1
1-MAVZU
BOZOR IQTISODIYOTIDA INNOVATSIYA
Reja:
1. Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati
2. Innovatsiyaning maqsadlari
3. Innovatsiyaning rivojlanish tendensiyalari
1. Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati
Innovatsion so‗zining ma‘nosi ingliz tilidagi INNOVATION so‗zidan olingan
bo‗lib yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi
tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim. Yangilikni bozorga
kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni deb atash lozim. Yangilikning paydo bo‗lishi
va uni xayotga tatbiq etilishi oralig‗idagi vaqt innovatsion loyixasi deb ataladi.
Kunlik amaliyotda odtada, yangiliklar, yangilik kiritish, innovatsiya tushunchalarini
o‗xshatish ko‗p uchraydi. Qachonki xar qanday kashfiyotlar, yangi voqealar
xizmatlar va metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish) o‗shanda xalq
ommasi tomonidan tan olinadi. Hukumatimiz rahbari Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev o‗zining ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi №PF-4947 sonli Farmonidagi 4-qism - ilmiy-
tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy uquv yurtlari va
ilmiy-tadqiqot
institutlari
huzurida
ixtisoslashtirilgan
ilmiy-eksperimental
laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish‖.
1
Bizga
ma‘lumki, maxsulot sifatini yoki xizmat sifatini o‗zgartirish resurslar sarflanishini
(energiya, vaqt, moliya va boshqalar) talab qiladi. Yangilikni (novatsiya) yangilikni
kiritish jarayoniga (innovatsiya) o‗tkaztishi jarayoni xam xar xil resurslarni talab
qiladi, ulardan muxim investitsiya va vaqt xisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar
tizimiga o‗xshash bozor sharoitlarida tovarning xaridi va sotuvi ramkasida
shakllanadigan talab, taklif va narxlarda, asosiy innovatsion faoliyat komponenti
sifatida yangilik, innovatsiya yangilik kiritish namoyon bo‗ladi. Yangiliklar
yangiliklar bozorini shakllantiradi, investitsiyalar kapital bozorini, yangilik kiritish
esa bozordagi sof raqobatni shakllantiradi.
Investitsiya keng ma‘noda yangi texnologiyalar, turli maxsulotlar va
xizmatlar, tashkiliy texnik va ijtimoiy iqtisodiy qarorlar shaklida ishlatilishi
tushuniladi. Yangilikning tuzilishi, yaratilishi va tarqalishi jarayoni innovatsiyaning
xayotiy sikli deyiladi.
Yangiliklar bozori (novatsiyalar). Bozorni asosiy maxsuloti bo‗lib, intellektual
faoliyatning ilmiy va ilmiy texnikaviy, natijaviy produtki xisoblanadi. Unga avtorlik
va shunga o‗xshash xuquqlar (bu xuquqlar xalqaro, respublika,korperativ,va boshqa
qonuniy, me‘yoriy aktlar ta‘sir doirasida bo‗ladi) taalluqlidir.
1
O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo‘yichа
hаrаkаtlаr strаtegiyasi to‘g‘risidа" gi Fаrmoni. // O‗zbekistan Respublikasi Qonunlari to‗plami. 2017 й., № 6,
ст. 70.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |