Dinning mohiyati, ildizlari.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning “O’zbekiston XXI asr busag’asida ...” kitobida dunyoviy jamiyat qurish yo’lidan borayotgan mamlakatimizda davlatning din bilan munosabatlari mazmun va mohiyatini belgilovchi asosiy tamoyillar qatoriga:
- dindorlarning diniy tuyg’usini himoya qilish;
- diniy e’tiqodlarni fuqarolarni yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan - fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo’l qo’ymaslik;
- ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo’llarini izlash zaruriyatini diniy bo’zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’yib bulmasligini e’tirof etish kiritilgan. Dunyoviy jamiyat qurishni ko’zlagan davlatimizning dinga munosabatini belgilovchi zikr etilgan konstitutsion mezonlar, Prezidentimiz fikrlari va Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida quyidagi ikkita asosiy xulosa kelib chiqadi.
Birinchidan, O’zbekistonda barpo etilayotgan demokratik huquqiy va dunyoviy jamiyat qurish konsepsiyasida din madaniy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha milliy qadriyatlar qatorida teng huquqli sifatida tan olinadi, mustaqil rivojlanishni omillarida Ushbu mezonning hayotga qanchalik kuchli tadbiq qilihayotganini faqat qalbi ko’r, adolatga xusumat bilan munosabatda bo’lgan kishilar inkor etish mumkin.
Ikkinchidan, sof diniy ehtiyojlarni qondirishdan tashqarida bo’lgan har qanday g’arazga erishish dunyoda diniy amaldan foydalanishga intilish qat’iyan man etiladi.
Davlatning dinga nisbatan munosabati qandaydir konyuktur yoki muvaqqat tantiq muloxazalar bilan belgilanilmaydi, balki dinning ijtimoiy hayotidagi omilning idroki va e’tirofiga tayanadi.Ushbu e’tiqod dunyoviy jamiyat qurish yo’lidan ilgarilayotgan barcha demokratik mamlakatlardagi kabi o’zgarmas va doimiydir. Chunki davlat dinning O’zbekiston fuqarosini tarbiyasidagi cheksiz imkoniyatlariga ishonadi, shuning uchun ham Prezidentimiz haqli ravishda, “biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan baxramand qilish tarafdorimiz”, deb ta’kidlaydi. “Lekin biz, - davom etadi I.A.Karimov , - hech qachon diniy da’vatlar xokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot va qonunchilikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz”
Bayon etilganlardan aniq va ravshan ko’rinib turgandek, jamiyatimiz yangilanish dasturidagi dunyoviy davlat tushunchasi, dinni ijtimoiy va madaniy hayotdagi roliga aslo inkor etmaydi. Aksincha shakllahayotgan yangi sharoitlarda, umuman din va xususan islomning ijtimoi madaniy hayotidagi muhim o’rni va vazifalarini chuqur idrokini ko’rsatib turadi.
Demak, dunyoviy tabiatga ega davlatimiz dinning barkamol insonni voyaga yetkazishdan nozik va ma’suliyatli ishdan cheksiz imkoniyatlardan foydalanishga intiladi, ayni paytda, diniy da’volar bilan niqoblangan, aslida holis diniy e’tiqodga mutlaqo aloqasi yo’q jamiyatdagi hamjihatlik millatlararo va dinlararo totuvlik siyosat–ijtimoiy barqarorlikka tahdid soluvchi har qanday urinishlarga dunyoviy davlat to’zilishining mutlaqo murosasiz ekanini ham aniq ravshan ko’rsatib turadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bizning tushunchalarimizdagi dunyoviy to’zum har qanday madaniyat negizidagi muayyan diniy dunyoqarash yotishi e’tirofiga tayanadi.
Dunyoviy taraqqiyot yo’lidan borayotgan bizning mamlakatimizda biz diniy aqidaparastlik, jaholat va mutanosiblikka ekstremizmga, dinni siyosiy maqsadlar yo’lida foydalanishga qarshimiz, turli diniy–fundamentalistik va ekstremistik g’oyalarning paydo bo’lishi jamiyat osoyishtaligini xavf ostiga qo’yadi. Turli diniy fundamentalistik va ekstremistik oqimlarning yurtimizda paydo bo’lishi, ularning maqsadi dunyoviy davlatni nobut qilishi, odamlarimiz orasida nizo va janjallarni keltirib chiqaradi, oxir oqibatda yurtimizning yana o’zga davlatlarga qaram qilishdir. Shu bilan biz ushbu kursimizda diniy aqidaparastlikni zararini chuqur ochib berishimiz zarur, shunga o’xshash masalalarning hammasi dinshunoslik fanini o’tishning zarurligini dolzarbligini ko’rsatib turadi.
Dinshunoslik muammolarini o’rganish zaruriyati milliy g’oya va milliy mafkura masalasiga e’tibor bilan ham hamohangdir. Zero ushbu kurShi o’rganish milliy mafkuraning shakllanishida muhim o’rin tutadi. Chunki dinni qadriyat sifatida milliy urf-odatlarimizning qaror topishidagi ahamiyatini chuqur o’zlashtirish milliy ong va millat mafkura uchun juda katta ahamiyatga ega.
“Dinshunoslik” din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, ijtimoiy mohiyati, muqaddas yozuvlar, evolyutsiyasi, uning jamiyat tarixida tutgan o’rni, xurfikrlik va diniy falsafa, ilmiy va diniy dunyoqarashlarning o’zaro munosabati kabi dunyoviy va diniy masalalar haqidagi ilmiy, jumladan falsafiy ta’limot, aniqrog’i o’quv predmetidir.
Dinshunoslikni tavsifi shundan iboratki, ilohiyotdan farqli o’laroq, u din haqida faqat arxeologiya, etnografiya, tarix filologiya, falsafa, psixologiya kabi fanlar beradigan ilmiy dalillarga suyanadi. Ularning o’rganishni, tahlil qilishni, umumlashtirishni amalga oshiradi; ob’yektiv olam, - tabiat, jamiyat, inson, uning hayoti haqidagi, tabiatdan tashqaridagi kuchlar to’g’risidagi fikrlarni tan olmaydi, rad etadi, ilohiyot esa bularni tan oladi, inkor etmaydi.
Dinshunoslik strukturasi, ya’ni to’zilishi – mazmuniga quyidagi asosiy mavzular kiradi: bu kurShing ta’rifi, tavsifi, predmeti, vazifa (funksiya)lari; din – ma’naviy, ijtimoiy va tarixiy shakllari, ularning ma’nosi; jahon dinlari: buddizm, xristianlik, islom; islomning vujudga kelishi; Uning muqaddas yozuvlari; Uning jahon dini sifatidagi madaniyatga, turmush tarziga ta’siri; Markaziy Osiyoda islom; mustaqillik va din v. h.
Do'stlaringiz bilan baham: |