1-mavzu: din madaniyat fenomeni reja


Islom dinida nikoh va oilaviy munosabatlar, er-xotinning huquq va majburiyatlari, farzand tarbiyasi va ota-onaga munosabat mas’uliyati



Download 10,36 Mb.
bet40/66
Sana05.03.2022
Hajmi10,36 Mb.
#483559
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
Dinshunoslik 2022 (2)

Islom dinida nikoh va oilaviy munosabatlar, er-xotinning huquq va majburiyatlari, farzand tarbiyasi va ota-onaga munosabat mas’uliyati.

«Nikoh» so‘zi arab tilida «uylanish», «qo‘shilish», degan ma’nolarni anglatadi. SHariat istilohida esa, nikoh erkak bilan ayolning o‘zaro oila bo‘lib yashashga kelishuvidir. Oila qurish jamiyatdagi har bir balog‘atga etgan insonning ixtiyoriy huquqlaridan biridir. Dunyodagi barcha dinlarda oila masalasi, uning tinch-totuvligi hamda mustahkamligiga alohida e’tibor berilganini ko‘rish mumkin.


“Nikohida shar’an mone’lik bo‘lmagan deganidan shariat nikohini harom kilgan ayolni nikohlab bo‘lmasligi chiqadi. YUqoridagi ta’rif Hanafiy mazhabi ta’rifidir. SHariat nikohini harom kilgan ayollar: butparast ayol, mahram-yaqin qarindosh ayollardir. Endi mavzuga Qur’oni Karimdan bir qancha dalillar keltiramiz.. Niso surasining 3-oyatida: "Bas o‘zingiz hush ko‘rgan ayollardan ikki, uch, to‘rtini nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittani" degan.
Alloh ushbu oyatda mo‘‘min bandalarga pok yo‘l bilan nikohda bo‘lishni amr etmaqda. Ushbu oyat nikohga bo‘lgan kuchli targ‘ibdir. “O‘zingizdan oilasizlarni, qo‘l va cho‘rilaringizdan solihlarini nikohlab qo‘ying, agar faqir bo‘lsalar Alloh o‘z fazlidan boy qilur. Alloh keng va bilimdon zotdir”. (SHo‘ro so‘rasi 32-oyat).
Ushbu oyati karimadagi xitob ota-ona, xoja va musulmon ishboshilarga qaratilgan.
Demak, musulmon kishi faqat o‘zi nikohda bo‘libgina qolmay, boshqa o‘z qo‘l ostidagilar nikohiga ham mas’ul ekan. Nikoh nozik masala bo‘lgani uchun Ushbu oyatda faqirlik, kambag‘allik nikohdan qochishga sabab bo‘lmasligiga alohida ishora kelmoqda.
Va bataxqiq: “Sendan oldin ham rasullar yuborganmiz va ularga juftu halollar, zurriyotlar berganmiz” degan. (Ra’d surasi 38 oyat) Payg‘ambarimizga xitob qilinayotgan ushbu oyatda Alloh oilali bo‘lish uylanish va zurriyotli bo‘lish barcha Payg‘ambar (a.s)ning sunnatlari ekanligini bayon etmokda. Bu oyatda ham nikohga qattiq targ‘ib borligi ko‘rinib turibdi.
Endi hadisi shariflarni keltiramiz.
Termiziy (r.a) rivoyatida Nabiy (s.a.v): “To‘rt narsa Rasullarning sunnatlaridan: “ Hayo, xushbuy sepmoqlik, misvok va nikoh" dedilar. Ushbu to‘rt narsa Odam a.s.dan tortib, Muhammad a.s. gacha bo‘lgan barcha payg‘ambarlarning sunnatidir.
Nabiy (s.a.v): “Menga, dunyoda ayollar, xushbuy narsalar mahbub qilindi. Ko‘zimning qorachig‘i namozda qilindi", dedilar. Rasululloh a.s.ning “Ey, yoshlar jamoasi sizdan kim nikohga qodir bo‘lsa, uylansin. Albatta, u ko‘zni to‘suvchi va farjni saqlovchidur. Kim qodir bo‘lmasa, ro‘zani lozim tutsin, bu uning uchun bichilishdir" deganlarini eshitdim.
Endi shu o‘rinda mo‘‘tabar kitoblarda keltirilgan, oila qurishga imkoniyati yo‘qlar uchun, ro‘zadan boshqa yo‘llarini ham keltirib o‘tamiz. Bular: ko‘zni begona ayollardan saqlash, Qur’on o‘qish, buzuk kinolarni ko‘rmaslik va jinslar haqidagi kitoblarni o‘qimaslik, kabi ishlar. Rasululloh (s.a.v) boshqa bir hadisi shariflarida:“Nikoh mening sunnatimdir. Bas, kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, mendan emas”,dedilar. Rasulullohsning (s.a.v) ushbu so‘zlari imkoni bo‘la turib oila qurmaslik, nikohlanmaslik musulmon kishining ishi emasligini anglatmokda.
Tibbiyot xodimlarini aytishicha "Vaqti kelganda uylanmaslik inson sog‘ligiga katta zarardur".
Hazrati Umar r.a. "Uch kundan keyin o‘lishimni bilsam ham bo‘ydoq o‘tishdan uylanmoqni afzal ko‘raman", deganlar. Nikoh, oila masalalari haqida Bosh Qomusimizning 63-76,-moddalarida shunday deyilgan: “Oila, jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”.
3-Moddada: “Onalik va Bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.
1998-yil 1-sentyabrdan amalga kirgan 8 bo‘lim, 30 bob, 238 moddadan iborat bo‘lgan "Oila kodeksining 43(13-56) moddasi "Nikoh" masalasiga ajratilgani ham Nikohga qonunchiligimizda katta e’tibor qaratilganini bildiradi. Bugungi holatda yiliga yurtimizda 170 ming nikoh qayd etilmoqda. Mana, biz Islomda nikohga targ‘ib qiluvchi ba’zi dalillarni har tomonlama o‘rganib chiqdik.
Endi boshqa dinlardan ba’zilaridagi Nikohga bo‘lgan salbiy munosabatlar va uning oqibatlarini o‘rganib chiqamiz. Masihiy dinida uylanmay, nikohda bo‘lmay yurish afzal hisoblanadi. SHuning uchun Masihiylik avjiga chiqqan davrlarda Masihiy o‘lkalarida aholi soni qisqarib ketgan.Hamma dinini qattiq tutishga harakat qilishi oqibatida oila qurishdan bosh torta boshladi. Lekin bu ish uzoqqa bormadi. Kishilar Masihiy dini va kanisaga qarshi bosh ko‘tardi. Din faqat kanisada bo‘lishi kerak, degan da’voni bildirdi. Kanisadan o‘ch olishga xarakat qilib, qasddan uning teskarisini qila boshladilar. Jinsiy hayotda tazyiqqa uchraganlari uchun jinsiy hurriyatga da’vat boshlandi. Hamma zinoni faxr deb biladigan darajaga etdi. Oila, Nikoh qoloqlik, eskilik sarqiti deb bilina boshlandi. Kishilar boshiga musibatlar yogildi. Kasalliklar tarqaldi, oila nizomi buzildi.
Musulmonlar bulardan ibrat olishi kerak. Nikoh madaniyat, aslzodalik, taraqqiyot va ilg‘orlik belgisidir. Nikoh tufayli kishilar o‘z sharaflarini, obro‘larini saqlab, obro‘, martaba topadilar. Inson o‘z nasl nasabini pokligini saqlaydi. Nikoh tufayli oila quriladi, oila esa jamiyatning bosh bo‘lagidir. Nikohning bundan boshqa ham ko‘plab foydalari bor. Imom SHofiiy (r.a) dan boshqa hamma ulamolarimiz nikohni ibodat deganlar. Zino xavfi bor vaqtdagi nikoh hajdan oldingi o‘ringa qo‘yilgan. Rasululloh (s.a.v) “Har biringizning jinsiy xojatida ham ajr bor”, deganlar. Ulamolarimiz kishilarning xolatiga qarab nikohda bo‘lishlarini xukmini 6 ta deb ittifoq bo‘lganlar. 1-Uylanish farz - mahr va ayol nafaqasiga etarli moli bor, faqat uylanish bilan zinodan saqlana oladigan kishilarga. 2- Uylanish vojib-mahr va ayol nafaqasiga etarli moli bor, uylanmasa zinoga ketish xavfi bo‘lgan kishilarga. 3-Uylanish sunnati muakkada - mahrga va ayol nafaqasiga etarli moli bor, jinsiy munosabatga layoqatli kishilarga.
Hanafiylar buni vojibga yaqin deyishgan. 4-Uylanish harom - mahr va ayol nafaqasiga qodir bo‘lmagan, ayolga zulm qilishi aniq bo‘lgan, jinsiy layoqati yo‘qligi aniq kishilarga. 5-Uylanish makruh. Mahr va nafaqadan, zulmdan yo jinsiy ojizlikdan xavf qilgan kishilarga. 6-Muboh-Uylanishga rag‘bat qildiruvchi narsalar ham, undan man qiluvchi narsalar ham bo‘lmagan xolda nikoh muboh bo‘ladi. Ushbu narsalardan keyin biz nikoh - oila qurish dinimiz targ‘ib qilgan ibodat ekanini bilib oldik. Endi nikohning rukn va shartlari haqida so‘z yuritamiz. Nikohning rukni haqida hamma mazhablar bir ovozdan iyjob va qabulni birinchi o‘ringa qo‘yganlar. “Iyjob” nikohda ishtirok etadigan ikki tomonning biridan shu masalada avval sodir bo‘lsa, "Qabul" ikkinchi o‘rinda sodir bo‘ladigandir. Misol uchun bir erkak ayol kishiga, menga xotin bo‘lishga rozimisan, desa “iyjob” bo‘ladi. Ayol unga roziman, deb javob bersa “qabul” bo‘ladi. YOki aksincha bo‘lishi ham mumkin. Valiylar yoki vakillar orqali ham "iyjob- qabul" bo‘lishi mumkin. Hanafiy mazhabida faqat iyjob va qabulgina nikohning rukni hisoblanali. Nabiy (s.a.v)“Juvon ayoldan maslahat so‘ramay turib nikohlanmas. Qiz boladan izn olinmay turib nikohlanmas” dedilar. Ey Allohning Rasuli, izn qanday bo‘lur deyishdi. “Sukut saqlamog‘i dedilar”. Boshqa rivoyatda: “Juvon xotin o‘z nafsiga valiysidan ko‘ra haqliroq. Qiz boladan esa, izn so‘ralur.
Uning izni sukutdir" deyilgan. Xansa binti Xizom al Ansoriyani juvon holida otasi so‘ramay erga berdi. Bu unga yoqmay Rasululloh (s.a.v) ning huzurlariga keldi. Bas u zot uning nikohini rad etdilar. Izn so‘ralmay nikohlangan chog‘da ish ayolning roziligiga bog‘liq bo‘lib qoladi, u “roziman” desa nikoh bo‘ladi. YUqoridan ma’lum bo‘ldiki, bunday ish qoziga arz qilinsa, qozi bu nikohni buzish haqida hukm chiqaradi. Xuddi shunday Rasululloh (s.a.v)ning izn so‘ralmay nikohlangan bokira qizni nikohini shu qiz ixtiyoriga qo‘yganlari ham boshqa hadisda keltirilgan.
Konstitutsiyamizning 63-moddasida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi” deyilgan. Oila kodeksining; 14-moddasida shunday deyilgan. "Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo‘lajak er xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishp kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish ta’qiqlanadi. "Jinoyat kodeksi 136-moddasida ayolni erga yoki nikohda yashashga majbur qilishning eng kam oylik ish haqqining 2 barobarigacha jarima, yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud 6 oygacha qamoq bilan yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan".
Boshqa mazhablarda esa iyjob va qabulga quyidagi narsalar ham qo‘shiladi,
1-Xotin. 2-Er. 3-Valiy.
SHu bilan Hanafiy mazhabidan boshqa mazhablarda nikoh rukni 4 ta bo‘ladi. Nikohning shartlari to‘rttadur. 1- Nikoh mahali asliy va far’iy ravishda mavjud bo‘lishi kerak. YA’ni nikohda, ishtirok etadigan ayol erkakka abadiy ravishda ham vaqtinchalik ham harom bo‘lmasligi kerak. 2- Iyjob va Qabulda ishlatiladigan iboralar abadiylikni ifoda qilishi shart va mulkka egalikni darhol sobit qiladigan lafzlar bo‘lishi shart. Masalan: Nikoh, Tazvij, Hiba, savdo, sadaqa kabi lafzlar. Imomi SHofiiy(r.a) Nikoh faqatgina "Nikoh" va "Tazvij" lafzlari bilan durust bo‘ladi. 3- Guvolik. Hamma mazhab ulamolari guvohliksiz nikoh bo‘lmaydi, deb ittifoq bo‘lganlar.
Nabiy s.a.v. "Valiysiz nikoh yo‘qdir" dedilar, boshqa rivoyatda "Valiysiz va ikki odil guvohsiz nikoh yo‘qdir"deyilgan. Guvohlarda quyidagi shartlar bo‘lishi shart deganlar. 1) Aql. 2) Balog‘at. 3)Hur. 4)Musulmon, 5)Ikki guvoh ham ikki tomonning so‘zlarini birga eshitish. Guvoh adolatli bo‘lsa yaxshi. Lekin fosiqning guvohligi ham o‘taveradi. Bunga Imomi SHofiiy (r.a) xilof qilganlar. Guvohlar ikki erkak yoki bir erkak ikki ayol bo‘lishi shart. Imomi SHofiiy (r.a) bunga ham xilof qilganlar. Oila kodeksida "Nikohni qayd" etishda guvohlarning soni ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak", deyilgan. Agar musulmon kishi zimmiya ayolga ikki zimmiy guvohligida uylansa Abu Hanifa (r.a) va Abu YUsuf (r.a) nazdida joizdir. Muhammad va Zufar esa joiz emas deyishgan. Ikki tomon roziligi shunday bo‘lmasa nikoh to‘g‘ri bo‘lmaydi. Valiy va bu ikki shartning dalil hadislarini yuqorida aytib o‘tdik. SHuningdek, ba’zi mazhablar e’tiborga olgan, ba’zilari olmagan shartlar ham bor. Eru- xotin tayinli bo‘lishi, ehromda bo‘lmasligi, mahr bo‘lishi, er guvohlar bilan sir tutishni kelishib olmasligi, er yo xotin xavfli kasalga chalingan bo‘lmasligi kabilar.
Islom dinining muqaddas manbalari Qur’oni karim va hadisi shariflarda oila muqaddasligi, nikohlanishga bo‘lgan ko‘plab chaqiruvlar uchraydi. Dinimizda oila qurishga Alloh taolo tomonidan yuborilgan payg‘ambarlarning tutgan yo‘li sifatida qaraladi. Jumladan, Qur’oni karimning «Ra’d» surasi 38-oyatida: «Darhaqiqat, Sizdan ilgari ham (ko‘p) payg‘ambarlar yuborganmiz va ularga xotinlar va zurriyotlar berganmiz», deb marhamat qilinadi. Ushbu oyatning tafsirida aytiladi: Islom dini kelgan vaqtda ba’zi insonlar: «Bu qanday payg‘ambar bo‘ldiki, ovqatlansa, oila qursa?» deb Rasulullohga (alayhissalom) da’volar qilishdi. SHunda Alloh taolo ushbu oyati karimani tushirib, Muhammad (alayhissalom) ham oddiy bashar farzandi ekani, u ham o‘zidan oldin kelgan payg‘ambarlar singari uylanishi, ko‘payishi oddiy hol ekanini bildirdi. Rasulullohdan (alayhissalom) rivoyat qilingan hadisda: «To‘rt narsa payg‘ambarlarning sunnatlaridandir: hayo, xushbo‘ylik, misvok tutish hamda nikoh», dedilar.
Islom tarixidan ma’lumki, ba’zi sahobiylar batamom ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish maqsadida har doim ro‘zador bo‘lib yurish, kechalari uxlamaslik hamda uylanmaslikka Rasulullohdan (alayhissalom) izn so‘raganlari haqida rivoyatlar kelgan. SHunda Nabiyning (alayhissalom) g‘azablari kelib: «Allohga qasamki, men sizlardan ko‘ra taqvodorroqman. Lekin men ro‘za tutaman va ro‘za tutmagan kunim ham bo‘ladi, kechaning bir qismida namoz o‘qiyman va qolganida uxlayman hamda nikoh ham quraman. Kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa, u mendan emas», dedilar.
Ayni paytda, islom manbalarida oilani mustahkamlashga qanchalik chaqirilgan bo‘lsa, uni buzilishidan shunchalik qaytarilgan. Iqtisodiy etishmovchilik, g‘iybat, tuhmat, turli gap-so‘zlar sabab yuzaga keluvchi oilaviy kelishmovchilik, sabrsizlik, engil hayot ishtiyoqida nikohni buzish yoki birovning oilasi tinchligiga rahna solish islomda qattiq qoralangan. Bu borada hadisi shariflarda: «Kim birovning yoki o‘z xodimining oilasida mojaro va nizo chiqishiga sababchi bo‘lsa, u islom ahlidan emas», deyilgan.



Download 10,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish