Tovarlar va xizmatlar etkazish tizimi. Xaridor buyurtma bergan tovarni mumkin qadar qisqa muddatda unga etkazilishi kerak. Aks holda elektron biznes bilan bog’langan faoliyat samarasiz bo’lishi mumkin. Elektron magazinlarda sotib olingan tovarlar va xizmatlarni etkazilishi ikkita asosiy usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchidan, an’anaviy transport va pochta vositalarini qo’yilgan holda. Ikkinchidan, aloqani elektron kanallaridan foydalanib. Bu holda kerakli raqamli va boshqa ma’lumotni (masalan, dasturiy mahsulotlarni, jurnallar, gazetalar, musiqa asarlarini elektron nashrlarini) etkazish ko’zda tutiladi.
Marketing xizmati. Marketingning asosiy vazifalarini echish yuklatilgan bo’limlari quyidagilardir: sotuv bo’limi, narxni shakllantirish bo’limi, shaxsiy Web-sahifalar dizayni hamda reklama bo’limi. Internet tarmog’ida marketing faoliyati ikkita asosiy turga bo’linadi:
1. Internetning oddiy foydalanuvchisi sifatida faoliyat yuritish. Bu usul uchun ma’lum cheklashlar xos bo’lib, ular ushbu muhitni kommunikatsiya imkoniyatlarini faqatgina qisman qo’llashga ruxsat beradi.
2. Internet tarmog’i imkoniyatlarini qo’llashda eng faol va bevosita qatnashish. Eng kamida bu Web-sahifa yoki shaxsiy Web-server bo’lishi mumkin, ko’pi bilan esa – imkoniyatlar cheksiz. Internetda firmani vakolatini amalga oshirish yoki interfaol magazin tashkil qilish mumkin.
Internetdan elektron bozorni marketing tadqiqotlari uchun samarali foydalanish mumkin. U birlamchi ma’lumotlarga bevosita asoslangan (tarmoqda firma tomonidan olib borilayotgan tadqiqot doirasida olingan), shuningdek Interetda e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslangan ikkilamchi marketing tadqiqotlarini ham olib borish imkoniyatini beradi. Internet tarmog’idan tovar bozorlarini tadqiq qilish uchun, ularning tuzilmasini o’rganish uchun yoki xaridorlarni real hamda salohiyatli guruhlari tarkibini o’rganish uchun foydalanish mumkin.
Internetdagi reklamaning o’ziga xosligi shundaki, uning bosh elementi bo’lib firma web-serveri hisoblanadi. Uning asosida reklama tadbirlarining butun majmui shakllantiriladi. Web-server egasining muhim asosiy vazifasi uni reklamasini olib borishdan iborat. Internetda reklamaning eng keng tarqatilgan elementi bo’lib bannerlar hisoblanadi. Bannerli reklama web-sahifa yoki web-serverga tashrif etuvchilarni jalb qilishning eng ommalashgan va samarali usullardan biri hisoblanadi. U shuningdek imidj reklamasini olib borishning qudratli instrumenti hisoblanadi. Banner GIF yoki JPG formatidagi to’rtburchak tasvirdan iborat. Undan tashqari, JAVA, Shock Ware va boshqa texnologiyalar yordamida yaratilgan bannerlar ham uchraydi. Banner odatda noshirning web-sahifasida joylashtiriladi hamda reklama beruvchining serveriga giperishoraga ega bo’ladi.
Internet muhitida firma faoliyatini reklama qilishning asosiy usullari quyidagilardir:
- web-sahifani yaxshi tayyorlangan, demak jozibali dizaynini ta’minlash;
- serverni izlash mashinalarida ro’yxatga olish;
- web-kataloglarda serverga bepul ishoralarni joylashtirish;
- “oltin sahifalarda” ishoralar berish;
- boshqa serverlarda ishoralar joylashtirish;
- eng ko’p tashrif etiladigan serverlarda pullik e’lonlar berish;
- boshqa serverlarda firma serveriga ishoralari bor materiallarni e’lon qilish;
- elektron pochta orqali manfaatdor mijozlarga server haqida xabarlarni vaqti-vaqti bilan jo’natish;
- o’zaro bog’langan mazmundagi telekonferentsiyalarda qatnashish;
- firmani reklama mahsulotining barcha turlarida, shuningdek reklamani an’anaviy turlarida ham, server nomidan foydalanish.
Web-sahifalar, web-serverlar dizayni bo’limi. Mazkur bo’lim xodimlari ishining mazmuni faqatgina web-sahifalar dizayni bilan cheklanib qolmaydi. Ularni sifatini baholash mezonlari turlichadir (tashqi ko’rinish, navigatsiyaning qulayligi, xaridorga e’tibor, qaytishning osonligi, servisli qo’llab-quvvatlash, tovar haqida ma’lumot mavjudligi, tovarning narxi, tovarning assortimenti va b.).
Shunday qilib, elektron biznes tizimi infratuzilmasining tarkibi hamda loyihalashtirish va iqtisodiy jihatdan asoslashni dastlabki bosqichidayoq hal qilinishi kerak bo’lgan murakkab muammolar haqida aniq tasavvurga ega bo’lib, Internet tarmog’ida samarali hamda ishonchli amal qiladigan virtual magazinni tashkil qilishga sarflanadigan mehnat va vaqt xarajatlarini minimallashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |