1
1-MAVZU: Ekologiya kursining maqsadi, vazifalari, tarixi. Tabiat va
jamiyat o’rtasidagi munosabatlar. Populyatsiyalar ekologiyasi.
Reja:
1. Ekologiyaning maqsadi, o‟rganish usullari
2. Ekologiya fanining vazifalari
3. Ekologiya fanining bo‟limlari
4. Ekologiyaning tarixi
Tayanch so’zlar: Ekologiya, autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi,
sinekologiya, biosfera, inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiyasi, ekologik
muammolar, modellashtirish, biologik resurs, atrof-muhit.
Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. ekologiya
tushunchasi fanga birinchi bo‟lib 1866 - yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan
kiritilgan. Ekologiya – yunoncha so‟z bo‟lib, uning ma‟nosi tirik organizmlarning
yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o‟zaro munosabatini bildiradi.
Umumiy ekologiya to‟rt bo‟limga bo‟lib o‟rganiladi: autekologiya,
populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.
1. Autekologiya ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o‟zaro
munosabatini, turlarning qanday muhitga ko‟proq va uzviy moslashganligini
o‟rganadi.
2. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi,
ma‟lum sharoitda turli organizmlar sonining o‟zgarishi (biomassa dinamikasi)
sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‟simlik va
hayvon turlarining o‟zaro aloqasini hamda ularning tashqi muhit bilan
munosabatini o‟rganadi.
4. Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta‟limotni
vujudga keltiradi. Ushbu ta‟limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi.
Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya‟ni Yer qobig‟idagi mavjudotlar tizimi
biosfera deb ataladi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni
kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining
ta‟siri natijasida ekologiya tushunchasi o‟ta kengayib ketdi. Fanga “inson
ekologiya”si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati
boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar Borjes va
Park tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha bo‟limi sifatida
qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me‟moriy, iqtisodiy va huquqiy
tomonlari ham o‟rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha,
muhitning insonga ta‟sirini o‟rganadi. Inson ekologiyasini o‟rganish natijasida
ijtimoiy ekologiya vujudga keldi. Unga birinchi bo‟lib Raderik Mak Kenzil ta‟rif
bergan.
2
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti inson
bilan uning atrof-muhit o‟rtasidagi xususiy bog‟lanishlarini o‟rganishdan iborat.
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy fanlar jumlasiga
kirib, o‟rganilayotgan ob‟ekt yoki tizimni atrof-muhit bilan munosabatini keng
miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug‟lar,
o‟simlik, hayvonlar va ularning hamjamoalari, biosfera, shuningdek inson ham
ekologiya fanining ob‟ekti bo‟lib xizmat qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog‟lanishini ifoda etar
ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.