1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja


Islomda axloqiy qadriyatlar ustuvorligi va ilm-ma’rifat



Download 10,36 Mb.
bet41/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Islomda axloqiy qadriyatlar ustuvorligi va ilm-ma’rifat,
ta’lim va tarbiyaning qadrlanishi.

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev BMTning 43-sessiyasida so‘zlagan nutqida islom ta’limoti va uning bugungi kundagi ahamiyatiga alohida to‘xtaladi. «Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l» mavzusi 43-sessiya kun tartibining asosiy g‘oyasi etib belgilangani chuqur ramziy ma’noga ega. Bu g‘oya «Beshikdan qabrgacha ilm izla» degan mashhur hadisga hamohangdir. Ushbu mavzu katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, buyuk davlat arbobi sifatida uzoqni ko‘ra oladigan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan, Alloh u kishini rahmatiga olsin, dunyo xalqlari, o‘z xalqi taqdiri, bugungi murakkab sharoitda muqaddas dinimizning ahamiyati haqidagi chuqur mulohazalar natijasi sifatida taklif etilgan edi. 


Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga etishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. 
Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi. Muqaddas islom dinimiz bizga aynan shuni o‘rgatadi. 
Bunday yondashuv – davr talabidir. 
«Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l» shiori Islom hamkorlik tashkilotining bugungi anjumani mavzusi etib belgilangani bejiz emas. 
Negaki, mazkur anjuman sizu bizning buyuk ajdodlarimiz kindik qoni to‘kilgan O‘zbekiston zaminida bo‘lib o‘tmoqda. 
Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Iso va Hakim Termiziylar, Mahmud Zamaxshariy, Muhammad Qaffol SHoshiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab daholar nomi nafaqat islom, ayni vaqtda jahon sivilizatsiyasi tarixida haqli ravishda oltin harflar bilan bitilgan. 
Islom olamida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom hadislari to‘plamining ishonchli manbai deb e’tirof etilgan «Al-jomi’ as-sahih» to‘plami «barcha muhaddislar ustozi» bo‘lmish Imom Buxoriyning ko‘p yillik fidokorona izlanishlari samarasidir. O‘n ikki asrdirki, ushbu asar ahamiyatiga ko‘ra, muqaddas Qur’ondan keyin islom dini haqidagi ikkinchi ishonchli yozma manba bo‘lib qolmoqda. Nafaqat bizning yurtimiz, balki boshqa mamlakatlardan ham minglab, millionlab musulmonlar bu tabarruk zot tug‘ilgan Buxoroi sharifga borish va uning Samarqanddagi qabrini ziyorat qilishga intilishi bejiz emas, albatta. 
X asrda samarqandlik mutafakkir, «Imom al-Xuda» (Hidoyat yo‘lining imomi) deb shuhrat qozongan Abu Mansur Moturidiy tomonidan asos solingan Moturidiya ta’limoti butun islom olamida keng tarqalgan. 
Moturidiya ta’limoti ilm egallash jarayonida bag‘rikenglik g‘oyasi asosida inson aql-zakovatining o‘rni va ahamiyatiga yuksak e’tibor qaratadi. Bu o‘z navbatida ushbu ta’limotning keng ommalashuvida muhim o‘rin tutgan. Bunday g‘oyalarga bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj sezmoqda. 
Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 
YAngi tahdidlar, jumladan, “ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo‘layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
SHu sababli, mening fikrimcha, inson ma’naviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda har qachongidan ham muhimdir. 
Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom – haqiqatni anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo‘lishni o‘rgatadi. 
Biz Islom dinidan zo‘ravonlik va xunrezlik maqsadlarida foydalanishga urinayotgan kimsalarni keskin qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Muqaddas dinimizni doimo himoya qilamiz. 
Xalqimiz ateistik mustabidlikdan ozod bo‘lgandan keyin, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini bo‘lgan islomning jamiyatimizdagi o‘rnini qayta tiklash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. 
1999 yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning ikkitasi xotin-qizlar o‘quv muassasasidir. 
Ana shu ta’lim maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, mamlakatimizda ilm-fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasalari bor. 
Etmish yil hukm surgan kommunistik tuzum davrida O‘zbekistondan bor-yo‘g‘i 130 kishi Haj amalini bajargan bo‘lsa, bugungi kunda har yili o‘zbekistonlik besh mingdan ziyod kishi o‘zining ezgu orzusi va musulmonlik burchini ado etmoqda. O‘sha paytlarda ko‘p millionli respublikamizda atigi 30 ta masjid bo‘lgan, bugun esa mamlakatimizda minglab masjidlar faoliyat yuritmoqda. YUrtimizning barcha hududlarida tarixiy islom yodgorliklari, muqaddas qadamjolar qayta tiklandi. Ularning aksariyatini siz, aziz mehmonlarimiz O‘zbekistonga tashrifingiz davomida ziyorat qilish imkoniga ega bo‘lasiz. 
Muqaddas dinimiz bundan buyon ham xalqimizni birlashtirib, millati va tilidan qat’i nazar, ma’naviy poklanish, odamlarni tinchlik, ezgulik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va totuvlikka undaydigan, o‘rnini hech narsa bosa olmaydigan vosita bo‘lib xizmat qilishi shubhasizdir. 
O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Ayni vaqtda musulmon olami va jahon hamjamiyatidagi munosib o‘rnimizni yanada mustahkamlashdir. 
Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi yaratildi. 
Bugun barcha o‘g‘il-qizlarimiz o‘n bir yillik bepul majburiy ta’lim bilan qamrab olingan. Ular 10 mingta rekonstruksiya qilingan yoki qayta qurilgan keng va yorug‘ maktablar, 1,5 mingta akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida bilim olmoqda. Qariyb 300 ta musiqa va san’at maktabi, 2 ming 200 dan ortiq sport ob’ekti bolalarimiz ixtiyorida. 
Istiqlol yillarida mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlari soni 2,5 barobar ko‘paydi. Bugungi kunda oliy o‘quv yurtlarimizda 230 mingdan ziyod talaba bilim olmoqda. O‘zbekistonda ettita xorijiy etakchi oliy o‘quv yurtining filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Iste’dodli yoshlarimizning minglab vakillari dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda. 
Mamlakatimizda davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 7 foizi ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilmoqda. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. CHunki yoshlar – bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.
Bularning barchasi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. YOshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch bag‘ishlaydi. 
Biz bugun insoniyat taraqqiyotining, ta’bir joiz bo‘lsa, keskin burilishlar ro‘y berayotgan tarixiy bosqichida yashamoqdamiz. 
Keyingi yillarda Er yuzida keskin geosiyosiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, xalqaro miqyosda xavfsizlik va barqarorlik tizimi izdan chiqmoqda. Globallashuv jarayonining tobora shiddatli tus olishi nafaqat insoniyat imkoniyatlarini kengaytirmoqda, balki ziddiyatlarning keskinlashuvi, rivojlangan va qoloq davlatlar o‘rtasidagi tafovutning o‘sishiga olib kelmoqda. Buning oqibatida tinchlik va barqarorlikka raxna solayotgan, mohiyati va ko‘lamiga ko‘ra transmilliy xususiyatga ega turli xatti-harakatlar sodir etilmoqda. 
Boshpanasiz qolib, o‘zga yurtlarda sarson-sargardon yurgan odamlar og‘ir musibatlarni boshdan kechirmoqda, qurolli qarama-qarshiliklar va terrorizm oqibatida gunohsiz bolalar, keksalar, xotin-qizlar halok bo‘layotir. Oxiri ko‘rinmaydigan urushlar tufayli ko‘plab mamlakatlar vayronaga aylanmoqda. 
Bunday sharoitda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarni musulmon olamida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish yo‘lida birlashtirish, o‘zaro hamkorlikning ishonchli mexanizmlarini, a’zo mamlakatlarning dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qilishi uchun o‘ziga xos maydon yaratishga xizmat qiladigan Islom hamkorlik tashkilotining roli va mas’uliyati yanada ortmoqda. 
Tashkilot mustahkam barqarorlik va xavfsizlikka iqtisodiy taraqqiyotsiz, ijtimoiy xususiyatga ega muammolarni hal etmasdan erishib bo‘lmasligini tushungan holda faoliyat yuritayotganini biz yuqori baholaymiz. Islom hamkorlik tashkilotining faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirish zarurati yuzaga kelmoqda. 
Bu borada mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida turli darajadagi muloqotlarni kengaytirish, nafaqat hukumatlar, balki parlamentlar, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, jamoatchilik vakillari o‘rtasida tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhim o‘rin tutishi zarur. Aynan mana shu maqsadlar Islom hamkorlik tashkiloti doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kuchaytirishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining raisi sifatida tashkilot salohiyatini yanada kuchaytirish va ezgu maqsadlarga erishishda o‘z hissasini qo‘shish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi. 
O‘zbekiston Kengashga raisligi davrida musulmon davlatlarining samarali va nufuzli forumi sifatida tashkilot rolini mustahkamlashga harakat qiladi. 
O‘zbekistonning raisligida o‘tayotgan ushbu anjumanning «Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l» shiori bizning ustuvor yo‘nalishlarimizni aniq ifoda etadi. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat: 
Birinchi. Aholi hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan mamlakat raqobatdoshligining asosiy ko‘rsatkichiga aylangan bugungi sharoitda taraqqiyotning muhim omili sifatida ta’limning roli ortib bormoqda. Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar avvalo ijtimoiy qadriyatlar va ta’lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda. 
SHu nuqtai nazardan, buyuk ajdodlarimiz bo‘lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, ularning butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur o‘rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga egadir. 
Bu masala yoshlarda ilm-fanga va ta’lim olishga intilish tuyg‘usini kuchaytirish, barcha jamiyatlarda islom qadriyatlari va madaniyatini to‘g‘ri anglash hamda qabul qilish, dunyoning barcha xalqlariga Islom dinining haqiqiy mazmun-mohiyatini etkazish uchun muhimdir. SHuningdek, bugungi kunda xalqaro miqyosda konfessiyalar, millatlar va madaniyatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, tinchlik va totuvlikka erishishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ikkinchi. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni innovatsion rivojlanishsiz, keng ko‘lamli ilmiy-texnik kooperatsiyasiz va yangi texnologiyalar, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Aynan shuning uchun ilm-fan va texnikani yanada rivojlantirish, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning intellektual salohiyatini mustahkamlash tashkilotimiz faoliyatida muhim o‘rin egallashi lozim, deb hisoblaymiz. 
O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti doirasida hamkor mamlakatlar bilan ilmiy-texnologik almashishni faollashtirish, turli ilm-fan sohalarida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishni taklif etadi. 
SHubhasiz, tashkilotga a’zo mamlakatlarning hamkorligini Islom taraqqiyot banki faoliyatisiz tasavvur qilish qiyin. 
Fursatdan foydalanib, 2016 yil 1 oktyabrdan e’tiboran Islom taraqqiyot bankining prezidenti etib saylangan Bandar Hajar Janobi oliylarini qutlashdan mamnunman. 
Uchinchi. Xavfsizlik muammosi o‘ta keskin va fojiali tus olayotgani barchamizni tashvishga solayotganini ta’kidlamoqchimiz. 
Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning birdamligini ta’minlash, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarga barham berish, urushlar, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish tobora avj olayotgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, tinchlik va barqarorlikka tahdid solayotgan xavflarga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ayniqsa, mavjud yoki yuzaga kelayotgan ziddiyat va to‘qnashuvlarni tinch yo‘l bilan, muzokaralar, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari asosida siyosiy-diplomatik hamda xalqaro-huquqiy mexanizmlardan foydalangan holda hal etishga erishish eng muhim vazifadir. 
To‘rtinchi. Islom olami ulkan iqtisodiy, investitsion salohiyat, energetika resurslariga ega. Ulardan to‘g‘ri foydalanish, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning xalqaro savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsion hamkorligini kengaytirish, mamlakatlarimizni birlashtiradigan transport yo‘llarini tashkil etish yuksak iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlariga erishish imkonini beradi va bu pirovard natijada boshqa barcha sohalarning rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. 
SHu munosabat bilan bu borada Islom hamkorlik tashkiloti doirasida, shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti hududidagi davlatlarning dunyoning etakchi mamlakatlari bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyatga egadir. 
Beshinchi. Ushbu qulay fursatdan foydalanib hamda mamlakatimizning Islom hamkorlik tashkilotidagi raislik davri uchun taklif etilayotgan ustuvor maqsadlardan birining ijrosi kontekstida davlatimizning ayrim tashabbuslarini e’lon qilmoqchiman. 
Birinchi tashabbusning mohiyati nafaqat islom madaniyati, balki umumbashariy sivilizatsiyaga benazir hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ko‘p qirrali diniy-ma’naviy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazini tashkil etishdan iborat. 
Bunday markazning Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida yaratilishi mantiqiy ish bo‘lur edi. Buni bir qator qulay omillar taqozo etmoqda: 
birinchidan, Samarqandning musulmon madaniyati durdonalaridan biri ekanligi bilan bog‘liq dunyo sivilizatsiyasidagi mumtoz o‘rni; 
ikkinchidan, eng buyuk musulmon mutafakkirlaridan biri, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriyning tabarruk maqbarasi joylashgan ushbu mintaqaga xos bo‘lgan alohida ma’naviy-ruhiy muhit. 
Taklif etilayotgan tadqiqot markazi Islom hamkorlik tashkiloti homiyligida «Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi» degan ulug‘vor va ramziy nomga ega bo‘lishi mumkin bo‘lur edi. 
Umid qilamizki, bizning ushbu tashabbusimizni Islom hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi Iyad Madaniy Janobi oliylari qo‘llab-quvvatlaydilar va bu loyihani amalga oshirishda kerakli ko‘makni beradilar. 
O‘zbekistonning yana bir tashabbusi – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining maxsus kafedrasini Toshkent islom universiteti tarkibida tashkil etish bilan bog‘liqdir. 
YAngi kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishini musulmon dunyosidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat tarixi hamda ularning hozirgi holatini o‘rganish va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan maxsus kurslarni o‘qish tashkil etishi mumkin bo‘lur edi. 



Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish