8-MAVZU: TUPROQ RESURSLARINI MUHOFAZA QILISH
Reja:
1. Tuproqlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. 2.
Insonning tuproqlarga ta'siri.
3. Tuproq eroziyasi va uning turlari.
4. Tuproqlarni sho'rlanish, botqoqlanish, ifloslanish va
cho'llanishdan saqlash.
5. O"zbekiston tuproqlari va ulardan foydalanishning ekologik
muammolari.
Tayanch so
’
zlar:
Gums, gorizont, ona jins, mikroelement, eroziya, tabiiy
eroziya, antropogen eroziya, suv eroziyasi, shamol eroziyasi,
agrotexnik, pestisidlar.
Unumdorlik xususiyatiga ega bo
’
lgan yer yuzasining ustki
g'ovak qatlami tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va
jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun
hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning kichik
biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o'ynaydi.
Tuproq qattiq, suyuq, va gazsimon komponentlardan iborat bo
’
lib,
iqlim, tog' jinslari, o"simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning
o'zaro murakkab ta'siri natijasida hosil bo
’
ladi. 1 gramm tuproqda
milliondan ortiq sodda hayvonlar va tuban o" simliklar uchraydi.
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga
ko
’
ra tuproqda 3 asosiy qatlam ajratiladi:
A-eng ustki gumus (chirindi)li qatlam; B-yuqori qatlamdan mineral
va organik birikmalar to'planadigan qatlam. C-tuproq vujudga
keladigan ona jins qatlami. Tuproqning har bir gorizonti organik va
mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib
topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo
’
lib, o'zgaruvchan
dinamik hosiladir. Yer yuzi turli qobiqlari o'rtasidagi aloqadorlik
tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi
hisoblanadi. Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni
organik hayot zanjirining eng muhim halqasi, deb yuritsa bo"ladi.
Tuproqda u yoki bu mikroelementlar etishmasligi yoki optiqchaligi
organizmlarning rivojlanishi va insonning sog'lig'iga bevosita ta'sir
ko
’
rsatadi; Tuproq kasallik tarqatadigan ko
’
plab mikroorganizmlar
uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi. Tuproqda sil, vabo, o'lat,
ichterlama, burutsellioz va boshqa kasalliklarning qo'zgatuvchilari
bo'lishi mumkin. Biosferada tuproqning eng muhim roli
shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi
va yana mineral birikmalarga aylanadi, Tuproq qatlamisiz yer yuzida
hayotni tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar
hayotidagi ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o'zi uchun zarur
bo
’
lgan barcha oziq mahsulotlari va ko
’
plab boshqa vositalarni bevosita
yoki bilvosita tuproqdan oladi. Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq
qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o'zgargan.
Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd. dan ortiq unumdor tuproqli yerlar
yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo'jaligi
uchun yaroqli yerlar maydoni sho'r bosishi, emirilishi natijasida 5-7
mln.gektarga kamaymoqda. Tuproqlarga inson ta'si-rining kuchayishi
sug'oriladigan dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan
bog"liq. Sug'oriladigan (obikor) dehqonchilik Movarounnahrda ham
qariyib 5 ming yillik tarixga ega. Yer yuzida dehqonichilik
maqsadlarida ishlatiladigan yerlar mavjud yerlar hududining 10
foizini tashkil qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0,5 ga dan to'g"ri
keladi. Yer yuzi tuproq qatlamining hozirgi holati birinchi navbatda
kishilik jamiyatining faoliyati bilan belgilanadi. Inson tuproqlarga ijobiy
va salbiy ta'sir ko'rsatadi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi,
yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar
qurilishi, atrof muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga
javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo'q qilinishi, yaroqsiz
holga kelishi, emirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar
maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq,
amalga oshmoqda.
Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqlarning emirilishi yoki
eroziyasi kuzatiladi. Inson faoliyati natijasida tezlashgan suv va shamol
eroziyasi amalga oshadi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan
noto'g"ri foydalanishning oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari
o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini
boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto'g"ri
metodlaridan foydalanish va boshqalardir. Turli ma'lumotlarga ko
’
ra
har kuni yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli
yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko
’
proq, tog' oldi va tog'li
rayonlarda, shamol eroziyasi tekisliklarda kuzatiladi. Chang
bo'ronlari natijasida bir necha soat ichida tuproqning 25
santimetrgacha bo'lgan qatlamini shamol butunlay uchirib ketganligi
haqida malumotlar mavjud.
Eroziya jarayonlarining oldini olish va unga qarshi kurashish
uchun ko'plab chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bularga
o
’
simliklar qoplamini tiklash, agrotexnik tadbirlarni to
’
g^ri olib
borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik
tadbirlarni rejali o'tkazish va boshqalar kiradi. Sug'oriladigan
dehqonchilik rayonlarida tuproqlarning sho'rlanishi asosiy
ekologik muammolardan hisoblanadi. Tuproqlarning sho'rlanishi
sug'orishni noto'g'ri olib borganda yer osti suvlari sathining
ko
’
tarilishi natijasida ro'y beradi. Birlamchi va ikkilamchi sho'rlanish
kuzatiladi. Ikkilamchi sho'rlanishda suv kappilyarlar orqali ko
’
tarilib
tuzi tuproqda qoladi yoki ortiqcha sug'orish natijasida yer osti suvlari
erigan tuzlar bilan sho'rlanadi. Ikkilamchi sho'rlanish ko
’
proq zarar
etkazadi. Tuproqlarning sho'rlanishi Osiyo, Amerika va
Afrikaning ko
’
pchilik mamlakatlarida kuzatiladi. Sho'rlanishning
oldini olish uchun zovurlar o'tkaziladi, yerlarning sho'ri yuviladi.
Tuproqlarning botqoqlanishi asosan namlik ko
’
p joylarda
kuzatiladi. Suv omborlari atrofida ham botqoqlangan uchastkalar
vujudga keladi. Botqoqlarni quritish uchun maxsus melioratsiya
tadbirlari o'tkaziladi. Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash muhim
ahamiyatga ega. qishloq xo'jaligini kimyolashtirish tuproqlarning
turli kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishini kuchaytirib yuboradi.
Mineral o'g'itlar to'g"ri tanlanmasa va me'yorida ishlatilmasa
tuproqning holati o'zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi.
Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi, begona o'tlarga va o
’
simlik
kasalliklariga chora sifatida keng foydlaniladngan pestisidlar
gerbisidlar, insektisidlar, defolliantlarni me'yoridan ortiq ishlatish
tuproqga juda salbiy ta'sir ko
’
rsatadi. Pestitsidlar tuproqdagi
foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining
kamayishiga olib keladi. Masalan, DDT pestisidi ishlatilganidan 15
yil keyin ham tuproq tarkibida uning hali mavjudligi
aniqlangan. Pestisidlar oziq zanjiri orqali o'tib, inson sog'lig'iga ham
zarar etkazadi. Hozirgi kunda olimlar qisqa vaqt ta'sir etib sung
parchalanib ketadigan biosidlar ustida ishlamoqdalar. Tuproqlar
sanoat
korxonalari,
transport
chiqindilari,
kommunal-maishiy
chiqindilar bilan ham ifloslanadi. Kimyo va metallurgiya korxonalari,
tog' kon sanoati chiqindilari tuproqlarni ayniqsa kuchli ifloslaydi va
ishdan chiqaradi. Tuproqda simob, qo
’
rg'oshin, ftor va boshqa o'ta
zaharli birikmalar to'planadi. Bu o
’
simliklarga salbiy ta'sir ko
’
rsatadi,
bazilari nobud boladi va insonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Tuproqlarni maxsus tadbirlar o'tkazib tozalash qiyin.
Shuning uchun tuproqlarni ifloslanishidan saqlash tadbirlari o'z
vaqtida o'tkazilishi va qonuniy nazorat o'rnatilishi kerak. Qupg'oqchil
yerlarda cho'lga aylanish jarayonlarinining oldini olish muhim
ahamitga ega. Harakatchan qumlarning yo'lini to'sish yashil
qalqonlar bunyod qilish tuproqlarni saqlab qoladi. Tuproq qatlamining
turli yo'llar bilan nest-nobud qilinishi muammosi ham mavjud.
Shahar va yo'l qurilishi natijasida unumdor tuproqlar nobud qilinadi.
Yer osti boyliklarini qazib olishda ham ko
’
plab tuproqlar nobud bo
’
ladi.
Bunday jarayonlarni oldini olishning maxsus tadbirlari mavjuddir.
O
’
zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida yer resurslariiing 95
foizi va suv resursarining 85 foizi ishlatiladi. Sug'oriladigan yerlar
umumiy yer fondining 15 foyizini tashkil qiladi. (T zbekistonda mavjud
sug'oriladigan yerlarning 50 foizdan ortig'i sho'rlangan. ayniqsa
Qoraqalpog'iston respublikasi Buxoro va Sirdaryo viloyatlari tuproqlari
kuchli sho'rlangan. Tuproqlarda chirindi miqdori 30-50 foizgacha
kamaygan. 2 mln.gektardan ortiq yerlar eroziyaga uchragan. Bunday
yerlar Farg'ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida keng
tarqalgan. Tuproqlarning pestisidlar bilan ifloslanish darajasi yuqori.
Bunday vaziyatning asosiy sabablaridan biri, uzoq vaqt davomida paxta
monokulturasi hukumronligidir. Oxirgi yillarda paxta maydonlarining
kamayishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral
o'gitlarni ishlatilishining me'yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar
tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
O
’
zbekiston juda ham boy yer resurslarga ega. Lekin shu
kungacha
ulardan
samarali
foydalanish
yaxshi
yo'lga
qo'yilmagan. Respublikada yer va yer resurslaridan foydalanishni
tartibga solish maqsadida 1990 yili (Jzbekiston Respublikasida «Yer
to
’
g'risida» gi qonun qabul qilingan.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
l. Tuproq deb nimaga aytiladi? Tuproqning biosfera va jamiyat
hayotidagi ahamiyatini tushuntirib bering?
2. Insonning tuproqlarga ta'siri va uning oqibatlarini tushuntiring?
3. S.Eroziya deb nimaga aytiladi? Qanday eroziya turlarini bilasiz?
4. Tuproqlarning sho
’
rlanishi va uning oldini olish muammolarini
tushuntiring?
5. S.Tuproqlarning ifloslanish manbalari, ifloslovchi asosiy modda va
birikmalarni tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |