1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)


-Mavzu: NAQD PULLAR BILAN ISHLOVCHI AXBOROT va ELEKTRON TO’LOV TIZIMLARI



Download 5,55 Mb.
bet74/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

7-Mavzu: NAQD PULLAR BILAN ISHLOVCHI AXBOROT va ELEKTRON TO’LOV TIZIMLARI
Reja:
1. Bankomatlar elektron to’lovlar tizimining muhim bo’g’ini
2. Naqd pullar bilan ishlovchi boshqa qurilmalar
3. Savdo nuqtalaridagi hisob-kitoblar elektron tizimlari
4. Uy va ofisda bank operasiyalarini yuritish
Tayanch so’z va iboralar:
Bankomat, axborot kiosklari, axborot printerlari, banknot, on-line tartibi, off-line tartibi, kvazi on-line tartibi, kartochka tranzaksiyalari, banknot uchun kassetalar, friksion uzeli, «foydalanuvchi» va «mijoz» boshqaruvchi qismlari, PIN- kodlar himoyasi, shaxsni identifikasiya qilish vositalari, texnik xizmat ko’rsatish, texnik xodimni vazifasi, sinovdan o’tgan texnik echimlar, elektron kassir, Innomat, EFTPOS, savdo nuqtalarida ko’rsatiladigan moliyaviy xizmatlar, EFTPOS tizimining asosiy komponentlari, to’lov terminallari, kassa registratorlari, EFTPOS tizimidan foydalanish qulayliklari, muammolari
1. Bankomatlar elektron to’lovlar tizimining muhim bo’o’ini
Bankomat (Automated teller machina (ATM)) - bank xodimi ishtirok etmagan holda mijozlarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan ko’p funksionalli bank avtomatidir. Ko’p hollarda bankomatlardan asosan kartochkalarga asoslgan holda mijozga naqd pul berish uchun foydalaniladi. SHuning bilan birga bankomatlar quyidagi funksiyalarni bajara olish imkoniyatlariga ega:
- mijozning hisob raqami parametrlarini o’zgartirish (depozitga pul qo’yish);
- hisob raqami balansi haqida xabar berish;
- bir hisob raqamidan ikkinchi hisob raqamiga pul o’tkazish;
- davriy to’lovlarni bajarish;
- axborot-ma’lumot xizmatlarini ko’rsatish.
Hozirgi kunda AQSHda ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bankomatlarning oxirgi avlodi 125 dan ortiq turli funksiyalarni bajara oladi.
Bankomatlar oddiy xodimga nisbatan uzluksiz ishlash qobiliyatiga ega bo’lganligidan ularni to’lov tizimining mijozi ixtio’riy vaqtda foydalanish mumkin bo’lgan, aholi eng ko’p keladigan joylarga o’rnatilishi lozim. Evropa davlatlarida bankomatlar vokzallar, aeroportlar, jamoat joylari, shuning bilan birga ko’chalarga ham o’rnatilgan.
Respublikamizda bankomatlar metroda, banklarda, halqaro toifadagi mehmonxonalarda, qisqacha qilib aytganda qaerda qo’riqlovchisi bo’lgan joylarga o’rnatilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizga o’rnatilgan bankomatlarni asosiy vazifasi karta hisob-raqamidan naqd pullarni olish bo’lib, naqd bo’lmagan hisob-kitoblar infra tuzilishi yaxshi rivojlanganligidan har qanday to’lov tizimining zaruriy sharti o’z hisob-raqamidan istalgan vaqtda naqd pullarni olsh lozimligi bilan boo’liqdir.
Mijoz naqd pullarni olish uchun eng kam holda quyidagi amallarni bajarishi lozim:
1. mijoz bankomatning qabul qiluvchi qurilmasiga kartani qo’yadi;
2. bankomat shaxsiy identifikasiya raqamini kiritshni taklif qiladi (PIN - kod);
3. mijoz bankomat klaviaturasidan o’zining PIN - kodini kiritadi;
4. bankomat kartadan axborotlarni o’qiydi va kiritilgan PIN - kodni kartadan o’qilgan kod bilan solishtiradi;
5. agarda hammasi joyida bo’lsa bankomat ekraniga mijoz olmoqchi bo’lgan naqd pul summasini kiritish haqidagi taklif chiqadi;
6. mijoz kerakli summani teradi;
7. bankomat so’ralao’tgan summa mazkur to’lov sifatida naqd pul sifatida olish mumkin bo’lgan limitdan oshib ketmasligini tekshiradi (umuman olganda, bu limit har bir bankomat uchun individual o’rnatilgan bo’lishi ham mumkin);
8. agarda hammasi o’rinli bo’lsa bankomat kerakli summa banknotlarini sanaydi va naqd pul berish qurilmasi orqali chiqarib beradi;
9. bankomat kartani qaytarib beradi.
Albatta, bu ko’rsatilgan amallar bankomatni mijozga xizmat ko’rsatishida bajariladigan qisqartirilgan ro’yxatdir. Debet kartalardan foydalanilganda bankomat so’ralao’tgan summani mijoz kartochka hisob-raqamidagi qoldiq summadan oshib ketmao’tganligini ham tekshirib ko’radi. Bundan tashqari, ko’pgina kartalar multikartali hisoblanadi, ya’ni, kartalar turli to’lov tizimlariga xizmat ko’rsatadi. Bu sharoitlar keltirilgan algoritmga yana qo’shimcha qadamlar qo’shishga olib keladi.
Real vaqt tartibi uni o’rnatish bir muncha qimmatga tushsada avtonom tartibga qaraganda katta ustunliklarga ega bo’lib, aloqa tarmoqlariga katta talab qo’yiladi.
Hozirgi kunda yakka bankomatlardan tashqari ko’p hollarda bankomatlar tarmoo’idan ham foydalaniladi. Bunday tarmoq ishtirokchilari quyidagi maqsadlarni ko’zda tutadi:
- yangi xizmatlarni joriy qilishda xarajat va risklarni ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanishi;
- ishtirokchilar uchun operasiyalar bahosini kamayishi;
- xizmatlarga umummilliy xarakter berish, mijozlar uchun ularni sub’ektiv narxini oshishi.
Bankomat o’z-o’zgia xizmat ko’rsatuvchi vosita bo’lganligidan quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- foydalanish bahosini pastligi. Bankomatni saqlab turish va xizmat ko’rsatish xarajatlari o’ta darajada yuqori bo’lmasligi kerak, aks holda bunday qurilmalar tarmoo’ini qo’llab turishi samarasiz bo’lib qoladi (karta to’lov tizimi daromad keltirilishi uchun katta sondagi xizmat ko’rsatish nuqtalari, shuningdek, bankomatlari soni zarur bo’ladi). Bankomatlarni IBM, NCR, Bull, Olivetti, Siemens Nixdorf kabi firmalar ishlab chiqaradi.
Odatda bankomatlar shkaf ko’rinishda (stliщ stoyka) bo’lib, alohida, devorda va guruhlashtirib joylashtirlgan bo’lishi mumkin. Ba’zi bir kichik hajmli bankomatlarni pochta qutisi kabi ilib qo’yish mumkin. Unda:
- kartalarni qabul qilish va o’qish qurilmasi;
- banknot uchun kassetalar bo’lgan naqd pullarni berish qurilmasi;
- markaziy prosessor;
- dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasini saqlash uchun vinchester.
Kartani qabul qilish va o’qish qurilmasiga maxsus qoplama o’rnatilgan bo’lib turli buzilishlarni oldini olib, elektr o’tkazgich va o’qish moslamalariga ega bo’ladi (elektroprivod i schitыvatel). Elektr o’tkazgich (elektroprivod) karta qabul qlish joyiga kiritlganda tortib olish uchun xizmat qiladi. Tortib olinao’tganda kartaning magnitli yo’lakchasidagi 2- (majburiy), 1- va 3- (buyurtmachi tanloviga ko’ra) yo’lakchalardagi axborotlarni o’qib oluvchi o’qish boshchasi (golovka) yaqinidan o’tadi. Ba’zi o’quvchi moslamalarda u o’ki bu yo’lakchaga ma’lumotlar o’zish imkoniyati ham mavjud. Јquvchi moslama qo’yilgan kartani o’qib bo’lib darhol o’ki klaviaturadan terish orqali chiqarib beradi. Ba’zi hollarda bu mexanizm u o’ki bu hollarda (masalan, PIN - kodni ko’p marta terishga harakat qilganda) kartani qaytarib bermasligi ham mumkin.
Pul berishni friksion uzeli mijozni bankomatdan so’ragan summasini bankomatdagi mavjud nominallardan tanlab, uni maxsus qurilma (shel) orqali chiqari beradi. Tabiyki bu mexanizmni aniq va to’xtovsiz ishlashiga maxsus talablar qo’yiladi. Mexanizm banknot formatiga, qalinligi va uni tayo’rlashda ishlatilgan qoo’ozning friksion xususiyatlariga sozlanadi. Bundan banknotlarni partiyadan-partiyaga, banknotdan-banknotga ko’rsatkichlari bir xil bo’lishigi ham ahamiyatga ega bo’ladi.
Uzatishni friksion uzellarini zaruriy darajadagi sifatini ta’minlash imkoniyatiga bir nechta firmalar ega bo’lib, mutaxassislar bu sohada De La Russ System firmasining etakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri deb hisoblaydi. Bu firma duno’ning yuzdan ortiq davlatlariga pul nominallarini tayo’rlab beradi hamda tayo’rlash va qalbakilashtirishdan himoyalashning “nou-xau” texnolgiyalariga ega. SHuning uchun bu firma ishlab chiqargan friksion uzellari eng murakkab bo’lgan bankomatlarda ham ishlay oladi va bu uzellar ko’plab firmalar ishlab chiqargan bankomatlarga o’rnatilgan.
Bankomatlarda banknotlar uchun bittadan oltitagacha kassetalar o’rnatilgan bo’ishi mumkin bo’lib, har bir kassetada bitta nominaldagi banknotlar joylashtiriladi.
Agarda bankomat vazifalariga depozitlarni ham qabul qilish kiritilgan bo’lsa, u holda ularga ham alohida kasseta o’rnatiladi.
Markaziy prosessor sifatida ko’p hollarda IBM- qo’shma bo’lgan mikro EHMlardan foydalanib, bu prosessorlar Ms Dos o’ki UNIX operasion tizimlari boshqaruvida, ba’zi hollarda maxsus operasion tizimlar boshqaruvida ishlaydi.
Bankomat ikkita boshqaruv qismiga ega bo’lib, ularni shartli ravishda «foydalanuvchi» va «mijoz» boshqaruvchi qismlarga ajratish mumkin. Birinchisi bank xodimlari tomonidan texnik xizmat ko’rsatish, inkassasiya va bankomatni sozlash uchun, ikkinchisi bankomatni mijoz bilan muloqotini taminlash uchun mo’ljallangan.
Bankomat klaviaturasining raqamli qismi mijoz PIN- kodini himoya qilish uchun maxsus shifrlashtirish qurilmalari bilan taminlangan bo’lib, bankomatlarni loyihalashtirishda PIN- kodlar himoyasiga alohida e’tibor beriladi.
Foydalanuvchi o’ki xizmat ko’rsatish boshqaruvi bankomatni ichki qismiga joylashgan bo’lib, unga mijoz kirishiga ruxsat berilmaydi.
Tabiyki, bankomat korpusining ichiga kirish nazorat qilinadi o’ki cheklab qo’yiladi. Bu maqsadga mexaniq va elektr qulflardan tashqari plastik kartalar asosidagi shaxsni identifikasiya qilish vositalari xizmat qilishi mumkin.
Odatda bu jarao’n har kun amalga oshirilib, bankomatdan uzoq muddatishlashga mo’ljallab naqd pullarni ushlab turish samarasiz bo’lib qoladi, chunki kassetada turgan naqd pullar oborotda bo’lmaydi.
Bundan tashqari, off-line tartibida ishlovchi tizimlarda bankomatga xizmat ko’rsatuvchi texnik xodim zimmasiga yo’qolgan, o’o’irlangan, bekor qilingan va haqiqiy bo’lmagan kartalar bo’yicha (agarda karta turi va xizmat ko’rsatishshartlari talab qilsa karta hisob-raqamidagi qoldiqlar bo’yicha ham) ma’lumotlar bazasini yangilab borish vazifasi ham yuklatiladi. Texnik ma’lumotlar bazasini yangilash uchun disk qo’ygichga disni qo’yib mos dasturni ishga tushiradi.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish