Paxta hosili, s/ga
|
Hosildorlikni pasayishi
|
Maqbul muddatda o„tkazilganda
|
4-6 kunga kechiktirilganda
|
s/ga
|
%
|
20.5
|
15.1
|
5.4
|
26.4
|
29.5
|
22.3
|
7.2
|
25.2
|
34.1
|
27.6
|
6.5
|
19.1
|
Sug`orilganidan so`ng qatorlar orasidagi tuproq tobiga kelgandan (namligi 1618% gacha tushganida) darrov kultivatsiya qilinishi lozim. Kultivatsiya maqbul muddatdan 4-6 kunga kechiktirilsa, paxta hosildorligi 20-25 foizga pasayib ketishi mumkin.
G`o`za, makkajo`xori, kartoshka, sabzavot va boshqa texnik ekinlar qator oralariga ishlov berishda asosan TTZ 60.11, TTZ 80.11, MTZ 80X, rusumli chopiq traktorlariga o`rnatilgan holda ishlatiladigan KRT-4 va KXU-4 rusumli paxtachilik kultivatorlari qo`llaniladi.
Kultivatorlar o`simlik qator orasiga ishlov berishda kutilgan samara keltirishi uchun 7 turdagi ishchi qismlar (43-rasm) bilan to`liq jixozlangan bo`lishi zarur.
Bajaradigan ishlov berish usuliga qarab kultivatorga ekinlar qatorlari orasi 60-
70 sm bo`lganda, har qatorga ko`pi bilan 7 ta, jami 28 ta, 90 sm bo`lganda har qatorga 9 ta, jami 36 tagacha ishchi qismlar o`rnatiladi.
Begona o`tlarni yo`qotish va himoya yo`lagini yumshatib ketish (odatda 1- va 2-chopiq) uchun kultivatorlarga qatqaloq yumshatgich-yulduzchalar va pichoqlar bilan birgalikda chuqur yumshatkich yoki o`qyoysimon panjalar o`rnatiladi.Tuprog`i zichlashib ketgan dalalarda pichoqlar orqasidan qo`shimcha ravishda yumshatkich panjalar o`rnatilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
1- lappak (disk); 2-yulduzcha; 3-pichoq; 4-chuqur yumshatgich; 5-panjayumshatgich; 6-o`g`it solgich; 7-egat olgich
43-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari va ularni ishlov berish chuqurligi
Ekinlarni sug`orish uchun 90 sm. kenglikdagi qatorlar orasidagi chuqurligi 2025 sm., 60 sm. kenglik uchun 14-18 sm. bo`lgan jo`yak ariqchalari olinadi.
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qatorlari orasiga ishlov berishda yoppasiga ishlov berish kultivatoridan (44-rasm) foydalaniladi. Uning hamma qismlari ramaga o`rnatilgan bo`lib, u ikkita tayanch g`ildiraklarga tayanib turadi.
Ramaga bikr xolatda begona o`t ildizlarini kesadigan, tuproqni qisman yumshatadigan tig`lari deyarli yotiq bo`lgan o`q-yoysimon tishlar ikki qatorlab o`rnatilgan. Ramaning ikki chetiga tuproqni deyarli yumshatmaydigan, ammo begona o`t ildizlarini yotiq tig`lari bilan to`liq kesib ketadigan o`toqlovchi tishlar qo`yilgan.
Tishlarni ko`tarib-tushirib, ishlov berish chuqurligini o`zgartiradigan mexanizm vintlari mavjud. Rama orqasiga tuproqni yumshatib ketadigan prujinasimon tirma ramasi joylashtirilgan.
44-rasm. Bog` kultivatorlariining umumiy ko`rinishi
45-rasm. Bog` kultivatorlariining ush jarayoni
O`toqlovchi tishlarning holatini o`zgartiradigan mexanizm yordamida ularning ishlov berish chuqurligi hamda kengligi sozlanadi.
Kultivatorga o`g`itlash apparatini o`rnatib, meva daraxtlari orasiga mineral o`g`itlar solish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |