyerbax fikricha, sezgi a‘zolari insonni tabiat bilan  tanishtiradi, lekin uni  tushuntirmaydi.       Bilishning yalpi falsafiy nazariyalariga ko’ra, insonning  dunyoni va o’zini bilish imkoniyati va darajasi, avvalo, ijtimoiy sharoitga ishlab chiqaruvchi kuchlar va ularning ehtiyojalariga, ishlab  chiqarish munosabatlarining darajasiga bog’liqdir. 

Bilish nazariyasi in‘ikos nazariyasidan xam  iboratdir.  Sababi: falsafa inson bilishining tabiatini tushuntirar ekan, uni  borliqqa xos in‘ikos bilan bog’lab tushuntiradi. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko’ra, bilish moddiy va  ma‘naviy borliqning inson miyasidagi muayyan  maqsadga  karatilgan  faol aks etishidir.  Inson bilishining manbai  esa  ayni  shu  moddiy  va ma‘naviy borlik, ularni tashkil kilgan  predmetlar,  xodisalar  va jarayonlardir. Bu predmetlar, xodisalar va jarayonga insonga ta‘sir kilib, uning miyasida aks etadi.  Ular moddiy va ma‘naviy  borliqning inson miyasidagi sub‘ektiv obrazlari, ramzlari va  belgilaridir. 

Bu jihatdan inson bilishi, avvalo, moddiy va  ma‘naviy  borliqning xususiyatlariga va shu bilan birga, ularni faol in‘ikos ettiruvchi inson miya mexanizmining rivojlangan darajasiga  bog’liqdir. Inson o’z miyasida faqat tabiiy va ijtimoiy borliqni, ularning  qonuniyatlarinigina aks  ettirib  qolmasdan,  balki  o’zining  ma‘naviy-ruhiy va insoniy  borligini xam in‘ikos ettiradi.      

Umumiy ma‘noda aytganda, inson bilishning sub‘ektini,  insonni qurshab turgan borliq esa  bilishning  ob‘ektini  tashkil  etadi. Bilishning sub‘ekti va ob‘ekti bilan bir qatorda, bilishning  predmeti ham mavjuddir.  Bilishning  predmeti-bu  bilish  ob‘ektining sub‘ekt bilishi qaratilgan, sub‘ektning bilish  faoliyati  doirasiga kirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridir.    

 Inson bilishini shartli ravishda bir necha turlarga bo’lib o’rganish mumkin.  Dastlab inson  bilishini  unda  borliq  qanday  holda in‘ikos etganligiga qarab, oddiy va ilmiy bilishlarga ajratish mumkin.      Oddiy bilish kishilarning odatdagi o’z kundalik hayotlarida  borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o’z sezgi a‘zolari va ta- fakkurlari orqali bilishdir.  U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali  hosil  bo’lib,  odatda "soglom fikrlar"da o’z ifodasini topgan bo’ladi.  Oddiy bilish hamma  kishilarga xos bilishdir.     

Ilmiy bilish esa,  oddiy  bilishdan  farqlanib,  u  borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning  mohiyatini  bilishdir.  Ilmiy bilish, odatda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy  izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi.  SHu sababli ilmiy bilish  uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yo’llar bilan amalga  oshiriladigan murakkab ziddiyatli bilishdir.       

Inson bilishini turlarga bo’lishda intuitiv bilishdan farqli ravishda qadimdan g’oibona bilish haqida  ham  turli  fikrlar  mavjud. G’oibona bilish inson bilishining shunday turiki, bunda kishi uzoq masofadan turib sodir bo’ladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishi, bu hodisa va voqeaning qanday sodir bo’lishi unga  ayon  bo’ladi. Kishilar biron ishni qilmoqchi bo’lsa, bu ishning natijasi haqida  oldindan: "shunday bo’lishi kerak, bunga men qat‘iy ishonaman",  shunday bo’ladi, deb o’ylayman" yoki "oldindan yuragim sezgandi", "oyog’im tortmagandi", "negadir ko’nglim g’ash" degan fikr mulohazalarni  aytishadi. Lekin shuni aytish kerakki, g’oibona bilishning hozircha mexanizmi fanga ma‘lum emas. SHu sababli ko’pincha g’oibona bilishni kishilar ilohiylashtirib, bunday bilish faqat aziz avliyolarga, alohida  g’ayritabiiy xususiyatlarga ega kishilarga xos, deb qarab kelishmoqda.     

Moddiy va ma‘naviy borliq o’z tabiatiga ko’ra  bir-biri  bilan uzviy bog’liq dealektik jarayon  bo’lganligidan,  ularning  in‘ikosi bo’lgan inson bilishini ham dialektik jarayon,  deb  tushunish  lozim. Ya‘ni, inson bilish bilmaslikdan bilishga, aniq bo’lmagan bilishlardan aniqroq bilishlarga, to’liq bo’lmagan, qisman  bilishlardan  to’liqroq bilishlarga, oddiy bilishlardan murakkab ilmiy bilishlarga tomon borishdan iboratdir.  Inson bilish jarayoni hissiy bilishdan aqliy  bilishga, jonli mushohadalardan abstrakt tafakkurga tomon va  aksincha borishlardan iborat dialektik jarayondir.      Hissiy bilish - inson bilishining  dastlabki  birinchi  bosqichi bo’lib, inson bilish jarayoni ayni shu bilishdan boshlanadi.  Natijada, miyada predmet va xodisalarning belgilari,  signallari  va  hissiy obrazlari hosil bo’ladi.

Hissiy bilish bosqichi: his qilish, sezgi,  idrok  va  tasavvur kabi shakllarda sodir bo’ladi.  His qilish - inson bilishning  shunday shakliki, unda kishi o’z-o’ziga, atrofdagi  narsa  hodisalarga,  kishi yoki kishilarga bo’lgan munosabatida o’zining muyyan  holatga  kirishi, muayyan holda bo’lishidir.     

Sezgi hissiy bilishning dastlabki shakllaridan bo’lib, u insonning borliqni bilishining o’ziga xos ko’rinishidir. Sezgi va sezgilar insonning a‘zolariga borliqdagi predmet va hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta‘siri natijasida yuzaga keladigan hissiy  obrazlaridir.      Birok his qilish va sezgilar insonning borliqni  bilishi  uchun hali yetarli emas.  Buning uchun inson o’zining hissiy bilishida  his qilish va sezgilar shakllarida hosil qilgan ma‘lumotlarini  to’plab, umumlashtirib, ularni bir butun holda in‘ikos ettirishi  ham  lozim  bo’ladi. Hissiy bilishning bunday yangi shakli idrokdir.      Idrok borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko’rinishida, ularning hamma asosiy tashqi belgi va  xususiyatlarini umumlashtirgan holda in‘ikos ettruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir.  Idrok predmet va hodisalarning bir  butun yaxlit hissiy obrazidir. U o’zida his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlarni jamlab ifodalovchi xususiyatga ega.  Biroq  insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy ma‘lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi. Bu tasavvurdir.      

Tasavvur - ilgari idrok etilgan, ammo ayni  vaqtda  bevosita idrok etilmayotgan predmet va xodisalarning inson miyasidagi  qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazidir.  Tassavvurning o’ziga xos xususiyati shundaki, u borliqdagi predmet  va  hodisalar  bilan  ayni vaqtda bevosita bog’lanishda bo’lmagan holda, ularning ilgarigi paydo bo’lgan obrazlari asosida qayta tiklanishidir.     

Umuman olganda,insonning hissiy bilishi ma‘lum darajada  cheklangan, bir tomonlama, to’liq bo’lmagan bilishdir. Inson borliqdagi predmet va hodisalarning ichki  tomonlarini, ularning o’zgarish va rivojlanish qonunlarini, bir so’z bilan aytganda, ularning mohiyatini faqat mantiqiy bilish orqaligina bila oladi.     

Mantikiy bilish-predmet va hodisalarning  mohiyatini  bilishdir. Insonning borlikni anglay bilishi- bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish borliqdagi predmet va hodisalarning inson  miyasidagi  umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir. Mantiqiy bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning izchil bog’lanishlari va aloqadorligini, ularning harakat, o’zgarish va rivojlanish qonunlarini ma‘lum fikr  shakllari-hukm, tushuncha va xulosa chiqarish kabilarda ifodalaydi.  Bunda hissiy bilish obrazlari tafakkur uchun material bo’lib xizmat qiladi.  Tafakkur o’zida hissiy bilish bergan ma‘lumotlarni qayta  ishlab,  ularni umumlashtirib, mavhumlashtirib, ayni bir vaqtda, aniqlashtirib,  analiz va sintez qilib, aniqlikdan mavhumlikka va yana undan aniqlikka keltirib, ma‘lum hukmlar, tushunchalar va xulosalarni xosil qiladi. 

Tafakkur hosil qilgan aqliy bilishning bu fikriy  shakllari tilda so’zlar va gapda ifodalanadi. Aqliy bilishning dastlabki shakli hukmlardir.     Hukm - mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki,  unda  borliqdagi muayyan predmet va hodisalar, ular o’rtasidagi bog’lanish  va aloqadorliklar haqida tasdiq inkor fikr ifodalanadi. Inson o’z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiy o’zaro bog’lab,  turgan usullar asosida ularning  eng  muhim  xususiyatlarini  ajratib olib, biror tushuncha hosil qiladi.  Mantiqiy bilishning  navbatdagi shakli  tushunchadir.     

Tushuncha predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va ayni chog’da aniqlashtirilgan fikriy obrazidir.      

Xulosa chiqarish esa mantiqiy bilishning shunday  shakliki,  unda bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm - yangi fikr hosil  qilinadi. Xulosalash inson mantiqiy bilish bosqichining  yuqori  shaklidir. Odatda xulosa chiqarishning bir necha turlari mavjud  bo’lib,  ularni "Mantiq" fani o’rganadi.    

 Insonning borliqni bilishidan asosiy maqsadlaridan biri-bu haqiqatni bilishdir. Xush, haqiqat nima? Haqiqat to’g’risidagi falsafiy ta‘limot nimadan iborat?      Haqiqat masalasini ilmiy asosda hal qilishning yagona yo’li-bu inson bilmlari bilan ob‘ektiv borliqdagi real predmet va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni ilmiy asosda yoritib berishdir. Haqiqat-bu inson bilimlarida  borliqning  to’g’ri  in‘ikos etishi, predmet va hodisalar asli qanday bo’lsa,  ularni  inson  o’z miyasida xuddi shunday in‘ikos ettirgan bilimlaridir.   Haqiqatni bilish murakkab jarayondir. Bunda bizning bilimlarimiz nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatga tomon boradi.           

Inson qadimdan boshlab o’z  bilimlarining  haqligini,  ularning holatlardan farqini ajratuvchi mezonini topishga harakat qilib keldi. SHu sababli falsafada bilimlarning haqiqatlik mezoni muammosiga  doir  turlicha  qarashlar  paydo  bo’ldi.  Bunday   karashlarning dastlabkisi bu xakikatning formal mantik  mezonidir.  Bu  mezonga kura bilim haqiqat bo’lishi uchun bu bilimni ifodalovchi fikr ikkinchi biror fikrga muvofiq keluvchi yoki bu bilim boshqa bilimdan  zaruran mantiqiy kelib chiqishi zarurdir.      Aslida esa, bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy  faoliyatdir.  Bilimlarning haqiqatligi yoki  xatoligi  kishilarning  amaliy faoliyatida  ma‘lum  bo’ladi.  Haqiqat  bo’lmagan  bilimlar    inson faoliyatini muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.  SHuning uchun har qanday yangi bilimning haqiqat ekanligi amaliyotda tekshirib  ko’riladi. Amaliyot insonning bilish jarayonida hosil bo’lgan har bir bilimning haqiqatligini tasdiqlash bilan birga,bu bilimning cheklanganligini bir tomonlamaligini xato yoki g’ayriilmiyligini ham aniqlab  beradi.  Amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to’g’ri  bilimlarini xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega.  Bu mezon birinchidan, inson bilimlari borliqning to’g’ri yoki  notog’ri  in‘ikosi ekanligini tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni noto’gri aks ettiruchi qarashlarining xatoligini ham ochib beradi.

Ong nima? inson azal-azaldan o‘zigagina xos bo‘lgan ongning nima ekanligi to‘g‘risida o‘ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, ong tabiat mahsulimi yoki inson ongi ilohiy yaratilganmi degan masaladan iborat. Ikkinchi jihati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi? Ya‘ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki hamon o‘sha-o‘shami  degan muammo bilan bog‘liq.  «O‘zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, degan g‘oya yotibdi. Shu ma‘noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo‘jiza va tadqiqot mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir.  Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi–eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni o‘rganish bilan aynan falsafa shug‘ullanadi.  Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida turli xil javoblar bo‘lganligi tabiiy. Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar doirasida berilgan. 


Download 168,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish