Xulosa.
Dunyoqarash
bu insonning dunyoga, undagi
voqealarga munosabatlari,
undagi
o‗rni va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi.
Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo‗lib,
unda inson atrof
muhit bilan birlashadi hamda na tabiat va na o‗z urug‗idan ajralmagan holda namoyon bo‗ladi.
Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va g‗ayri tabiiy dunyoga bo‗lish xos. Dinning
asosi g‗ayritabiiy kuchlarga ishonch bilan yo‗g‗rilgan.
Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan o‗zining atrof
muhitga tanqidiy munosabati
asosidagi dunyoqarashli
funksiyasini bajaradi, gnoseologik va
ontologik kategoriyalarga
murojaat qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi.
Falsafa nazariy asoslangan dunyoqarash, umumiy kategoriyalar, insonning olamga fanning
tabiat va jamiyat haqidagi yutuqlariga tayanilgan nazariy munosabati .Falsafaning
ahamiyati,
uning insonni o‗z- o‗zini,
olamni anglashga, ijodiy barkamollikka yo‗naltira olishidadir.
11
«Основы философии». Т., 2004, Э.Юсупов. «Фалсафа». Т., 2005, «Фалсафа» Т., 2005