80
ko‘rsatkichlari yordamida baholashda ishning boshlanishi va yakunlanishini
aniq bilish zarur. Tadqiqotchi, olim va loyihachi uchun loyihaning boshi
g‘oyaning paydo bo‘lishi, ishbilarmon kishilar uchun esa uni amalga oshirishga
dastlabki mablarg‘ kiritish bo‘lishi mumkin.
Loyihani moliyalashtiruvchi investorni jarayonning o‘zi emas, balki uni
amalga oshirish natijasida olinadigan foyda, ayrim ishlarni bajarishda
qatnashayotgan tashkilotlarni esam – bu ishlarning yakunlanishi qiziqtiradi.
Ayrim loyihalar uchun ularning yakunlanish davri moliyalashtirishning
to‘xtatilishi, belgilangan natijalarga erishilishi, loyiha qiymatining to‘liq
o‘zlashtirilishi, ob‘ektning ekspluatatsiyadan chiqarilishi va hokazolar bo‘lishi
mumkin.
Loyihani amalga oshirishning boshlanishi va yakunlanishi o‘rtasidagi vaqt
muddati investitsiya davri deb ataladi
. U loyiha bo‘yicha moliyalashtirish
muammolarini hal qilish, kerakli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lib,
bosqichlarga taqsimlanadi. Amaliyotda ularni ajratish birmuncha farqlanishi
mumkin. Muhimi, u ob‘ektni loyihlashtirish holatidagi ulardan o‘tishda unchalik
o‘zgarmasdan, lekin shu bilan bir paytda uning rivojlanish ehtimoli bo‘lgan
yo‘nalishlarni baholash imkonini beruvchi ayrim muhim davrlarni belgilashga
imkoniyat yaratadi.
Loyihani amalga oshirish bu bilan bog‘liq, shuningdek, ishchi loyiha va
texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, shartnomalar tuzish, moliyalashtirishni
tashkil qilish, resurslar ta‘minoti, ob‘ektlarni qurish va ekspluatatsiyaga
topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ma‘lum bir chora-tadbirlar yig‘indisini amalga
oshirishni talab qiladi. Shu sababli ahr bir ajratib ko‘rsatilgan bosqich o‘z
navbatida, keyingi pog‘onadagi bosqichlarga taqsimlanishi mumkin.
Xususan, investitsiya loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish
dastlabki g‘oyadan tortib to loyiha yakunlanguncha to‘rtta bosqichdan iborat
bo‘lgan davr ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin:
investitsiyadan oldingi bosqich – oldindan tadqiq etishdan to
investitsiya loyihasini amalga oshirish haqida yakuniy qaror qabul qilishgacha,
jumladan, buyurtmachi, investor va boshqalarning uni moliyalashtirish haqida
qaror qabul qilishigacha bo‘lgan davr;
investitsiya bosqichi, muhandislik-qurilish, texnologik loyihalashtirish,
asbob-uskunalar xarid qilish va loyihalashtirilgan ob‘ektni ekspluatatsiyaga
topshirishni qamrab oladi;
ishlab
chiqarish
(ekspluatatsiya)
bosqichi
-
korxonaning
(loyihalashtirish ob‘ektining) xo‘jalik faoliyati bosqichlari, uning faoliyat
ko‘rsatishi, ob‘ektni modernizatsiyalash (qayta ta‘mirlash), kengaytirish,
moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish bo‘yicha
ishlarni qamrab oladi;
tugatish (likvidatsiya) bosqichi - investitsiyalash ob‘ektini tugatish va
uning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish davri.
O‘z navbatida, ularning har biri o‘z maqsadlari, amalga oshirish usullari
va mexanizmlariga ega bo‘lgan bosqich va davrlarga bo‘linadi. Investitsiyadan
oldingi va investitsiya bosqichlari investitsiya loyihasilashtirish sohasiga, ishlab
chiqarish bosqichi esa maxsus tashkiliy-boshqaruv fanlarini (mehnat va ishlab
81
chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, menejment va
b.) o‘rganishga mansub hisoblanadi.
Loyihaning investitsiyadan oldingi bosqichida bo‘lajak loyihalashtirish
ob‘ektining imkoniyatlari o‘ganiladi, korxona (firma-investor, loyiha
tashkilotchisi) investitsiyalar haqida dastlabki qaror qabul qiladi va rahbarni
(qurilayotgan ob‘ekt direktori, boshqaruvchisini) tanlaydi (tayinlaydi). Loyihani
amalga oshirishning turli variantlarini o‘rganish va tahlil qilish, uni texnik-
iqtisodiy asoslash va samaradorligini baholash korxonaning o‘z kuchlari bilan
ham, ixtisoslashgan muassasalar, masalan, loyiha, arxitektura, qurilish-maslahat
tashkilotlari va hokazolar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Loyihaning dastlabki bosqichlarida kelajakda vujudga kelishi mumkin
bo‘lgan risk va noaniqliklarni oldindan ko‘ra bilish, belgilangan natijalarga
erishishning eng tejamkor yo‘larini topish, loyiha samaradorligini baholash va
uning biznes-rejasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘zini
vaqtida to‘xtatib qolish tamoyiliga amal qilish zarur, ya‘ni muvaffaqiyatsiz
loyihadan investitsiyalar sarflanib bo‘lib, natija kutilganday chiqmagan holatni
kutib o‘tirmasdan loyihaning boshidayoq voz kechish maqsadga muvofiq
bo‘lishi mumkin.
Investitsiya loyihasini oldindan baholash uni amalga oshirishning texnik
imkoniyatlarini ko‘rsatishi lozim. Buning uchun quyidagi ma‘lumotlardan
foydalaniladi:
investitsiya loyihasini talab qilingan tavsifnomlarga ega zarur asbob-
uskunalar (stanoklar, mashinalar va hokazolar) bilan ta‘minlash yoki buning
texnik imkoniyati;
loyiha malga oshirilayotgan va unga yaqin hududlarda infratuzilma –
ishlab chiqarish sharoitlarini ta‘minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
nalichie tarmoqlari majmuining (yo‘llar, aloqa, energiya ta‘minoti, transport,
ta‘lim, sog‘liqni saqlash)
mavjudligi;
loyiha amalga oshiriladigan tumanga alohida talablar – iqlim, suv va
boshqa
resurslar mavjudligi, erga
egalik huquqi va hokazolar;
xodimlar malakasi – boshqaruv personali, mutaxassislar va texnik
ijrochilar, ishchilar.
Ushbu bosqichda mashina va asbob-uskunlar ta‘minotchilaridan olingan
takliflar tahlil qilinadi, ularning texnik tavsifnomalari, etkazib berish shartlari va
qiymati haqidagi axborotlar umumlashtiriladi. Texnologiyalar va asbob-
uskunlarni qo‘llash bo‘yicha strategiyalarni oldindan ishlab chiqish va
marketing tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda, bo‘lajak mahsulotni
ishlab chiqarish va sotish hajmi, uni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini
hisob-kitob qilish ishlari bajariladi, investitsiyalar hajmi belgilanib, marketing
strategiyasi ishlab chiqiladi, loyihani amalga oshirishning muqobil variantlari
bashorat qilinadi, uning samaradorlik va risk darjasi baholanadi, imitatsion tahlil
usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: