Savollar:
1. Kartoshkani yigish usullari va agrotexnika talablarini gapiring.
2. Kartoshka kavlagichlarni turlari va ishlashini gapiring.
3. Sabzavot hosilkni yig'ib olishda qo’llaniladigan mashinalar to'g'risida gapirib bering.
13-mavzu: Dalani ishga tayyorlash , agregatlar ishini tashkil etish .
Reja:
Ishlov beriladigan maydon shakli va o`lchamlarini agregatning foydalanish samaradorligiga ta`siri.
Qishloq xo`jaligi agregati dalada harakatlanishi .
Ishlov beriladigan maydon shakli va o„lchamlarini agregatning foydalanish samaradorligiga ta‟siri
Lalmikor va sug`oriladigan dehqonchilik qilinadigan maydonlarga agregatlar bilan ishlov berishda dala o`lchamlarini ahamiyati turlicha bo`lib, bu ko`rsatgichlar dalada ishlayotgan agregatning ish unumi va foydalanish samaradorligini o`zgarishiga katta ta‘sir ko`rsatadi.
Lalmikor dehqonchilik sharoitida dala shaklini turlicha bo`lishi, ya‘ni, maydon yuzasini katta yoki kichikligi, uzun yoki qisqaligi, past yoki balandligi (notekisligi) agregatdan foydalanish samaradorligiga ta‘siri unchalik muhim emas. Bu sharoitda dalaning qiyalik darajasi hamda operatorning malakasi agregatning ish unumi va foydalanish samaradorligiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi.
Sug„oriladigan dehqonchilik sharoitida esa dalaning barcha o`lchamlari, ayniqsa, uning uzunligi (13-rasm) agregatning foydalanish samaradorligiga katta ta‘sir ko`rsatadi.
Luch -dalaning bo`yi; Buch - dalaning eni; C - paykalning eni; E - burilish yo`lagining eni; e – agregatning kirish-chiqish yoli; Lish – ish yo`li uzunligi
13 - rasm. Dalaning kinematik o„lchamlari
Dalaning asosiy o`lchamlariga quyidagilar: uning uzunligi (Luch), eni (Buch), qiyaligi (i), burilish yo„lagining eni (E), paykalning eni (C) va ish yo„li uzunligi (Lish) kiradi.
Bu ko`rsatgichlarning salbiy ta‘sirini kamaytirish maqsadida ekin
maydonlarining ko`rsatgichlarini ekiladigan ekinlar turi, sug`orish usullari, tuproqiqlim sharoiti va relefini hisobga olgan holda oldindan maqbullashtirilishi va sifatli qilib tayyorlanishiga bog`liq.
Tabiiy sharoitda bir xil maydon yuzasiga ega bo`lgan dalalar uzunligi (Ld) va enining (Bd) nisbatlari turlicha, ya‘ni Bd ≤ Ld ≤ Bd bo`lishi mumkin.
Dalaning uzunligi agregatlardan samarali foydalanishda eng muhim ko`rsatgich hisoblanadi. CHunki ko`pchilik qishloq xo`jaligi ishlari bajarilishi dalaning nishoblik yo`nalishi bo`yicha amalga oshirilishi talab etiladi. SHuni hisobga olgan holda agregatning harakatlanishi aynan dalaning uzunligi bo`yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |