20-Mavzu: Mashina-traktor saroyidan foydalanishning asosiy ko`rsatkichlari.
Reja:
Mashina saroyi mudiri lavozimiga muhandis-mexanik tayinlanadi.
MASHINA SAROYI ISHChILARINING HUQUQLARI VA VAZIFALARI
U mashina-traktor parkining yoki qishloq xo`jalik korxonasining bosh muhandisiga bo`ysunadi, uning rahbarligi ostida ishlaydi va moddiy javobgar shaxs sifatida bosh hisobchiga hisobot beradi. O`zining ishida ichki tartib qoidalarga, buyruqlarga, farmoyishlarga va korxona rahbarining yo`l-yo`riqlariga va yuqori tashkilot ko`rsatmalariga amal qiladi.
5.2. Mashina saroyi mudiri:
amaldagi qoidalar va standartlar bo`yicha texnikalar saqlanishini ta’minlashi;
tuzatish texnik shartlariga binoan murakkab bo`lmagan qishloq xo`jalik mashinalarini tuzatishni ta’minlashi;
qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida, inventar kartalarida yoki maxsus jurnalda mashina saroyiga qabul qilinayotgan va mashina saroyidan dala ishlariga chiqarilayotgan texnikani, mexanizator yoki traktorchiga topshirilayotgan qishloq xo`jalik texnikasini hisob-kitobini olib borishi;
belgilangan tartibda mashina saroyida bajarilayotgan ishlar borasida, mashinalarni korroziyaga qarshi himoyalashga ishlatiladigan vosita, material va konservatsion tarkiblar sarfi bo`yicha hisob-kitob hujjatlarini buxgalteriya oldida hisobot olib borishi;
xo`jalikka kelayotgan yangi texnikani olishi, sozligini va butligini tekshirishi; yig`ishda, zarur bo`lganda mashinani chiniqtirishda ishtirok еtishi, qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirishi va buxgalteriyaga topshirishi;
hisobdan chiqarilgan mashinalarning uzel va agregatlarini qismlarga ajratishni va detallarni nuqsonlashni, yaroqli detallarni foydalanishga, yaroqsizini temir-tersak chiqindisiga topshirishni va temir-tersak chiqindisini mashina saroyidan ikkilamchi qora temir-tersak bazalariga jo`natishni tashkil qilishi;
texnikani saqlashga qo`yish, saqlash mobaynidagi xizmat, saqlashdan chiqarish, qishloq xo`jalik mashinalarini ko`rigi va ta’mirini o`tkazish grafiklarini ishlab chiqishi;
mashinalarni saqlashda va tuzatishda foydalaniladigan jihozlar, еhtiyot qismlar, konservatsion va boshqa materiallar talabnomalarini ishlab chiqishi;
mashina-traktor agregatlarini butlash bo`yicha ishlarni tashkil qilishi;
qishloq xo`jalik texnikasiga texnik xizmat va tuzatishda ishlatiladigan asbob-uskuna, moslama, jihozlarda foydalanishni bilishi va ularni doimo ishga layoqatli holatda tutishi;
mexanizatorlarga butlangan mashinalarni topshirishi va qabul qilishi, mashina saroyidagi mashinalarni butligini buzishga yo`l qo`ymasligi;
vaqti-vaqtida bosh muhandisga mashinalarning texnik holati va mexanizatorlarning texnika saqloviga munosabati bo`yicha axborot berib turishi;
texnikaga saqlashdagi texnik xizmat va tuzatish, asbob-uskuna va jihozlardan foydalanish qoidalari, yangi markadagi mashinalar tuzilishi bo`yicha mashina saroyi ishchilarini o`qishini tashkil qilishi va o`tkazishi;
o`z vaqtida topshiriqlarni bajaruvchilarga yetkazish, ularni ishchi joylarga taqsimlashi;
mashina saroyida mashinalarni saqlashda texnik xizmat va tuzatishdagi qoida va texnologiyalarga amal qilinishini ta’minlashi, dala ishlariga mashinalarni tayyorgarlik rejalarini bajarilishini nazorat qilishi;
mashina saroyi hududida zarur tartibni ta’minlashi;
o`z vaqtida mashina saroyi ishchilariga ko`rsatma berishi, ularning bilimini va mehnat xavfsizligi va yong`inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini tekshirishi va nazorat qilishi kerak.
5.3. Mashina saroyining mudiri:
ishchilardan mashina saroyida texnikani saqlashga qo`yishda, xizmat qilishda va tuzatishda ko`zda tutilgan texnologik jarayonga asosan barcha operatsiyalarni o`z vaqtida va sifatli bajarilishini talab qilishga;
texnikani yaxshi saqlashligi bo`yicha mashina saroyi ishchilarini va mexanizatorlarni rag`batlantirish bo`yicha, shuningdek texnikaga va uning butligiga sovuqqonlikda bo`lganlarga jazo uchun rahbariyatga takliflar berishga;
mashina saroyida mehnat xavfsizligi va yong`inga qarshi xavfsizlik qoidalarini buzuvchi shaxslarni ishdan chetlatishga;
zanjir tasmali (gusenitsali) traktorlarni bevosita xo`jaliklar hududlarida saqlash uchun joylar ijarasi bo`yicha rahbariyatga taqdimnoma berishga haqlidir.
5.4. Mashina saroyining mudiri:
mashina saroyidagi murakkab bo`lmagan mashinalarni saqlashda tayyorlash va tuzatish ishlarini o`z vaqtida va sifatli qilib bajarilishiga, qishloq xo`jalik texnikasini saqlanishiga;
mashina saroyi hududida mashinalarni saqlanishiga;
mashinalar va jihozlar butligiga, texnikani saqlashga qo`yishda qo`llaniladigan tagliklar va stellajlar mavjudligiga, hamda saqlashda texnik xizmat va tuzatishda foydalaniladigan moslama, asbob-uskuna va vositalarni texnik holatiga;
mashina saroyini yong`inga qarshi asbob-uskuna va anjomlar bilan jihozlanishiga;
ishchilar va mashina saroyida mashg`ul mexanizatorlar mehnat xavfsizligi va yong`inga qarshi xavfsizlik qoidalariga amal qilishga;
mehnatni oqilona tashkil qilinishiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, mashina saroyida mehnat va texnologik intizomiga qat’iy amal qilinishiga;
texnik hujjatlarni to`g`ri olib borilishiga, ishlatilgan materiallar va pul mablag`larini birlamchi hisob-kitobiga;
mashina saroyi ishchilari mehnat va texnologik intizomni buzganligi, amaldagi qonunlarga asosan texnikani noto`g`ri saqlashi natijasida xo`jalikka keltirilgan moddiy zararga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |