1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet97/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Ko‘rsatkichlar

Izoh

Transaksiya qiymati

Bepul (kartadan foydalanish minimal to‘- lovini har bir bank o‘zi belgilaydi)

Maxfiylik

Xaridor uchun mutlaq anonim tizim (bank ham, sotuvchi ham xaridor kimligi aniqlay ol- maydilar). Xaridor o‘z xaridi haqidagi yo- zuvlarni saqlab q oladi.

Xavfsizlik darajasi

Tizim kriptografining barcha zamonaviy usul- larini qo‘llaydi (ochiq va yopiq kalitli shifr- lash)

Transaksiya xajmi (Maqsadli bozor)

$1gacha

Ha

$1-100

Ha

>$100

Bo‘lishi mumkin

Tovar va xizmatlar
(maqsadli bozor)

raqamli

Ha

jismoniy

Ha

schyotlar

Yo‘q



Boshqa yuklanuvchi kartalarda ulardagi ma’lumotlar bor-yo‘g‘i amalga oshirilgan oldindan to‘lash natijasidir. Mondex kartasidagi elek­tron summalar - bu Tarmoq orqali uzatish mumkin bo‘lgan elektron naqd pullardir. Shu zaylda u uzoq joylarga yuborishga mo‘ljallangan pullarni ko‘chirish masalasini hal qilish imkonini yaratib beradi.
To‘lovlar Mondex elektron pullari vositasida “hamyon” yoki tele- fondan foydalanib amalga oshirilganda mavjud bank tarmoqlarining qimmat tizimi orqali o‘tishga ehtiyoj qolmaydi, oqibatda operatsiya xa- rajatlari ancha kamayadi. Ammo infratuzilma yaratish uchun katta miq- dordagi birlamchi investitsiyalar talab etiladi, tarmoqlar esa qimmat bo‘l- magan terminallar va kirish ruxsat beriladigan punktlar bilan jihozlan- gan bo‘lishi kerak.
Mondex tizimining afzalliklari
Birinchidan, u boshqa to‘lov tizimlariga qaraganda ancha xavfsiz- roq. Bu yerda kriptografiya sohasidagi ochiq va yopiq kalitli oxirgi ish- lamalardan foydalanilgan. Tizim ikki tomonning elektron imzolari bilan (mijoz - bank yoki mijoz - mijoz), mijozning shaxsiy imzosi bilan hi- moyalangan. Ishonchliligi bo‘yicha Mondex tizimi kredit kartalaridan bir pog‘ona ustun turadi.
Ikkinchidan, unda turli protsessing markazlari tomonidan avtori- zatsiya talab etilmaydi. Bu transaksiya qiymatini amalda nolgacha pa- saytiradi.
Uchinchidan, tizim yuzaga keluvchi barcha ijobiy oqibatlari bilan anonimdir.
To‘rtinchidan, mijoz yo‘qotgan kredit kartasidan foydalanishning imkoniyati yo‘q, chunki uning raqamini faqat mijozning o‘zi biladi.
Beshinchidan, mikroto‘lovlarni amalga oshirish mumkinligi.
Oltinchidan, tizim xalqaro kategoriyaga taalluqlidir. Bu xaridlar to‘lovini istalgan valutada amalga oshirish imkonini beradi.
Tizimning kamchiliklari. Hozircha Mondex tizimi Internetdan alo- hida rivojlanmoqda. Ammo kompyuterga mo‘ljallangan o‘qish qurilma- larining tarqalib borishi bilan u Internet tarmog‘ida ham yetarli darajada ommaviylashishi mumkin. Bunday olib qaraganda Mondex - bu smart kartadir.
4.3. To‘lov tizimlarining reyting baholarini olish usullari
«Ekspert RA» reyting agentligi ekspertlarining biri tomonidan eng kelajagi porloq to‘lov tizimlarining reytingini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan izlanishlar olib borilgan [58]. To‘lov tizimlarini tasniflash me- zoni sifatida quyidagilar qabul qilingan:

  1. Universallik (turli ko‘rinishdagi pullar bilan ishlash imkoniyati).

  2. Faollik darajasi, ya’ni haqiqatda ishlovchi, ko‘rgazma sifatida

ishlovchi, faolligi past.

  1. Tezligi (to‘xtovsiz, 1 dan 4 kungacha vaqt talab qiluvchi)

  2. Mikroto‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati.

  3. Maxsus dasturiy ta’minotning mavjudligi yoki yo‘qligi.

  4. On-line rejimida qayd qilishning mavjudligi yoki yo‘qligi.

  5. Xaridorga pulini qaytarish imkoniyatining yo‘qligi.

  6. Magazinning qayd qilish va to‘lov summasidan foizlar to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari.

  7. Xaridorning xarajatlari (komissiya ko‘lami va to‘lov summasidan foizlar to‘lash).

  8. Shifrlash algoritmining barqarorligi (elektron raqamli imzoning va shifrlash algoritmining mavjudligi bilan aniqlanadi).

  1. O‘zR huquqiy normalariga mos kelishi.

  2. Amalga oshirilayotgan muolajalarni tasdiqlovchi hujjatlarning bor yoki yo‘qligi.

  3. Sertifikat, litsenziyaning mavjudligi.

  4. Bank, protsessing kompaniyasining mavjudigi.

  5. To‘lov tizimni batafsil ta’riflab berilishi darajasi (juda batafsil ta’riflangan - 3 ball; yetarlicha batafsil ta’riflangan - 2; uncha-muncha batafsil ta’riflangan - 1; ta’rifning yo‘qligi - 0). Yig‘ilgan ma’lumotga muvofiq vatanimizdagi asosiy to‘lov tizimlariga quyidagi reyting (ball) baholari qo‘yilgan:


Egallagan
o‘rni

To‘lov tizimining nomi

Ballar

1

ASSIST

14

2

PayCash

13

3

CyberPlat

12

4

GRADO

11

5

WebMoney

10

6

ElIT

9

7

Russian Shopping Club

7

8

Instant

7
Ko‘rinib turibdiki, eng yaxshi reyting baholarini ASSIST va Pay Cash to‘lov tizimlari olishgan.
Rejalashtirish bilan bog‘liq turli vazifalarning modelini yaratish va ularni hal qilishda ko‘p maqsadli yondashuvdan foydalanishning maq- sadga muvofiqligi hamda investitsiyalar jalb etishning maqsadga muvo- fiqligi ko‘pgina adabiy manbalarda asoslab berilgan (60-84).
Vazifalarni hal qilishga bir maqsadli yondashuv biznes hisob-kitobi nazariyasi va amaliyoti bilan qisman mos keladi, xolos. Bir maqsadli iqtisodiy-matematik modellar bo‘yicha olinadigan rejalar hamma ishlab chiqarish resurslaridan (jonli va jonsiz mehnatdan, moliyaviy mablag‘lar- dan) yetarli darajada samarali foydalanilishini ta’minlashga qodir bo‘l- maydi. Shu bilan birga, nazariya va amaliyotda optimallashtirish vazifa- larini hal qilishga bir maqsadli yondashuv ancha yaxshi ishlab chiqilgan. Amaliy dasturlarning turli paketlari bilan ta’minlangan loyiha yechim- lari mavjud. Bunday sharoitda optimallashtirish vazifalarini hal qilishga ko‘p maqsadli yondashuvni qabul qilmaslik uchun asos bordek ko‘rini- shi mumkin. Bu holni uning tarafdorlari quyidagi dalillar bilan asoslay- dilar: qo‘llanilayotgan lokal mezonlardan istaganini vazifa modelining tegishli cheklovi bilan almashtirish mumkin yoki bir qator ko‘rsatkich- larni ixchamlashtirish yo‘li bilan vazifa modelining ko‘pdan-ko‘p lokal mezonlarini bitta umumlashgan mezonga keltirish kerak.
Birinchi dalil quyidagi prinsipial e’tirozlarni keltirib chiqaradi:

  • model mezonini cheklangan model bilan almashtirish ushbu me- zonning raqamli qiymati ma’lum bo‘lgan vaqtdagina joizdir; biroq ma- salaning uzil-kesil yechimini olguncha bu qiymatni yetarli darajada aniq belgilash imkoni bo‘lmaydi;

  • model mezonini cheklangan model bilan almashtirish ehtimolga yaqin bo‘lgan yechimlar sohasida qolgan mezonlarning qiymati keskin yomonlashishiga olib kelishi mumkin;

  • modelning bir necha mezonlarini cheklangan modellar bilan al­mashtirish oqibatida ko‘plab ehtimolga yaqin rejalar puch bo‘lib chiqishi mumkin.

Ikkinchi dalilni ham bir qator mulohazalarga ko‘ra asosli deb bo‘l- maydi:

  • masalan, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ko‘rsatkichlarni bitta umum- lashtiruvchi mezonga keltirish (ixchamlashtirish yo‘li bilan) hal qilin- magan ilmiy muammodir;

  • bir maqsadli model bo‘yicha optimallashtirish vazifasini hal qilish uchun foydalaniladigan boshlang‘ich ma’lumotlarning muayyan daraja- dagi aniqligiga (xatoligiga), qoida tariqasida, tanlab olingan mezonning qiymati bo‘yicha taxminan teng bo‘lgan (lekin boshqa mezonlarning qiymatlari bo‘yicha farqlanadigan) ko‘plab rejalar mos keladi; ularning eng yaxshilarini tanlab olish bir mezonli optimallashtirish nazariyasida nazarda tutilmaydi (uning asosini, qoida tariqasida, tasodifiy tanlov tar- tib-taomili tashkil etadi);

  • odatda, axborotning aniqlik (xatolik) darajasi ancha farqlanadigan bir necha mezonlarni bitta umumlashtiruvchi mezonga ixchamlashtirish oqibatida vazifaning optimal yechimi topilishini kafolatlab bo‘lmaydi.

Optimallashtiruvchi vazifalar modellarida lokal mezonlar yig‘indisi o‘rniga umumlashtiruvchi mezondan (bir qator ko‘rsatkichlarni ixcham­lashtirish natijasida olingan mezondan) foydalanish barcha lokal me­zonlar bo‘yicha yetarli darajada yaxshi raqamli qiymatlarga erishilishini ta’minlamaydi.
Vazifalar modeliga kiritilishiga da’vogar bo‘lgan optimallik me- zonlarining ziddiyatli xususiyati, ularning mutlaqo boshqa-boshqa iqti- sodiy tabiati, bir xil bo‘lmagan o‘lchov birliklari, hisob-kitoblarda foy- dalaniladigan boshlang‘ich ma’lumotlarning to‘g‘riligi jihatidan bir-bi- ridan ancha farq qilishi, ular orasidan ustunlik qiluvchi mezonni ajratib olish imkoniyati yo‘qligi ham ko‘p maqsadli yondashuvni qo‘llashni yoqlaydigan muhim dalillardir.
Ko‘rsatkichlarni ixchamlashtirish tartib-taomili murakkab va mus- taqil ilmiy muammodir. Muammo to‘g‘ri hal etilishini ta’minlash maq­sadida bu tartib-taomilni ko‘rsatkichlarni ixchamlashtirish nazariyasiga muvofiq amalga oshirish kerak (88).
Optimallashtirish vazifalarini hal qilishga ko‘p maqsadli yonda­shuvni qo‘llash elektron magazinlar faoliyatini baholash uchun foydala- niladigan iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimini amalda boshqa- rish uchun real imkoniyat ochib beradi. Bu hol ba’zi elektron magazin- larni Internet-muhitning jo‘shqin o‘zgarib borayotgan shart-sharoitlariga moslash uchun muhim ahamiyatga ega.
Ko‘p maqsadli yondashuv optimallashtirish vazifalarini hal etish uchun foydalaniladigan boshlang‘ich ma’lumotlarning muayyan daraja­da noaniqligi hamda to‘liq emasligini bartaraf etish uchun zarur uslubiy asosdir. Ko‘p maqsadli optimallashtirishning ishlab chiqilgan konsepsi- yasi bo‘lmaganligi vazifalarni hal qilishga ko‘p maqsadli yondashuvdan amalda foydalanishga jiddiy to‘siq bo‘lib keldi. Xususan, optimallashti­rish vazifasining ko‘p maqsadli modeliga kiritilishi kerak bo‘lgan opti- mallik mezonlarining maqsadga mos keladigan tarkibini tanlab olish chog‘ida amal qilinishi kerak bo‘lgan prinsiplar ta’riflanmagan edi. Op­timallik mezonlari uchun muhimlik koeffitsiyentlarini aniqlash usullari yo‘q edi. Hozirgi vaqtda ko‘rsatib o‘tilgan muammolarning ko‘pchiligi biz tomonimizdan hal qilindi. Elektron biznes tizimida optimallashtirish vazifalarini hal qilishga ko‘p maqsadli yondashuvni amalda ro‘yobga chiqarish optimallashtirish vazifalarini sinergizm prinsipini amalga oshi-
rish hisobiga hal qilish natijalarini amaliy faoliyatga joriy etishdan nis- batan katta iqtisodiy samara olinishini ta’minlaydi.
Nazorat savollari

  1. Internet tarmog‘ida foydalaniladigan asosiy to‘lov vositalarini ta’riflab bering.

  2. To‘lovlarning kredit sxemasi asosiy afzalliklarini aytib bering.

  3. To‘lovlarning kredit sxemasi asosiy kamchiliklari nimada?

  4. To‘lovlarning debet sxemasi asosiy afzalliklarini aytib bering.

  5. To‘lovlarning debet sxemasi asosiy kamchiliklarini aytib bering.

  6. “Elektron pullar”dan foydalanuvchi to‘lov sxemasining mohiyati nimada?

  7. Internet tarmog‘idagi to‘lov tizimi nima?

  8. Vatanimizdagi to‘lov tizimlarining asosiy turlarini tasniflab bering.

  9. Chet el to‘lov tizimlarining asosiy turlarini tasniflab bering.

  10. Elektron to‘lov tizimlarining asosiy optimallik mezonlari qanday?

To‘lov tizimlarining reyting baholarini olish usulini ta’riflab bering.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish