`
1-Ma’ruza.
1-Mavzu:Elektronika va elektrotexnika faniga kirish
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. Talabalar bilimi va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar.
3. Fanning boshqa fanlar bilan bog'liqligi.
4. Fanni o'qitishda yangi pedogogik texnologiyalarning qo'llanilishi.
5. O'qitish jarayonida qo'llaniladigan texnik vositalar.
6. Fanning rivojlanish tarixi va istiqbollari.
Fanning maqsad va vazifalari
Elektrotexnikaning nazariy asoslari fanini elektroenergetika yunalishidagi bulajak muxandis-pedagoglarga o'qitishdan maqsad-talabalarda elektromagnitik jarayonlar xaqida nazariy tushunchalarni shakllantirishni, elektr va magnit zanjirlaridagi asosiy konuniyatlar xamda elektromagnit maydon qonunlarini o'rgatishni ko'zda tutadi.
Fanni o'rganishning asosiy vazifalaridan biri materiyaning bir ko'rinishi bo'lgan elektromagnit maydon va uning xar xil qurilmalarda ro'y beradigan jarayonlari, taxlil usullari, elektr va magnit maydonlarini hisoblash usullarini o'rgatishdir. Bundan tashqari, talabalarni xar xil elektrotexnik va elektron qurilmalardan iborat texnik qurilma va tarmoqlar bilan tanishtirish, texnik qurilmalar va tarmoqlarni hisoblash usullarini o'rgatishdan iboratdir.
Talabalar bilimi va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar
Elektrotexnikaning nazariy asoslari fani bo'yicha talabalar bilimi va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
elektr zanjirlari asosiy qonuniyatlari va ularni hisoblash usullarini bilish;
magnit zanjirlari va ularni hisoblashni xamda elektromagnitik jarayonlar qonuniyatlarini bilish;
elektr va magnit zanjirlaridagi o'tkinchi jarayonlarni va ularni amaliy axamiyatini o'rganish;
nochizikli elektr zanjirlaridagi turli fizik jarayonlarni taxlil qilish va ularning asosiy qonuniyatlarini o'rganish;
elektromagnitik maydon nazariyasi asoslari, elektromagnitik maydon tenglamalarini o'rganish, elektr va magnit maydonlarini hisoblash bilan tanishish;
tajriba natijalarini nazariy bilimlar asosida qayta ishlashni o'rganish va nazariy bilimlarni amalda tekshirish ko'nikmalarini shakllantirish.
Fanning boshqa fanlar bilan bog'liqligi
«Elektrotexnikaning nazariy asoslari» fani bir qator umummuxandislik va tabiiy fanlar bilan uzviy bogliqdir. Shu jumladan fizikaning elektr tebranish va to'lqinlar, elektr va magnit maydonlar, kvant fizikasi bo'limlari, oliy matematikaning integral va differensial hisob, matrisali hisob, vektorlar, xamda kompleks uzgaruvchili funksiyalar nazariyasi bo'limlari ushbu fanni o'rganishda asos bo'lib xizmat qiladi. O'z navbatida «Elektrotexnikaning nazariy asoslari» fanidan olingan bilimlar elektroenergetika yo'nalishining boshqa mutaxasislik fanlarini o'qitishda nazariy asos bo'ladi.
Fanni o'qitishda yangi pedogogik texnologiyalarning qo'llanilishi
O'qitish jarayoniga yangicha yondoshish talabalarni mustaqil ishlashini yanada takomillashtirishdan iborat. Bunda talabalar adabiyotlar bilan ko'proq ishlab o'z bilimlarini boyitadi va mustaqil fikrlashni o'rganadi.
«Elektrotexnikaning nazariy asoslari» fanini o'qitish ma'ruza, tajriba, amaliy mashg'ulot, xamda auditoriyadan tashqari ishlardan iborat bo'lib, 4qismga bo'lib o'qitiladi, ya'ni:
I-qism. Elektrotexnikaning nazariy asoslari fanining fizikaviy asoslari. (Fanning bu qismi fizika fanining dasturiga kiritilgan).
II-qism. Chiziqli elektr zanjirlar.
III-qism. Nochiziqli zanjirlar.
IV-qism. Elektromagnit maydon nazariyasi.
Ma'ruza darslarida asosiy nazariy tushunchalar beriladi, umumiy qonuniyatlar fanlararo o'zaro bog'liklikda tushuntiriladi, tajriba va amaliy mashg'ulotlar uchun kerakli bo'lgan hisob usullari beriladi.
Tajriba mashgulotlarida nazariy qonuniyatlar amalda tekshirib ko'riladi va tajriba bilimning asosi ekanligi xaqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
Amaliy mashg'ulotlarda chiziqli va nochiziqli elektr zanjirlari, ulardagi o'tkinchi jarayonlar xamda elektr va magnit maydonlarni hisoblashga doir masalalar yechiladi, bu bilimlar elektr zanjirlari, uzatish liniyalari va elektrotexnik qurilmalarni o'rganish va ularni hisoblashda asos bo'ladi.
Auditoriyadan tashqari mustaqil ish talabalarni auditoriya darslarida olgan bilimlarini mustaxkamlash, uni chuqurlashtirish va ijodiy fikrlashni shakllantirish ma'nosida tashkil etiladi.
Ushbu fanni o'qitish jarayonida yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
tegishli o'quv maqsadlarini pedogogik texnologiyalar bo'yicha aniqlanganligi;
to'la o'zlashtirish texnologiyasi ko'zda tutilganligi;
o'quv maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirilganligi;
muammoli usul (vazifa, savol, masala, topshiriq va boshqalar) va xaqiqatni immitasion modellashtirish asoslaridan foydalanilishi;
tayanch iboralarga asoslangan yozma ish orqali nazorat ishlarini o'tkazish tizimidan foydalanilishi;
interfaol usullardan samarali foydalanilishi.
Masalan, muammoli ma'ruza matnlari tuzib o'sha asosida ma'ruza darslarini olib borish, tajriba va amaliy mashg'ulotlarda yangi pedogogik texnologiyaning interaktiv usullaridan(Venn diagrammasi, BBB, Klaster, Sematik xususiyatlar taxlili, Konseptual jadval va boshqalar) fodalanish maqsadga muvofiqdir.
O'qitish jarayonida qo'llaniladigan texnik vositalar
Kursni o'rganishda elektromagnit maydon va uning xar xil qurilmalarda ro'y beradigan jarayonlari, taxlil usullari va elektromagnit maydonlarini hisoblashda xozirda mavjud bo'lgan elektron darsliklar va video informasion texnik vositalaridan, tarqatma materiallardan, testlar to'plamidan ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari o'qitishning kompyuterlashgan, axborot va boshqa zamonaviy texnologik vositalardan (turli animsiyalar, vertual laboratoriyalar va boshqalar) foydalanish xozirgi zamon talabidir.
Tajriba mashg'ulotlarini olib borishda, K-4822-2 rusumli laboratoriya stendi, transformatorlar, turli o'lchov asboblari, voltmetrlar, ampermetrlar, ommetrlar, to'g'rilagichlar UIP-1, VSV-1, sig'im o'lchagich Ye8-4; turli xil qarshiliklar va kondensatorlar, elektrodlar, kuchlanish rostlagichi, chastotamer, turli nochiziqli elementlar, xar xil quvvatli elektr lampalar, po'lat o'zakli va o'zaksiz turli xil induktiv g'altaklar, ulash simlari va boshqa asbob-uskunalardan foydalaniladi.
1. Fanning maqsad va vazifalarini tushuntiring.
2. Fanni boshqa fanlar bilan aloqasini tushuntiring.
3. Elektrotexnikaning nazariy asoslari qanday qismlarga bo'lib o'rganiladi?
4. Talabalarning bilim va ko'nikmalariga qanday talablar qo'yilgan?
5. O'qitish jarayonida qanday texnik vositalardan foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |