1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)


Kommunikastiya siyosatining uziga xos xususiyatlari



Download 5,55 Mb.
bet104/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Kommunikastiya siyosatining uziga xos xususiyatlari
Internetda marketing kommunikastiya tarmoq texnika vositalari va auditoriyasi bilan shartlangan xususiyatlarga ega. Sayt yaratilishi uning Internetda ilgari surilishi strategiyasi bilan borishi kerak, bu ham ma’lum xarajatlarni talab etadi, biroq ularsiz sarflangan mablag’lar havoga ketadi. Sotuvni rag’batlantirishda tarmoqda an’anaviy marketing usullari foydalaniladi. (bepul, namunalar, narxdan chegirmalar, lotoreya va o’yinlar, mukofotlar, suvenirlar, tanlovlar va hokazo)
Saytni rag’batlantirish umuman uning maqsadini aniqlash, muvofiq choralar va vositalarni tanlash, reja ishlab chiqish va natijalarni to’g’ri baholashni talab etadi.
Virtual do’kon yoki web-serverning mavjud bo’lishining boshlang’ich bosqichida sotuvning rag’batlantirilishidan foydalanish, ayniqsa reklama bilan birgalikda, internetda biznesning keyingi istiqbollari nuqtai nazaridan hal etuvchi rol ko’rsata oladi. Bu elektron do’konni mashhurroq qilishi, ko’proq tashrifchilarni jalb etish va xaridorlar sonini oshirishi mumkin. Keyingi faoliyat ko’rsatishda internet muhitida marketingning umumiy strategiyasining bo’lishini talab etuvchi tashrifchilarning takroriy jalb etishni hal etuvchi omil bo’ladi.
5-chizma. Elektron biznesda marketing usullari.




Marketingli WEB-sahifa - korxona tomonidan yaratilagan Web-sahifa bo’lib, mijozlarni qiziqtiradigan korxona haqidagi ma’lumotlarni, tovar va xizmatlar xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi, hamda iste’molchilar savollariga javob olish imkoni bo’ladi. Shuningdek, interfaol kommunikastiya vositasi sanaladi.


Web-kasting - shaxsiylashtirilgan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yuklanishi, Internet reklamasi va boshqa ma’lumotlarni samarali etkazish kanali hisoblanadi.


Internet- reklama - Internet tarmog’ida foydalanuvchilar uchradigan reklama ko’rinishlari bo’lib, bannerlar, yarliklar, zastavkalar, birdan paydo bo’luvchi oynachalar va h.k. xillari mavjud.


Internet- hamjamiyatlar -o’zlari qiziqqan savollari bo’yicha umumiy qiziqishlari doirasida ma’lum sahifada to’planib fikr almashinishlari hisoblanadi.
Internetda marketing kommunikastiyalarining barcha turlari ochilib, ularni realizastiya qilishni ancha ko’p o’ziga xos vositalari mavjud. Eng ko’p qo’llanuvchi kommunikastiya turi – internet – reklamadir. On – line yoki internet reklama deb tarmoqda, mahsulot, uni xarid qilish shartlari va imkoniyatlari to’g’risida maqsadli auditoriyaga ma’lumot tarqatish orqali mumkin bo’lgan mijozni shakllantirish yoki dalilli ushlab qolish jarayoniga aytiladi. Biroq bu erda an’anaviy marketinga nisbatan o’ziga xosliklar ko’p.
Internet reklamaning so’zsiz afzalligi uning boshlanishi arzonligi va boshlang’ich talab va shartlarining tashki oddiyligidir. Tarmoqda reklamaning amaliy imkoniyatiga ega bo’lish uchun faqat ikki shartga mos kelishi kerak: kompyuter bilan oddiy ishlay olishga imkon beruvchi ta’lim darajasiga ega bo’lish va internet to’lovini amalga oshirish uchun mablag’larga ega bo’lish, ya’ni o’rtachadan yuqori moddiy axvolga ega bo’lishdir. Bu reklama samaradorligini ta’minlamasligi esa, boshqa internet – reklama turlari orasidagi eng tarqalganlari, saytlarning o’zi, direkt-mail va pochta ommaviy jo’natmalari yuborilishi, mavzuiy varaklaridagi grafik yoki matnli ma’lumot, bannerlar, matnli bloklardir.
Internetda nimani joylashtirish maqsadga muvofiq? degan savolga javob umumiy marketing masalalari xususiyati bilan belgilanadi. Korporativ serverga olib boruvchi logotipli banner, albatta kiruvchanlikni tashriflarni oshirish mumkin, biroq faollikning shu shaklida ham ushbu serverga tashrif buyurish kerakligini izohlovchi bitta bo’lsayam sababni ko’rsatish yaxshirokdir.
Masalan, siz firmaga yangi xodimlarni jalb kilmokchi bo’lsangiz, faqat yuqori ish xakini va’da berishgina emas, to’g’ri keluvchi serverlarda va ushbu serverda kayd etish sahifasida potenstial kadrlar uchun so’rovnomalarning joylashtirilishi ham juda samarali bo’lishi mumkin.
Saytning asosiy vazifasi ushbu firma ishlab chiqaruvchi tovarlar sotuvini stimulyastiyalash bo’lsa, e’tiborni tortuvchi narxni izohlash bilan birga turli firmalar tomonidan taklif etiluvchi bu tovarlarning bevosita qo’shma prays varagiga tayanish samarali bo’lishi mumkin, masalan narxlar bo’yicha internet ma’lumotnomalarda.
Bank omonatchilar sonini oshirishga intilib, juda foydali shartlarni taklif etsa, internetda potenstial omonatchilar uchun qo’shma analitik jadvallarni taklif etuvchi axborot xizmatlariga xomiylik qilish va bunday xizmat reklamasi va ishni ilgari surish uchun pul ishlash mumkin bo’ladi.
Internetda so’ralmagan reklama ma’lumotini elektron pochta orqali (spam) yuborish, teleanjumanlarda bevosita reklamaga yo’l qo’yilmaydi. Spam ostida odatda reklama xarakteridagi istalmas va buyurtma berilmagan xabarlarning manzilli yoki ommaviy yuborilishi. Bunday xabarlarni yuboruvchilar spamerlar deb ataladi.
Foydalanuvchilarning spamerlarni yaxshi kurmaslik sababi ikkita: vaqt va pul, ya’ni keraksiz pochtani o’qishga sarflangan vaqt va internet hamda bu pochtaga kirish uchun provayderga to’langan pul.
Spam internetda qattiq ta’qiqlangan. U bilan kurashishning yoyilgan va sinalgan usuli spamerga xizmat ko’rsatuvchi provayder ma’muriyatiga xat yo’llashdir.
Spamerlar bilan kurashishning yana bir usuli uning serverini «to’ldirish», boshqacha aytganda, unga elektron pochta orqali minglab qoralovchi xabarlar yuboriladi. Ma’lumotning katta hajmi foydalanuvchi tarmog’ini ishdan chiqara oladi. Bu qoida buzuvida internet bilan ishlash istagini yo’qotadi. Foydalanuvchilar ham kompaniya tovarlari va xizmatlariga boykot e’lon qilishi va u bilan tarmoq orqali umuman bog’lanmasligi mumkin.
Shunga qaramay, foydalanuvchida o’zi istagan sahifalar yoki resurslarni ko’rib chiqish tanlovi erkinligi bor.
O’z web-sayti reklamasi bilan Internetda biznes turi kabi reklama o’rtasida fark bor. O’z saytini reklama qilish uchun odatda saytni izlash tizimlarida kayd etish, yuborilishlar bilan almashuv, matnga va sarlavxaga tayanch so’zlarni kiritish va hokazo foydalaniladi. Biznes turi sifatida reklama sayt sahifalarida buyurtmachi saytiga pullik yuborilishlarni joylashtirish uchun joy ajratishga asoslangan.
Foydalanuvchilar sayt, kompaniya, reklama beruvchi tovarlari yoki xizmatlari to’g’risida bilib olishlari uchun keyingisi mashxur va saytlarda yoki tarqatmalarda o’z reklama ma’lumotini joylashtiradi. Reklama murojaati turlicha amalga oshiriladi. Bunda quyidagi reklama olib boruvchilarni ajratish mumkin: bannerlar, Rich-media bannerlari, matnli bloklar, bayriklar, reklama kiritmalari, mini saytlar va kollajlar. Izlash tizimlari va kataloglar yordamida reklama, yangiliklar saytlarida nashrlar va boshqa usullar ham shu erga kiradi.
Bu ta’sir etishlarning hammasini passiv reklama deb atash qabul kilingan, chunki u foydalanuvchi nazorati ostida emas. Foydalanuvchi reklamani yaratuvchi web-sayti bilan o’zaro –harakat natijasi kabi ko’radi. Bu bilan ushbu bo’g’im an’anaviy OAV ga o’xshash.
Ikkinchi reklama bo’g’ini foydalanuvchi reklama bilan o’zaro harakatidan keyin hosil bo’ladi. O’zaro harakatning eng tarqalgan shakli bannerga yoki reklama yuborilishiga sichqonchani bosib, foydalanuvchining reklama beruvchi web-saytiga bevosita tushishi(giperssыlka)dir.
Bunda ikkinchi reklama bo’g’inining namoyishi foydalanuvchi irodasiga ko’ra va uning nazorati ostida ruy beradi. Bunday reklamani faol deb atash mumkin.
Bannerlar. Banner-to’g’riburchakli grafik tasvir bo’lib, ba’zan animastiya bilan boradi, bu bannerni samaralirok, e’tiborni tortuvchi va ma’lumotga egarok qiladi.
Hozirgi vaqtda bannerlarning rasmiy qabul kilingan o’lcham standartlari yo’q, lekin 468*60 piksel va 88*31 piksel o’lchamlar eng tarqalgandir.
Rich-media. Tarmoqda Makromedia kompaniyasi tomonidan ishlab chikilgan texnologiya ko’p tarqalishiga ega bo’lib, u web-saytlar yaratilishi uchun va ayniqsa interfaol rich-media bannerlar yaratilishiga yaxshi mos keladi.
Ularning Internet –reklamada keng qo’llanishiga to’sqinlik qiluvchi qator omillar ham mavjud: kompyuterlar unumdorligiga va Internet ulanishiga quyiluvchi yuqori talablar va rich –mediani ko’rib chiqish uchun, maxsus dastur modullarining o’rnatilish zarurati, rich –medianing reklama sifatida tashqi saytlarda foydalanish texnologiyasi va qoidalarni reglamentlovchi qoidalar to’plamining yo’qligi. Matnli bloklar-web-saytlarda ham, tarqatmalarda reklama qilishda ham qo’llanadi. Matnli bloklarning samaradorligi bannerlarga qaraganda kamrok. Biroq matnli reklamada o’z afzalliklari ham bor: u tezrok yuklanadi, uni foydalanuvchilar brauzerlarida grafik bilan ko’radilar. Lekin asosiysi, matnli blok foydalanuvchilarda reklamadek emas, etakchi server tavsiyalaridek qabul kilinib, bu unga ishonchni orttiradi.
Bayrik – asosiy brauzer ustidagi oynacha ko’rinishda ochiluvchi minimallashtirilgan web-sahifacha. Bayrikda matn, tasvir va hokazo joylashtirish mumkin. Umuman u kichik o’lchamdagi html – sahifachani tashkil etadi.
Reklama kompaniyasining o’tkazilish maqsadli auditoriya tomonidan qo’llanuvchi ma’lumot manbalarining aniq tushunilishiga asoslanish kerak. web-server reklamasi istisno emas. Samarali reklama kompaniyasining o’tkazish uchun serverning foydalanuvchi tomonidan topilishi mumkin usullarni hisobga olish zarur. Tashrifchilarning serverga tushishlarining uch asosiy usulini ajratish mumkin: izlash mashinalari yordamida server sahifalarining topilishi; boshqa serverlar, reklama bannerlarda joylashtirilgan gipermatnlardan foydalanib serverga tushishi mumkin. Server nomini ma’lumotning boshqa manbalaridan,shu jumladan an’anaviy gazeta, jo’rnal, televidenie, radio va hokazolardan bilib olish mumkin. Bundan kelib chikib internetda reklama qilishning asosiy usullari quyidagilar:
- serverning izlash mashinalarida kayd etilish;
- web-kataloglarda serverga bepul yuborilishlarning joylashtirish
-«sarik sahifalar» da yuborilishlarning joylashtirilishi;
-boshqa serverlarda yuborilishlarni joylashtirish;
-yaxshi tashrif etiluvchi serverlarda pullik reklama e’lonlarni joylashtirish;
-serverga yuborilishlarni o’z ichiga oluvchi materiallarni boshqa serverlarda nashr etish;
-qiziqkan shaxslarga server to’g’risida xabarlarni elektron pochta orqali davriy tarqatish
-qo’shni mavzular bo’yicha teleanjumanlarda ishtirok etish;
-tarqatmalar ro’yxatidan foydalanish;
-kompaniyaning reklama mahsulotining barcha turlarida server nomidan foydalanish va reklamaning an’anaviy turlarining qo’llanishi.
Kompaniya imidjini oshirishda internet ham ta’sirli vositadir. Biznesning aniq turi jamoatchilikning fikriga kanchalik ko’p bog’liq bo’lsa, firma publik relationsga ko’proq e’tibor berishi kerak. Birinchi navbatda bu banklar, avtomabil va telekommunikastiya kompaniyalari, medikamentlar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chikarish va sotish bilan shug’ullanuvchi firmalarga tegishli.
Internetdan foydalanish public relationsga xarajatlarni ancha kamaytirishga imkon beradi. Bu foto va bosma materiallar soni va tirajining kamaytirilishi, xodimlar ish vaqtining ortishiga olib kelishi kerak.
Public relations boshqa vositalari oldida internetning afzalligi o’zgarishlar tezkorligiga biron-bir xarajatsiz real vaqtda ma’lumotning yangilanish imkoniyatidir. Internetda akstionerlar, iste’molchilar uchun press-relizlar nashr etilishi va joriy ma’lumot berilishi mumkin. Firma bozor vaziyatining o’zgarishiga tezda ta’sirlanishi kerak. bo’lganda, inkiroz sharoitida internet vositalari qo’llanishi mumkin.
Reklamangizni ko’pchiligi xaridoringiz ham bo’lmaydigan kishilar ko’rishi uchun kam bo’lsa ham pul sarflanishining xojati ham yo’q. Ma’lumki, o’z ishlaridan norozi yoki umuman ishsiz odamlar tashrif buyuradigan ishchi vakanstiyalari ro’yxati bo’lgan serverlarda «Mersedes» avtomobillarini reklama qilishning keragi yo’q.
Shu bilan birga internetda aniq maqsadli guruhlarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlash ahamiyati anglanishi bilan butun internet foydalanuvchilari va alohida guruhlar bo’yicha qabul kili va harakatlari xususiyatlari va an’analarini hisobga olish zarurati paydo bo’ladi.
Internetning birinchi an’anasi – mijozlar tomonidan ma’lumotning ancha mikdorini bepul olish an’anasidir. Internet butun dunyoda uzoq vaqt, mamlakatimizda esa hozir ham bepul ma’lumot va dasturiy ta’minot olish imkoni sinonimi bo’lib kelmokda. Hozir ham etarli darajada bepul ma’lumot bermaydigan biznes serveri ommabopga aylanmaydi. Bu borada internet – raqobatchilar o’z maqsadli guruhlariga ko’proq foydali bepul ma’lumot taqdim etishda musobakalashadigan joydir.
Ikkinchi juda an’ana bu muloqotning noformal usulining ustivorligidir. Internet uzoq vaqt ilmiy xodimlarning norasmiy yozishlari uchun muljallanganligi bilan bu bog’liq. Muloqot bir birini ortiqcha so’zsiz tushunadigan hamkasblar guruhi orasida borgan. Bundan tashkari elektron xabarlar rasmiy ish yuritish tomonidan deyarli nazorat kilinmaydi. Bunday sharoitlarda ma’lumot almashining yuqori talab etiluvchi tezligi va murojaatlar ko’pligi telefon so’zlashuvi ogzaki nutk uslubiga uxshash oddiy uslubni talab etadi.
Tarmoqda harakat qoidalari an’analarning butun blokini tashkil etadi. Ular shakllantirilmagan, lekin tajribali foydalanuvchilarga yaxshi ma’lum va ular bilan ximoyalanadilar.Bajarilishi shart bo’lgan ba’zilari quyidagilar:
- ochik tarzda man etiluvchi teleanjumanlarda (chetlarda) reklama xabarlarini joylashtirmaslik
- «kutilmagan » eletron pochtani yubormaslik;
- internet foydalanuvchilari uchun tanlash erkinligini cheklamaslik
Internet aholisi yuqori texnologik tovarlarga juda ta’sirchan, chunki internetning barcha foydalanuvchilari u yoki bu tarzda kompyuter texnologiyalari bilan tanish. Shuning uchun tarmoqda foydalanuvchilarning o’rtacha ta’lim darajasi yuqori tarmoq, kommunikastiyalarining ko’pchilik ishtirokchilari esa (odatda talablardan tashkari) – yuqori maoshli mutaxassislar. Bu erda yangi tovarlar yoki xizmatlarni sinab ko’rishni yaxshi ko’radigan iste’molchi – novatorlar ko’p ular fondi odatda 3 dan 9 % gacha o’zgaradi va 20 % gacha etadi.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish