1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)


Ijtimoiy media marketing(Social Media Marketing) - zamonaviy internet marketingning samarali vositasi sifatida



Download 5,55 Mb.
bet47/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

3. Ijtimoiy media marketing(Social Media Marketing) - zamonaviy internet marketingning samarali vositasi sifatida.

Hozirgi globallashuv jarayonida va jahonda olamshumul o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir paytda biz nafaqat aniq bir inson, balki butun jamiyat hayotiga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelayotgan axborot texnologiyalarining ajoyib ixtirolaridan biri bo‘lmish ijtimoiy mediani chetlab o‘tolmaymiz. Joriy vaqtda ijtimoiy media deyarli butun dunyoni qamrab olgan. Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqatni o'rnatuvchi, ko'p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi.


Ijtimoiy medianing maqsadi internetda o'zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O'zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy media tarmoqlari ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin. Ijtimoiy media tarmoq xususiyatlarining biri - do'stlar va guruxlar tizimi. Uni quyidagi chizma yordamida tavsiflash mumkin:
1-rasm. Ijtimoiy tarmoqlar ko ’rinishi.
Mazmuniga ko'ra ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli bo'ladi:
1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqotni o'rnatib beruvchi dasturiy - apparatli kompleks;
2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi muloqat internet tarmog'i orqali bajarilishi.


Manba: Google images

Butun jahon turistik tashkiloti ijtimoiy tarmoqni turizmdagi muhim rolini tan oladi. Turistlar va biznesmenlar smartfon va planshetlardan axborotlar toppish uchun yoki bo’lgan joylari haqida fikr-mulohazalar bildirish uchun foydalanadilar. World Travel Monitor ning izlashlari shuni ko’rsatadiki 40 % xalqaro turistlar smartfonlar bilan sayohat qiladi. Ular smartfonlardan internetga kirish uchun: 40 % i harakat yo’nalishi haqida axborot olish uchun 26 % turistlar haqida, 34 % i mehmonxonalarni bron qilish va boshqa xizmatlardan sayohat vaqtida foydalanishadi. Xalqaro sayohatchilarning 3 dan 1 qismi smartfonlar yordamida ijtimoiy tarmoqlarga kirib, sayohat davrida, fikr va mulohazalarni Facebookda, rasmlarni Twitter yoki Flicrda kiritiladi.


Iqtisodiyotning turli sohalaridagi kompaniyalar mijozlar bilan ijtimoiy tarmoq orqali ish yuritadilar. Ijtimoiy tarmoqlar kompaniyalarga foydalanuvchilar bilan aloqa o’rnatishga, o’z mijozlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni tashkil qilishga kompaniya reputatsiyasini boshqarishga, savdoning o’sishiga, biznes rivojlanishining boshqa munosabatlariga imkoniyat yaratib beradi.
Statistic ma’lumotlarga ko’ra intenetdan foydalanuvchilarning 95 % i ijtimoiy tarmoqqa kirib tovarlar, kompaniyalar va xizmatlar haqida suhbat olib boradi. Ta’surotlar va fikrlar bilan o’rtoqlashadi.

2 -rasm. Ijtimoiy tarmoq ob’ektlari.


Ijtimoiy tarmoq ajoyib marketing maydonchasi bo’lib butun jahon trendidan tashqarida qolmaydi – Kompaniyalar, tadbir tashkilotchilari va kongres sentirlar mehmonxonalardan tez-tez ijtimoiy tarmoqdan o’z kompaniya va xizmatlarini rivojlantirish uchun foydalanishadi. Ijtimoiy tarmoq sahifalarida turli xil komentarilar nashr qilinadi, suratlar, videoroliklar taqdimot materiallari joylashtiriladi, xaridorlar bilan doimiy muloqot olib boriladi. Insentiv turizm boshqaruv jamiyati ma’lumotiga ko’ra, Site International tekshiruviga ko’ra ,,Site Index: Focus on Technology and Social Media’’ uchrashuvlar industriyasi mutaxassislari orasida o’tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko’ra ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilar soni 2011 –yilda 2010 –yilga nisbatan ikki baravarga o’sdi. Facebook Linkedlnda 88 % kompaniya o’z sahifasiga ega. Ijtimoiy tarmoq orasida Facebook 70 %, Linkedln 65 % va Twitter 28 % katta e’tiborga ega.


Bu ijtimoiy tarmoqlardan kompaniyaning rivojlanish va boshqa biznes yechimlarini yechish kanali sifatida foydalanuvchi kompleks tadbirlardir. Ijtimoiy tarmoqdagi harakat auditoriyaga ta’sir ko’rsatishga ularga ko’proq mos keladigan imkoniyatlarni topishga yordam beradi. Konfirensiya qatnashchilarini ro’yxatdan o’tkazish programmasini taklif qilgan Amianda kompaniyasi shaxsiy kuzatuvini o’tkazdi. So’rovnoma 1000 ta korespondent orasida o’tkazildi. Ular orasida 22 % i kongres va konfirensiyalar tashkilotchisi, 22 % i trening va seminarlar o’tkazuvchi, 13 % i korporativ tadbirlar o’tkazish bilan shug’ullanuvchi, 11 % i konsert va festivallar tashkilotchisi qolgan 32 % i biznes uchrashuvlar, shaxsiy tadbir va vistavkalar tashkilotchisi. Tekshiruvlar geografiyasi kengdir. Karespondentlarning 60 % i Germaniya, Avstirya, Shvetsariyadan, 10 % i Yevropaning boshqa davlatlaridan, 10 % i shimoliy va janubiy Amerikadan, 20 % i boshqa davlatlardan. Karespondentlarning 3 dan 2 qismi ijtimoiy tarmoqlarda o’z aktivligini oshirishni rejalashtirayotganliklari haqida xabar berishdi. Buni ijtimoiy tarmoqlar potensiallarining o’sishi tasdiqlaydi. 70 % korespondentlar javob berishicha ijtimoiy tarmoqlar har bir konkret tadbirning va brendning tanilishini o’sishiga ta’sir ko’rsatadi. So’rovga qatnashganlarning 65 % i mijozlarning loyal imkoniyatini kuchayishini, 55 % i ijtimoiy tarmoqlarni qayta aloqaning qo’shimcha kanali deb hisoblaydi.
Internetning taraqqiy etishi va uning jamiyat hayotida muhim o`rinni egallashi bilan birga virtual resurslar xilma-xilligini vujudga keltirdi. Shu bilan bir qatorda bugungi kunda keng ommalashib ulgurgan ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo`lishiga ham zamin yaratdi. Vatani Amerika deb e`tirof etiluvchi internet XX asrning 60 yillarida paydo bo`lgan bo`lsa, hali yarim asr bo`lishga ulgurmayoq, butun dunyoga hukmronlik qila boshladi. Internetning kirib kelishi turli atamalar, virtual kashfiyotlarni ham vujudga keltirdi. Dastlab forum, chat nomlari bilan atalgan ko`ngilochar muloqot vositalari XXI asrga kelib ijtimoiy tarmoqlar ko`rinishida xizmat ko`rsata boshladi.
Asrimiz boshlarida asos solingan ijtimoiy tarmoqlar bugun dunyo aholisining 3 milliarddan ortig’ini o`z atrofiga birlashtirib ulgurdi. Avvaliga reklama manbai yoki chat vazifalarini bajarib kelayotgan ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunga kelib ommaviy axborot vositalarining bir qancha funksiyalarini ham o`zida mujassamlashtira oldi. Ba`zi manbaalarda ijtimoiy tarmoqlarning vujudga kelishini facebook tarmog’I va uning asoschisi Mark Tsukerberg bilan bog’lanadi. Biroq, facebook.com saytiga 2004 yilda asos solingan bo`lsa, 2003 yildan Uspace tarmog’i birinchi ijtimoiy tarmoq sifatida faoliyat yuritgan. Aksariyat o`zbek yoshlarining sevimli tarmog’i bo`lmish odnoklassniki.ru sayti esa 2006 yilning 26 martidan ishga tushirilgan.
O`zbekistonda asosan odnoklassniki, facebook, moy mir, vkontakte, twitter kabi xorij ijtimoiy tarmoqlaridan hamda muloqot.uz, sinfdosh.uz kabi milliy tarmoqlardan keng foydalaniladi. Bundan tashqari xalqaro virtual olamga tanilgan fidbek, feedburner, flicker, uSpace kabi bir qancha ijtimoiy tarmoqlar mavjud.
Ijtimoiy tarmoqlar asosan 15-55 yoshdagi auditoriyani birlashtirgan bo`lib, bugungi kunda ba`zi yoshlar uchun kundalik muloqot vositasiga aylanib ulgurgan. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarni zamonaviy ommaviy kommunikatsiya tizimining bir ko`rinishi deb e`tirof etish mumkin. Bugungi kunda dunyo aholisining 3 milliardga yaqin qismi ijtimoiy tarmoqlar a`zosidir. O`zbekistonning o`zida 8 million aholi internetdan foydalanadigan bo`lsa ulardan 5 milliondan ko`prog’i ijtimoiy tarmoqlarga a`zo.
Birgina Facebook ijtimoiy tarmog’ida hozirgi kunda 1400 mingdan ortiq foydalanuvchi mavjud bo`lib, ulardan 140 ming nafari o`zbekistonlik foydalanuvchilardir. Facebook statistikasining ma`lumotlariga ko`ra, bir kunda 800 milliondan ortiq kishi saytga telefon orqali (mobil versiyasiga) tashrif buyuradi. Kuniga 3 milliardan ortiq sharxlar qoldirilib, 300 milliondan ortiq fotosuratlar joylashtiriladi hamda 125 millionta virtual do`stlik aloqalari o`rnatiladi.
Ingliz tilidagi tarjimasi "chuqurlamoq, vijirlamoq" kabi ma`nolarni anglatuvchi twitter mikroblogi jahondagi eng mashhur kichik blogli xizmat turlarini taqdim etuvchi ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Jek Dorsi, Even Uilyams va Biz Stounlar tomonidan 2006 yilning 15 iyulida asos solingan Twitter mikro blogi dunyo miqyosida 500 milliondan ortiq foydalanuvchilariga ega. Ularning deyarli 100 ming nafari o`zbekistonliklardir, Twitterning qulayligi shundaki, unda ortiqcha funksiyalarga o`rin yo`q, "bugun men nima qildim", "hozir men nima qilayapman" kabi savollarga javob bersangiz bo`lgani. Mana shu "qulaylik" bilan twitter auditoriyasini kengaytirmoqda.
Kundan kunga ommalashib borayotgan, ayniqsa O`zbekiston yoshlarining sevimli "uchrashuv makoni"ga aylanib ulgurgan odnoklassniki.ru sayti bugungi kunda a`zo yig’ish tezligi ko`rsatkichlari bo`yicha rekord darajaga erishmoqda. Odnoklassniki ijtimoiy tarmog’i 2006 yil 26 martda ishga tushirilgan bo`lsa, bugungi kunda uning salkam 150 million auditoriyasi mavjud. Odnoklassniki foydalanuvchilari asosan 14 yoshdan 55 yoshgacha deb e`tirof etiladi. O`zbekistonlik foydalanuvchilar esa "odnoklassniki"ning 3,5 millionga yaqin qismini tashkil etadi. Sayt statistikasiga ko`ra, "odnoklassniki"ga bir kunda o`rtacha 30 million kishi tashrif buyuradi. Ularning 62 %i 15-25 yoshdagi foydalanuvchilarni tashkil etadi. Ahamiyatlisi shundaki, yuqorida qayd etilgan O`zbekistondagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar ichida mamlakatimiz miqyosida eng keng tarqalgani odnoklassniki.ru saytidir. Mazkur ijtimoiy tarmoq asli kelib chiqishi rus millatiga mansub bo`lgan Albert Popkov tomonidan shunchaki reklama joylash maqsadida yaratilgan sayt bo`lib, keyinchalik ommalashib brogan va qisqa vaqt ichida minglab a`zo to`plashga muvaffaq bo`lgan. Bugungi kunda "odnoklassniki"ga 100 dan ortiq mamlakat fuqarolari a`zo va ulardan eng faollari Rossiya, Ukraina, Moldova, Bolqon hamda Markaziy Osiyo davlatlariga to`g’ri kelmoqda. Hududiy jihatdan o`zida katta virtual auditoriyani jamlashga ulgurgan "odnoklassniki" kundan kunga yangi loyihalarni taqdim etmoqda. "Odnoklassniki"da rus, ingliz, moldov, ukrain, gruzin, ozarbayjon va o`zbek tillari mavjud. Odnoklassniki ma`muriyatining norasmiy ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda saytda 200 milliondan ortiq profillar va 10 millionga yaqin guruhlar mavjud. Ularning umumiy soni bo`yicha 6/1 qismi rasmiy sahifalardan iborat bo`lib, ulardan teng yarmi guruhlarga to`g’ri kelar ekan.
O`z atrofiga millionlab auditoriyani birlashtirgan eng ommabop facebook, twitter va odnoklassniki tarmoqlari turli norasmiy sahifalar orqali rasmiy axborotlarni ham birinchilardan bo`lib yetkazib bormoqda. Bu masalaga odnoklassniki misolida yondoshadigan bo`lsak, buni asosan, tarmoqdagi guruhlar bo`limida ko`rish mumkin. Odnoklassnikida OAV funksiyalarini va jamoatchilik bilan aloqalarni o`zida mujassamlashtirgan eng yirik sahifa tarmoqdagi guruhlar bo`limidir. "Odnoklassniki"da guruh yaratish, yaratilgan guruhga a`zolar to`plash, boshqa guruh va uyushmalarga a`zo bo`lish, guruhlarga o`z do`stlarini va boshqa foydalanuvchilarni taklif etish mumkin. Guruhlar "odnoklassniki"dagi eng ko`p muloqot almashish bo`limi hisoblanadi. Har bir guruhda istagancha a`zo to`plash imkoniyati mavjud. Guruh yaratuvchisi (adminstrator) va uning yordamchisi (moderator) tomonidan yoki guruh a`zolari tomonidan ham mavzu va yangiliklar berib boriladi, fotoalbomlarga fotosuratlar joylash, video joylashtirish ishlari amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar, xususan, odnoklassnikidagi guruhlar mavzu ko`lami va yo`nalishi jihatdan turlichadir. Guruhlarga ixtiyoriy kirish yoki kimningdiri taklifi bilan a`zo bo`lish mumkin. Bugungi kunda odnoklassniki"da qatnashchilar soni bo’yicha eng ko`p deb topilgan guruh Beeline Uzbekistanning mazkur tarmoqdagi sahifasidir. Ushbu sahifada 200 mingdan ortiq a`zolar bor. Bundan tashqari, jahondagi eng ommabop axborot agentliklari, ommaviy axborot vositalari, inernet saytlarining ham rasmiy sahifalari ushbu tarmoqda joylashtirilgan. Xususan, Rossiyaning Ria Novosti, ItarTASS axborot agentliklari, "Perviy kanal", "Rossiya", "NTV" kabi telekanallari, va boshqa ommaviy axborot vositalarining ham rasmiy sahifalari turli ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, odnoklassnikida faoliyat yuritib kelmoqda. O`zbekiston misolida oladigan bo`lsak, bugungi kunda, asosan, facebook ijtimoiy tarmog’ida bir qancha o`zbek OAVlarning rasmiy sahifalari joylashtirilgan. Biroq, odnoklassniki va boshqalarda bu holat unchalik kuzatilmaydi. SHuni aytish lozimki, bugungi kunda boshqa ijtimoiy tarmoqlardan farqli ravishda, odnoklassnikida bir qancha axborot tarqatuvchi yangiliklar sahifalari faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, O`zbekiston va jahon yangiliklarini berib boradigan informatsion sahifalar ham guruhlar bo`limida faoliyat yuritib kelmoqda. Bunday sahifalar, asosan, milliy va xorij internet saytlaridagi ma`lumotlardan foydalangan holda kuniga o`rtacha 3-5 tagacha yangiliklarni joylashtiradilar.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish