1-mavzu: Davlat va huquq tarixi – tarixiy-huquqiy fan sifatida. Davlat va huquq tarixi fanining predmeti va órganish usullari maruzaning natijalari: Maruzaning asosiy maqsadi



Download 21,48 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi21,48 Kb.
#44875
Bog'liq
1-mavzu. Davlat va huquq tarixi – tarixiy-huquqiy fan sifatida. Davlat va

1-mavzu: Davlat va huquq tarixi – tarixiy-huquqiy fan sifatida. Davlat va huquq tarixi fanining predmeti va órganish usullari

MARUZANİNG NATİJALARİ:
Maruzaning asosiy maqsadi: “Davlat va huquq tarixi” fanining maqsadi va vazifalari. Fanning ilmiy-nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyati. Mustaqil Ózbekiston va davlati huquqini shakllanishida, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda, jamiyatni erkinlashtirish, sud huquq islohotlarini amalga oshirishda “Davlat va huquq tarixi” fanining roli. “Davlat va huquq tarixi” fanining predmeti. “Davlati va huquq tarixi” fanining huquqshunoslik fanlari tizimidagi órni. “Davlat va huquq tarixi” fanini órganish usullari. Tizimli, dialektik, tarixiy, qiyosiy usullar va ularning mazkur fanning órganishdagi órni. “Davlat va huquq tarixi”ni davrlarga bólish, ushbu fanning órganish manbalari tóģrisida maruzada tegili bilimlarni shakllantirishdan iborat. Maruza jarayonida mavzuga doir muammoli masalalar yuzasidan savol-javoblar ótkaziladi, muammoli masalalar bóyicha tarqatma materiallardan foydalaniladi.

Maruza natijasida talaba:

maruza yuzasidan tegishli tushuncha, bilim, kónikma va tajribaga ega bólish imkoniyatiga ega bóladi;

maruza bóyicha tegishli manbalar ustida ishlash, óz munosabatini bildirish, tegishli manbalarni qiyosiy taxlil qilish kónikmasiga ega bóladi;

óz javobini asoslash, tanqidiy fikrlash, opponentni eshitish kónikma va qobiliyatini shakllantirishga erishiladi;

tarqatma materiallarni órganish, óz munosabatini bildirish, hozirgi davrdagi ahamiyatini tahlil qilish kónikmasiga ega bóladi;

MAVZU BÓYİCHA DARS OLİB BORİSh METODİKASİ:

Maruzani ótish jarayonida texnologik xaritada kórsatilgan axborot-kommunikativ va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilishi nazarda tutiladi;

Maruza mavzusining dolzarbligi, órganilganlik darajasi, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni haqida tushuncha beriladi;

Mavzuga oid milliy va xalqaro normativ hujjatlar bilan tanishtiriladi va tahlil qilinadi;

Reja asosida slaydlar yordamida mavzu tushuntiriladi;

Mavzu oid manbalar órganiladi va tahlil qilinadi;

Munozarali (nazariy) savollar órtaga tashlanadi va ularga baho beriladi;

Zaruriyat tuģilganda, masala va savollar uyga topshiriq sifatida beriladi;

Asosiy tushunchalar, savol-javoblar umumlashtirilib, maruzaga yakun yasaladi.
MARUZANİNG ASOSİY MASALALARİ:

REJA:

1. Davlat va huquq tarixi fanining predmeti

2. Davlat va huquq tarixi fanining uslubi

3. Davlat va huquq tarixi fanining vazifalari

4. Davlat va huquq tarixi fanining manbalari

5. Davlat va huquq tarixi fanining boshqa fanlar bilan oloqodarligi.


Har bir millatni, har bir davlatni óz tarixi bor, Jumladan Ózbekiston ham ózining qóhna va boy tarixiga ega bólgan mustaqil davlatdir.

Yurtboshimiz takidlab ótganidek, “Ózlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi...” tarix saboqlari insonni xushyorlikka órgatadi, irodasini mustahkamlaydi. İnson uchun tarixdan judo bólish, hayotdan judo bólish demakdir”.

Tarixshunos olim A.İbroximovning fikricha “Ózbek xalqi jahon xalqlari orasida birinchilardan bólib, turkiy xalqlar órtasida birinchi bólib, ótroqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi jahon tsivilizatsiyasiga hissa qóshgan millat”...

Haqiqatdan ham turkiy xalqlar, ularning ózagini tashkil qilgan ózbek xalqi ózining boy madaniy-manaviy merosiga ega. Bu xalq orasidan etishib chiqqan alloma, mutafakkirlarning boy ilmiy merosida milliy davlatchiligimiz tarixiy asoslari, ģoyalari yozilgan.

Ushbu fan Vatanimiz hududida tashkil topgan barcha davlatlarning davlati va huquqi tarixi, shuningdek alohida óziga xos bólgan davlatlarning davlati va huquqini órgatadi.

Mazkur fan umumiy tarix fanidan farqli ólaroq, jamiyatni tóla butunligicha órganmaydi, balki davlat va yuridik muassasalarning murakkab tizimining tarixiy rivojlanish jarayonini hamda huquqi, ularning alohida sohalari va institutlarining kelib chiqishi, taraqqiy etish jarayonini órganadi.

Davlat va huquq tarixi fan sifatida umumjaxon davlat va huquqi tarixining uzviy qismi hisoblanadi. Uning predmeti davlat va huquqning ular kelib chiqqan paytdan boshlab to hozirgi kunimizga qadar tarixiy rivojini órgatadi.

Davlat va huquq tarixi xalqlarining tarixiy rivojida ózaro munosabatlari va bir-birlariga màdaniyatlari tàsiri umumjaxon tarkibiy jarayonining yaxlit va yagona voqyealik ekanligi, ayni vaqtda bu yagona rivojining tarkibiy qismi bólgan har bir mamlakatning ichki rivojidagi óziga xos xususiyatlari bilan umuminson màdaniyatiga óz hissasini qóshib kelayotganligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Davlat va huquq tarixi óquv fani faqat ózbek milliy davlatchiligida, shuningdek Ózbekiston hududida turli tarixiy davrlarda hukm surgan boshqa davlatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini ham óz ichiga oladi.

Milliy istiqlolga, óz-ózini bilishga intilish-insonni aql farosatga xos ezgu va azaliy xususiyatdir. Sobiq Itttifoq davrida Ózbekistonning istiqomat qilib kelishi xalqimiz qismatini iskanjaga solib, ijtimoiy ongimizni karaxt qilib qóydi, tariximizni fan sifatida qadrsizlanishiga olib keldi. Aniq qilib aytganda, Sobiq Ittifoq tarkibidagi Respublikalarda tarix totalitar tuzumining malayiga, mavjud siyosiy rejimning ģoyaviy tirgaklaridan biriga aylanib qoldi. Yagona dunyoqarashning tanho-hukmronligi totalitar tuzum shakllanishining qonuniy oqibatidir.

Nihoyat milliy istiqlol bizni bu iskanjadan ozod etdi, hurriyat yóliga olib chiqdi.

Tarixni órganish hususan, davlat va huquq tarixini órganishga yangicha yondoshish mànaviy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha hodisalarini ózaro boģliqlikda, rivojlanishda va yangi tarixiy dalillar va asoslarga tayanchni qayta qurib chiqishni taqozo etadi.

Mustaqil Ózbekistonning qisqa fursatlar ichida óziga xos rivojlanish yólidan borib butun jaxonga tanilib borayotganligi uning ótmishidan yaxshi xabardor bólgan har bir kimsani, qolaversa, mustaqillik nashidasidan bahramand bóla boshlagan barcha fuqarolarimizni behad quvontirmoqda. Bu hol mustaqilligimiz tufayli tarixiy haqiqatni tiklanayotganligi bilan boģliqdir.

Tarixning kómagi shundaki, har bir xalq óz rivojida boshqa xalqlar bilan aloqalarini yanada baynalminallashtirganida, jaxon hamjamiyatida faol ishtirok etganidagina óz milliy manfaatlari va maqsadlarini róyobga chiqara oladi. Biroq bu ģoya jarayon ildizlari uzoq ótmishga borib taqaladigan, har bir xalqning jonli qalbini ifoda etuvchi milliy an'ana va qadriyatlardan va ótmishdan voz kechishi kerak, degan mànoni anglatmaydi, aslo. Aksincha, xalqimizning uluģ tarixiy ótmishiga murojaat qilish ularda óz avlodlarining davlatchiligiga saltanatni boshqaruv huquq yodgorliklarini yaratish borasidagi tajriba va olamshumul yutuqlaridan mamnunlik, shukronalik tuyģusini himoya toptira, fuqaro tuyģusini, óz milliy istiqloliga sadoqat tuyģusini shakllantirish, óz milliy birligiga mansubligidan qonuniy faxrlanish hissini uyģotadi va jonlantiradi.

Sovet Ittifoqi tizimida 70 yil mobaynida ildiz otgan milliy qadriyatlar, an'analar màdaniyat va turli turmush tarzi hamda udumlardan halokatli yiroqlashish, uzilishda barham berishda buning ahamiyati beqiyosdir. Binobarin, óz tarixi ildizlarini, ótmish avlodlar hayoti bilan uzilmas mànaviy aloqalar mohiyatinianglab yetmay turib, óz zaminining chinakam fuqarosi va fidoyisi bólish mumkin emas.

Shu tariqa tarixiy tafakkur,milliy istiqlol va mustaqillik hissiyotining fojiaviy oqibatlar keltirib chiqaruvchi muqarrar bólgan milliy biqiqlikka aylanib ketishiga, tor qobiqqa óralib qolishiga yól qóymaydigan xadni topishga kómaklashadi.

Shu tariqa davlat va huquq tarixi bilish nazariyasi uslubida órganiladi. Ózbek xalqi Órta Osiyodagi boshqa qardosh xalqlar bilan birga óz tarixining davlatchilik va huquqi rivoji tajribasida umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga ózining salmoqli va óziga xos tarzda hissasini qóshib keldi. Qadimgi Sharq davlatlari deb atalgan Misr, Mesopotamiya, sharqiy Órta dengiz mamlakatlari, Hindiston, Hitoy va Eronning qadimiy sivilizatsiyasi bilan bir qatorda Órta Osiyo ham noyob madaniyat beshiklaridan biri hisoblanadi.

Umuminsoniy boyliklarning shakllanishiga Ózbekiston hududidagi xalqlar qóshgan hissasi shundan dalolat beradiki, uning davlatchilik va asoslari va huquqi tizimi xususiyatlari boshqalarniki singari ģoyat xilma xil ózaro madaniy qadriyatlar tàsirining kóp asrlik mahsuli bólib, xalqlarning davlatchiligi va huquqi borasidagi mànaviy va mafkuraviy boyliklarini qabul qilish imkonini tuģdiradi.

Darvoqye, qadimda va órta asrlarda Órta Osiyo, Afģoniston, Sharqiy Eron, Sharqiy Turkiston hududida muayyan darajada yagona iqtisodiy, siyosiy, madaniy va etnik makonini tashkil etgan. Bu hol Ózbekiston davlat va huquq tarixini umuman Órta osiyo tarixi bilan kólamda boģliklikda qóshni hududlar tarixi bilan uzviy aloqada órganishni taqozo etadi.

Ahmoniylar va Salavkiylar davlatlari, Kushon podsholigi, Turk hoqonligi, Arablar hukmronligining órnatilishi, Somoniylardavlati tarixi va hokazolar faqat Ózbekiston davlat va huquqtarixi fanidan órganibgina qolmay, Órta Osiyodagi mustaqil respublikalar davlat va huquq tarixi fanlarida órganiladi. Chunki yuqorida aytilgan davlatlarning hududiy chegaralari hozirgi Ózbekiston egallab turgan yerdan ancha uzoq hududlargacha keng quloch yozib ketgan edi. Binobarin ana shu davlatlarning poytaxatlari goxi Ózbekiston hududida, yoyinki uning tashqarisida bólgan.

Órta Osiyo jaxon tarixida màlum bólgan qadimiy suģorma dehqonchilik hududlari orasida Old Osiyo va Sharqiy Órta dengiz hududidan keyingi ikkinchi órinni egallaydi.

Uzoq Ótmishdanoq Órta Osiyo, uning serunum badavlat havzasi bólmish Movarounnahr jaxon savdosining rivojida Sharq bilan Farbni boģlovchi muhim savdo yóllari chorrahasida joylashgan bólib, unda turli xalqlar órtasida texnologik va mànaviy yutuqlar samarali ayriboshlanadi. Hududimizning strategik jihatdan noyobligi asrlar davomidabu yerga yangi yangi istilochilarning betóxtov kelib turishiga sharoit yaratgan. Órta osiyo xalqlari iqtisodiy va madaniy muvoffaqiyatlarning ayni vaqita ular fojiasining manbai ana shundadir.

Muhim muammolardan biri davriylashtirishdek masaladir.

Ózbekiston davlat va huquq tarixini davirlarga bólish masalasi xozircha uzil-kesil óz yechimini topganicha .bu muammoni yangidan yondoshib hal etish harakati endigina boshlandi.

Biz bu muammoni tóliq xal etishni óz oldimizga maqsad qilib qóygan holda umumi tarizda ayrim muloxaza va takliflarimizni bayen qilishni maqsadga muvofiq deb topdik

Bu órinda Órta Osiyo tarixini turli belgilariga harab davrilashtirish tarzlari bólishi mumkin.Masalan siyosiy sulolaviy, etnik, mànaviy-madaniy va shu kabilar.

Biroq bizning vazifamiz davlat va huquq rivojining davriyligi bosqichlarini aniqlab berishga urinib kórishdir.

Avvalo, ikkkita katta muhim davrni bólib kórsatish joiz

1. Órta Osiyoga Islom dini tarqalganga qadar bólgan davr.

2. Órta Osiyoda musulmon hukumi joriy qilingan davrni ajratish órinli bólur. Binobarin, mazkur davr VIII asrdan XIX asrning birinchi yarmi, yàni mashum Turkiston bosqiniga qadar bólgan juda katta muddatni qamrab oladi. Ayni vaqtda ana shu har ikki davrni qator bosqichlarga, bu bosqichda kichikroq oraliq bosqichlarga bólib órganish maqsadga muvofiqdir.

Shu tariqa, 1. Islomga qadar bólgan Movarounnahr davlat va huquq tarixi. 2. Movarounnahr musulmon davlati va huquqi, shuningdek, 3. Turkiston, Buxoro va Xorazm (XIX asrning b0-yillaridan to 1924 yilgacha) davlati va huquqi tarixi.

Professor Akmal Xolmatovich Saidov Ózbekiston davlat va huquq tarixini ana shunday uch davrga bólishni tavsiya qiladi va bu bilan masalaga aniqlik kiritgan. Bu nozik masala hali keng muhokamaga muhtoj va ónlab davrlararo, qator mavzular óz tadrijiy tizimidan órin olmoģi kerak.

Davlat va huquq tarixi fani Ózbekiston hududida mavjud bólgan davlat va huquq masalalarini, ularning malum rivojlanish bosqichidagi kórinishlari, shakllari va rivojlanishini órganar ekan, kóplab dalillarga, davlatlar, tabaqalar va boshqa vositalarga tayanadi, ilmiy-tarixiy, nazariy jihatdan asoslanadi. Shu bilan birga davlat va huquqning tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashni asosiy vazifa qilib qóyadi.

Yuqoridagilardan kórinib turibdiki, davlati va huquq tarixi fani barcha tarixiy jarayonlarni ózida mujassam etgan fan bólib, jamiyat tarixi bilan uzviy boģliq. Jamiyatdan tashqari davlat va huquq bólmaganidek, davlat va huquqning undan alohida, ajratilgan, holda tarixning bólishi mumkin emas, chunki davlat va huquq jamiyatning óz mahsuli óz kashf etgan siyosiy tashkiloti hamda unga xizmat qiluvchi qoidalar tóplamidir.

Davlat va huquq tarixi fani jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy ravishda mamlakatimiz hududida qadimdan to shu kungacha bólgan turli davlatlarning huquqiy tizimlarining paydo bólishi, rivojlanishi qonuniyatlarini órganadi.

Davlat va huquq tarixi fanining vazifasi hozirgi Ózbekiston qóhna Turon doirasida tashkil topgan qadim davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumi hamda huquqiy masalalari haqida bilim berish, (Xorazm, qadimgi Baqtriya, Sóģd) qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asr millodiy IV asr) Xorazm, qanģ, Farģona (Davan); ilk (V-VIII asr) va rivojlangan (VIII-XIII asr boshlari) Wrta asrlarda ózbek davlatchiligi, Temur va temuriylar davri (XIV asr órtalari XV asr) davlati va huquqi; XVI-XIX asr boshlaridagi davlatchilik; Chor Rossiyasi davrdagi davlatchiligimiz tarixi va huquqi haqida bilimlar berish; ózbek davlatchiligi va qonunchiligi tarixiga oid manbalar: “Avesto”, “Quroni karim”, “Zafarnoma”, Gerodot, Ktesiy, Rim, Xitoy, Yunon tarixchilarining malumotlari asosida nazariy bilimlar berishdan iborat.

Mustaqil Ózbekiston davlati va huquqini paydo bólishi va qanday kelib chiqqanligi, óz rivojlanishida qanday bosqichlarni bosib ótganligi, ularning paydo bólishiga, tashkil topishiga va rivojlanishiga qanday sabablar tasir kórsatganligini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat va huquq tarixi fani ijtimoiy fan bólib, davlatchilik tarixini va huquqini órganadi , shuning uchun ham bu fan yuridik fanlar qatori tarixiy-huquqiy fan hisoblanadi. Bu fan davlat va huquq tarixini keng, tarixiy va daliliy manbalarga asoslanib, taxlil qilib, davlat va huquqning vujudga kelishini; birin-ketin rivojlanishini, ularning sabablarini, mohiyatini, mazmun va shakllarini turli rivojlanish bosqichida davlat va huquq sohalarining mohiyatini ochib beradi. Mazkur fan yuridik va ijtimoiy fanlar bilan ózaro boģliq va aloqador. Ózbekiston davlati va huquqi tarixi fani Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi fani bilan chambarchas boģliq. Bularning har ikkisi ham tarixiy-huquqiy fan oldida turgan vazifalarni hal qilishda ózaro qiyoslash, taqqoslash bilan birga hal qiladi, lekin órganadigan masalalari doirasida bir-biridan farq qiladi.

Shuningdek Davlat va huquq tarixi fani davlat va huquq nazariyasi fani bilan ham uzviy boģliq. Davlat va huquq nazariyasi fani davlat va huquqni rivojlanish qonuniyatlarini órganadi. Davlat va huquq tushunchalari toifalarini tizimini ishlab chiqadi, bu tushunchalar esa mazkur fanda keng órganiladi.

Davlat va huquq tarixining siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi fani bilan ham ózaro aloqador. Zero, siyosiy-huquqiy talimotlar tarixi qadim zamonlardan to hozirgi kunga qadar mavjud bólgan davlat va huquq haqidagi ģoyalar taraqqiyotini órganar ekan, bunda davlat va huquqiy talimotlarning kelib chiqishi va rivojlanishi, ijtimoiy samaradorligini tarixiy va xronologik tarzda órganadi.

Davlat va huquq tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlar umumiy tarix, falsafa, iqtisod nazariyasi, mantiq kabi fanlar bilan uzviy boģlangan.

Davlat va huquq tarixi fanini ham óziga xos órganish usullariga ega. Ushbu usullar orqali muayyan-tarixiy davlatning huquqiy hodisalarini, keng manoda tarixiy-huquqiy fanning poydevori hisoblangan tarixiy faktlarni bilish vositalari, usullari kóllab chiqiladi.

Fanlar uchun umumiy ilmiy bólgan analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, analogiya, mantiqiylik va tarixiylik, mavhumlikdan aniqlikka borish va boshqalar umumiy usullar ushbu fan uchun taalluqlidir.

Yuqoridagi usullar bevosita dialektik usul bilan boģlangan. Dialektik usul real olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bólib, barcha fanlar uchun asos bólib xizmat qiladi.

Davlat va huquq rivojlanadi, ózgaradi bir shakldan ikkinchi shaklga ótadi bu dialetik usuldir.

Dialektika hodisalarni rivojlanishida, boshqa hodisalar bilan aloqadorlikda, bir-biri bilan boģliq holda, harakatda miqdoriy va sifat ózgarishida olib qaraydi. U real mavjud, muayyan vaziyatda, muayyan vaqtda va hududda vujudga kelgan. Ularni tushunish uchun ularni vujudga keltirgan sharoitni, mavjud bólgan va yashayotgan davrni órganish lozim.

Organishni analiz (tahlil qilish) usulida davlat va huquq tarixida yuz bergan voqea, hodisa, jarayonlarni tarkibiy qismlariga tomonlarga fikran ajratish, bu tarkibiy qismlarning mazkur hodisadagi voqeadagi, jarayondagi órnini belgilash, hal qiluvchi darajalarga ajratish órganiladi. Tarkibiy qismlarni sintez qilish (umumlashtirish) uchun analiz qilinadi. Turli davrda davlat va huquqni kelib chiqishi va rivojlanishi xilma-xil xususiyatlarga ega. Murakkab bólgan davlat va huquq tarixi hodisalarini órganish va bilish, ular tóģrisidagi tushunchalarni chuqurlashtirish uchun davlat va huquqning tarixini alohida-alohida tarkibiy qismlarga ajratib analiz qilish zarur bóladi.

Alohida bir davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlani-shining óziga xos xususiyatlarini tóliq órganish uchun sintez usulidan foydalaniladi.

Sintez- davlat va huquq tarixida yuz berayotgan voqea-hodi-salarni jarayonlarning qismlarini, tomonlarini fikran birlashtirish asosida yangi bilimlarga, yani yangilikka xos umumiy xususiyat-larni va alohida davlatlardagi óziga xos xususiyatini órganadi.

Analiz tadqiqot jarayonida bilishning tayyorgarlik kórish bosqichi hisoblansa, sintez uni yakunlaydi. Analiz va sintez natijasida davlat va huquq tarixi bóyicha umumiy tushuncha, muhokamalarni tarkib topib, ular yordamida davlat va huquq rivojlanishining óziga xos va umumiy sifatlari va qonuniyatlari aniqlanadi, shakllanadi.

Analogiya usulida davlat va huquq rivojlanishining turli davlatlardagi biror xususiyatlarini óxshashligi órganiladi. Analogiyada ikki yoki bir necha davlatning ayrim olingan davrda, turli rivojlanish bosqichlaridagi davlati va huquqi rivojlanishining óxshash xususiyatlari órganiladi.

Tarixiylik metodi – davlat va huquqning kelib chiqish va uning rivojlanib borishi aniq vaqtini, davrini bilish usulidir. har bir davlat huquqiy hodisani tarixiy nuqtai nazardan aniq tajribaga asoslanib órganiladi. Tarixiylik usulining óziga xos xususiyati tarixiy harakatni uning butun boyligi bilan payqab olishga intilishdir. Umuman olganda tarixiy metod - davlat va huquqning tarixiy rivojlanishidagi turli bosqichlarni xronologik izchilikda órganishni taqozo etadi.

Mantiqiylik usuli predmetning nazariy shaklda tadqiq qilish usuli hisoblanadi. U tadqiqot obektining eng muhim aloqalarini bilib olishga imkon beradi.

Mantiqiy bilish usuli davlat va huquqning tarixan obektiv real mavjudligini, ularning ózaro aloqalarining turli-tumanligi-ni aks ettirish vazifasini bajaradi.

Mantiqiy metod - davlat va huquq obektining mohiyatini, asosiy mazmunini nazariy shaklda, abstraktsiyalar, mantiq qonuniyatlari asosida órganadi.

Davlat va huquq tarixi kursi xronologik izchillikda davrlarga bólingan. İnsoniyat jamiyati taraqqiyoti qadimgi, órta asarl, yangi davr va eng yangi davrlarga bólib órganilgan. Ushbu davrlarning har biri davlat va huquqning rivojlanishidagi alohida tarixiy bosqich hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib Ózbekiston davlati va huquqi tarixi fanini quyidagi davrlarga bólib órganish mumkin:

Qadimgi Turon davlati va huquqining paydo bólishidan to órta asrlargacha yani (VI-XIII asrlar)

Órta asarlarda Movarounnahrda davlat va huquq (XIII asrgacha)

Markazlashgan davlatni tashkil topishi, yani Temur va temuriylar davlati va huquqi (XIV asr órtalari XV asr)

Movarounnahr va Xuroson davlati va huquqi. Xonliklarning tashkil topishi (XV-XIX asrning 1-yarmi)



Chor Rossiyasi davrida Turkiston davlati va huquqi, mustaqillik yillarida Ózbekiston davlati va huquqi tarixi.
Download 21,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish