1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


 Kichik innovatsiya firmalarning  xususiyatlari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

3. Kichik innovatsiya firmalarning  xususiyatlari 
Yangilik  kiritishni  o‗zlashtirishda  kichik  innovatsiya  firmalarning  
samaradorligi  ko‗pincha  yirik  firmalarnikidan  yuqori  bo‗ladi.  Bu  ilmiy  – 
tadqiqot  va  tajriba  konstruktorlik  ishlarni  bajarishda  kichik  korxonalarning 
o‗ziga xos xususiyatiga ega ekanligi va afzalligi bilan asoslanadi. Yangiliklar 
kiritishda  kichik  korxonalarning  quyidagi  afzalliklarini  ajratib  ko‗rsatish 
mumkin:  
- xodimlarning fidokorligi, uyushganligi, tashabbuskorligi; 
- moliya sohasida – nisbatan kapital sig‗imi past ekanligi; 
-  rahbarlarning  shaxsiy  o‗rnak  ko‗rsatishi  sansalorlikning  kamligi, 
«tadbirkorolik  ruhi»,  xatarni  qabul  qilish  qobiliyati,  ichki  komunikatsiyada 
yuzma-yuz bo‗lish, ichki muammolarga sezuvchanlik; 
- marketing sohasida – talabning o‗zgarishini tezda sezish. 
Kichik korxonalar yangilik kiritish ishlarini tezda amalga oshiradilar va 
tadbiq  etadilar,  bunda  ishlar  yirik  korxonalar  uchun  kelajagi  yo‗q  yoki 
xasharli  bo‗lib  ko‗rinishi  mumkin.  Ular  tezlikda  noyob  yangiliklarni 
o‗zlashtirishga kirishadilar, chunki tubdan yangi bo‗lgan mahsulotlarni ishlab 
chiqarishda  yirik  ilmiy  bo‗linmalarning  barqaror  bo‗lib  qolgan  tadqiqot 
yo‗nalishlarining  ahamiyati  pasayib  boradi,  bunday  jamoalarni  noyob 
kashfiyotlarga jalb etish qiyin kechadi. 
AQSH  Milliy  ilmiy  fondi  malumotlariga  qaraganda  ilmiy  tadqiqot 
ishlanmalariga  sarf  etilgan  xar-bir  dollar,  xodimlari  500  kishigacha  bo‗lgan 
kichik, o‗rta kompaniyalarga nisbatan (xodimlar soni 1000kishi) firmalarda 4 
marta  ko‗p  yangilik  yaratgan.  Yirik  korparatsiyalarga  (kishilar  soni  10.000) 
nisbatan  esa  24  baravar  ko‗p  yangilik  yaratilgan.  Bu  kichik  firmalarda  ilmiy 
salohiyat  samaradorligi    yuqori  ekanligini  ko‗rsatadi.  Bunday  samaradorlik 
kichik  korxonalarni  egiluvchan  va  xarakatchanligi,  xatarni,  sezishi, 
xarakatlarni  yaxshi muvofiqlashtirish, qarorlarni tezlikda qabul qilish, ishlab 


77 
 
chiqarish xarajatlarini ancha kam ekanligi hisobiga ta‘minlanadi. 
Ko‗pincha tadqiqotlar, kichik firmalarda yirik firmalarga nisbatan kishi 
boshiga ikki baravar ko‗proq yangilik yaratishni ko‗rsatadi. 
Tizimga  tushirilgan  yaxlit  maqsadga  yo‗naltirilgan  yangilik  kiritish 
dastlab  imkoniyatlarni  tahlil  etishdan  boshlanadi.  Barcha  imkoniyatlar  tahlil 
etilishi  va  hisobga  olinishi  kerak.  Yangiliklarni  kiritish  konsepsiyasiga 
asoslangan  va  qabul  qilinishi  oson  bo‗lishi  kerak.  Yangiliklarning  eng 
yaxshilari  tahlil  etilib,  vujudga  kelayotgan  extiyojlarni  qondirishga  kerak 
bo‗lganda tanlab olinadi. 
Yangilik  kiritish  oddiy,  faqat  bitta    vazifani  amalga  oshirishga 
yo‗naltirilgan  va  bo‗ysunadigan  bo‗lishi  kerak.  Murakkab  yangiliklar 
ishlamaydi. Xar qanday yangilik qiyinchilik bilan o‗ziga yo‗l ochadi, agarda 
bu yangilik murkkab bo‗lsa, noto‗g‗ri qarorlar qabul qilish extimoli vujudga 
keladi,  ularni  keyinchalik  tuzatish  qiyin  bo‗ladi,  umuman  tuzatish  mumkin 
bo‗lmasligi xam mumkin. 
Yangilik  kiritishning  samarasi  kichik  miqdordan  boshlanadi. Ular  aniq 
bitta vazifani amalga oshirish va nihoyatda sodda bo‗lishi kerak. 
Dastlabki  bosqichda  moliyaviy  va  mehnat  resurslarining  ko‗p  talab 
etilmasligi  uchun  yangilik  kiritishni  oz-ozdan  boshlash  kerak.  Bunda,  ishni 
qoldirish  va  operativ  o‗zgartirishlar  kiritish  uchun  kichik  yoki  cheklangan 
bozorga mo‗ljal olish kerak. 
Yangilik  kiritishdan  maqsad  ilg‗orlik  mavqeiga  ega  bo‗lish  bo‗lsada, 
uni  qo‗llashdan  maqsad  albatta  «Katta  biznes»ni  tashkil  etish  bo‗lmasligi 
kerak.  Amaliyotdan  ma‘lumki,  mavjud  yangilik  katta  biznesning  asosi 
bo‗ladimi yoki uni kichik omad kutadimi oldindan bilib bo‗lmaydi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


78 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish