1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo'LG'usi pedagoglarda o'qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati. Falsafani taraqqiyot bosqichlari. Reja



Download 168,6 Kb.
bet17/74
Sana31.12.2021
Hajmi168,6 Kb.
#261635
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
фалсафа

Substansiya - muayyan narsalar, xodisalar, voqealar va jarayonlarinng xilmaxil ko’rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo’luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat -substansiya yotadi, deb hisoblovchi ta‘limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, hodisani, materiyani, g’oyani yoki ruhni olishgan. Substansiya sifatida moddiy jismlarni, materiyani oluvchilar-materialistik monizm tarafdorlari. G’oyani, ruhni oluvchilar esa-idealistik monizm tarafdorlari hisoblanadilar. SHuningdek, olamning asosida ham moddiy jism yoki materiya, ham g’oya yoki ruh yotadi deb hisoblovchi faylasuflar dualistlar (dualizm lotincha, dualis-ikkilangan degan tushunchani anglatadi) deb hisoblanadi. Arastu, Moniy, R. Dekart va boshqalar dualistlardir. Olamning asosida ko’p substansiyalar yotadi deb hisoblovchilarni esa plyuralizm (lotincha pluralis-ko’pchilik so’zidan olingan) tarafdorlari deb atashadi.

Insonning uzini kurshagan dunyoga bulgan munosabatlaridan biri –  bilishdir.  Inson o’z hayoti davomida faqat tashki dunyoni,  ya‘ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o’zini, o’zining  ruxiy - ma‘naviy dunyosini ham bilib boradi.  Falsafa esa inson bilishining eng umumiy  tomonlarini,  qonu- niyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va ochib beradi.    

 Falsafa paydo bo’lganidan boshlab, inson bilishining tabiati  va mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning eng umumiy qonunyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat, degan savollarga javob  qidirib  va javob berib keldi.  SHu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug’ullanmagan birorta xam falsafiy oqim, birorta xam faylasuf yo’q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo’nalishlar bu sohaga oid o’z qarashlarining ma‘lum tizimini ishlab chiqqanlar.  Natijada, falsafada inson bilishining  tabiati  va mohiyati haqida turli xil ta‘limotlar, turli  xil  qarashlar  kelib chiqdi.   Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan  tashqari  dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi  va  idroklarimiz yig’indisidan (kompleksi va  kombinatsiyalari)dan  iborat xolos, binobarin biz o’z sezgi va idroklarimiznigina bila  olamiz, degan fikrlarni bildirganlari ma‘lum.     

Boshqa bir guruh faylasuflar esa insoning dunyoni va o’zini bilishga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni  to’liq  bila  olmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydilar yoki dunyoni  bilishni  butunlay inkor qiladilar.  Skeptisizm  ta‘limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog’lik ekanligini aytishib, hamma e‘tirof qiluvchi isbot  talab  qilinmaydigan inson bilimlarining bo’lishi mumkinligiga shubhalanadilar.  

Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay  inkor  qiluvchi  falsafiy ta‘limot bo’lgan  agnostisizm vakillari inson dunyoni bilishga  qodir emas, degan g’oyani ilgari suradi.  Masalan, ingliz faylasufi D. Yum ta‘limotiga ko’ra, bilish ob‘ekti bilimlarimizning manbai  ob‘ektiv borliq emas, balki sub‘ektiv sezgi  va  idroklarimizdir,  biz  o’z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima  borligini  bila olmaymiz.  Nemis faylasufi I. Kant esa insondan va uning ongidan tashqarida ob‘ektiv borliqning mavjudligini e‘tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni "narsalar biz uchun" va "narsalar o’zida" bo’ladi.  Uning qarashicha, "narsalar biz uchun" ni inson bila oladi, "narsalar o’zida"ni esa inson bila olmaydi. Kantning "narsalar biz uchun"ni-bu insonni qurshab turgan predmetlar va  hodisalar, shu jumladan, tabiat ham.  "Narsalar  o’zida " esa:  erkinlik,o’lmaslik, xudo va shu kabilardir.  Ularni inson hech qachon  to’liq bila olmaydi. Kant o’z bilish nazariyasida e‘tiqodga o’rin qoldirish, uni mustahkamlash uchun aqlni tanqid  qiladi  va  cheklaydi.  U inson aqlini nazariy va  amaliy  aqllarga  bo’ladi,  amalaiy  aql, uningcha cheklangan. Uning qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilishga ham ega bo’lavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasigacha unda aprior (lot.  apriori- so’zidan olingan  bo’lib, tajribadan oldin degani) bilimlar buladi. Bu aprior bilimlar tug’ma bilimlardir.  Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega bo’lgandir.  Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior  bilimlardan iboratdir.      


Download 168,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish