Pravoslav (Ortodoks) oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo‘nalishidan biri o‘laroq, tarixan uning sharqiy shohobchasi sifatida shakllandi.
Xristianlikning SHarqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkov: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, CHexiya, Slovakiya, Rus va Amerika cherkovlari vujudga keldi. Bu cherkovlardan eng kattasi Rus pravoslav cherkovi hisoblanadi.
Pravoslav oqimidagi diniy mansablar.Pravoslav cherkovida ruhoniylar uch tabaqaga bo‘linadi: 1) diakon, 2) ruhoniy (svyaщennik), 3) episkop.
Diakon (grek. “xizmatchi”) ruhoniylikning eng quyi tabaqasi hisoblanadi. Ruhoniy (svyaщennik) yoki ierey pravoslav ruhoniyligining ikkinchi tabaqasi hisoblanadi. Episkop yoki arxierey ruhoniylikning eng oliy unvoni hisoblanadi. Nisbatan kattaroq episkoplar arxiepiskop deyiladi. Poytaxt shaharlarning episkoplari mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir.
Katolik oqimiXristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katolik oqimidir. UEvropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolitsizm “umumiy, dunyoviy” degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai – uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi hisoblanadi.
A’rof haqidagi (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) aqida faqat katolik ta’limotida mavjud.
Katolik ierarxiyasida uch darajadagi ruhoniylar bor: diakon, ruhoniy (kyure, pater, kendz), episkop. Episkopni papa tayinlaydi. Papani kardinal kollegiya saylaydi. Bunda umumiy ovozning uchdan ikki qismi plyus 1-ovoz (yashirin ovoz berish yo‘li bilan) II Vatikan soborida (1962-1965 yillar) cherkov hayotining barcha jabhalarini yangilash, zamonaviylashtirish jarayoni boshlandi. Bu birinchi navbatda ibodat an’analariga tegishli bo‘ldi. Masalan, ibodatni lotin tilida olib borishdan voz kechildi.
Protestantizm. Protestantizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U XVI asrda Evropada katoliklarga qarshi qaratilgan reformatsiya harakati bilan bog‘liq juda ko‘p mustaqil cherkovlar va sektalarni o‘z ichiga oladi.
Protestantizm atamasi «protest» (norozilik) so‘zidan kelib chiqqan.
Protestantizmning ilk shakllari: lyuterchilik, svinglichilik, kalvinizm, unitarizm va sotsinchilik, anabaptizm, mennochilik va anglikanchilik edi. Keyinroq, «so‘nggi protestantizm» shakllari: baptistlar, metodistlar, kvakerlar, adventistlar, Iegova shohidlari, mormonlar yoki «Oxirat avliyolari», «Najot armiyasi», «Xristian fani», pyatidesyatniklar va boshqa diniy oqimlar paydo bo‘ldi.
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga Martin Lyuter o‘z tezislarini havola qildi. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo‘lib qoldi.
Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko‘rsatmalar» degan bosh asari, protestantizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo‘nalish – kalvinizmning asosi bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |