1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

Loyiha  quvvati  deganda  mazkur  loyiha  variantini  (ob‘ektni)  amalga 
oshirishda  belgilangan  vaqt  oralig‘ida  (odatda  bir  yil)  tayyorlash  (bajarish, 
ko‘rsatish)  mumkin  bo‘lgan  mahsulot  birligi  yoki  hajmi  tushuniladi.  Bu  yangi 
korxona  qurish  yoki  mavjud  korxonani  qayta  ta‘mirlash  bo‘yicha  loyiha 
topshirig‘ida qabul qilingan belgilangan davr mobaynida mahsulot chiqarish (ish 
bajarish,  xizmat  ko‘rsatish)  hajmidir.  U  bozorning  mazkur  mahsulot  turiga 
ehtiyoji;  korxonaning  optimal  hajmi  va  ish  rejimi;  mahsulot  tannarxining  eng 
past va mehnat mahsuldorligining eng yuqori blishin ta‘minlovchi fan va texnika 
yutuqlaridan  maksimal  foydalanish imkoniyati;  moddiy  resurslar  mavjudligi  va 
boshqa  korxonalar  bilan  kooperatsiyalanish  darajasi  bilan  belgilanadi.  Loyiha 
quvvati  yangi  yaartilayotgan  va  o‘zlashtirilayotgan  ob‘ektlar  bo‘yicha  ishlab 
chiqarish  hajmi,  zarur  investitsiyalar,  asbob-uskunalar  va  asosoiy  fondlarning 
boshqa elementlari miqdori, loyihadagi barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisob-
kitob qilish uchun asosdir. 
SHuni  e‘tiborga  olish  kerakki,  ko‘pchilik  loyihalar  uchun  ob‘ektni 
ekspluatatsiya  qilishning  ilk  bosqichida  to‘liq  loyiha  quvvatiga  erishish  to‘liq 
uddasidan  chiqiladigan  vazifa  emas.  Turli  xil  texnologik,  ishlab  chiqarish  va 
tijorat  qiyinchiliklari  oqibatida  loyihalarning  katta  qismi  ekspluatatsiyaning 
birinchi bosqichida bozorga kirib borish va sotuv hajmining sekin o‘sishi, ishlab 
chiqarish  xaraketirag  ega  turli  qiyinchiliklar,  masalan,  xomashyo,  ishchi  kuchi 
va  asbob-uskunalarni  tanlab  olingan  texnologiyalarga  moslashtirish  kabi 
muammolarga  duch  keladi.  Loyiha  quvvatini  birinchi  yildayoq  o‘zlashtirish 


102 
 
rejalashtirilgan  bo‘lsa  ham,  mahsulotni  sotishda  muammolar  vujudga  kelishi 
mumkin.  Odatda  to‘liq  loyiha  quvvatiga  ivestitsion  ob‘ektni  ekspluatatsiya 
qilishning uchinchi yilida erishiladi. 
Investitsiya  loyihasi  biznes-rejasining  «Ishlab  chiqarish  quvvatlari» 
bo‘limi  investitsiyalash  ob‘ekti  mavjud  yoki  yangi  yaratilayotgan  korxona 
ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Korxona oldindan mavjud bo‘lgan hollarda quyidagilar keltiriladi:  
 mavjud  ishlab  chiqarish  quvvatining  ishlab  chiqarish  dasturi  hajmiga 
muvofiqligini tahlil qilish; 
 bir yil uchun va istiqbolga ishlab chiqarish quvvatlari ishlab chiqarish 
dasturini  bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan  qo‘shimcha  ehtiyojlarni,  ularni  yaratish 
usullarini (qurilish, sotib olish, ijaraga olish) asoslab berish; 
 ishlab  chiqarishni  tayyorlash  uchun  zarur  bo‘lgan  mablag‘lar  hajmini 
asoslab berish; 
 mavjud va yaratilayotgan ishlab chiqarish maydonlarining muhandislik 
kommunikatsiyalari bilan ta‘minlanganligini baholash; 
 erishilgan ilmiy va texnik daraja, xalqaro standart talablari, shuningdek, 
talab qilinayotgan ishlab chiqarish hajmi va tovarning iste‘mol tavsifnomalarini 
hisobga  olgan  holda  talab  qilinayotgan  asobo-uskunalar  va  texnologiyalar 
ro‘yxati; 
 asbob-uskunalar  ta‘minotchilarini  tanlashni  asoslab  berish,  etakchi 
ishlab chiqaruvchilarning asbob-uskunalari texnik tavsifnomalari  va uni etkazib 
berish  shartlari,  sotuvdan  keyingi  xizmat  ko‘rsatish  shartlari,  kafolatlar  va 
narxlarga asoslanadi; 
 asbob-uskunalar  etkazib  berish  va  tender  o‘tkazish  shartnomalari 
mavjudligi,  etkazib  berish  shartlari  va  muddati,  asbob-uskunlarni  o‘rtanish  va 
sozlash haqida axborot; 
 loyihani  iqtisodiy  baholash  –  bo‘lajak  ishlab  chiqarishning  atrof 
muhitga  ta‘siri,  chiqit  ob‘ektlari,  ularni  yo‘q  qilish  va  qayta  ishlash  taxmin 
qilinayotgan joylar. 
Biznes-rejaning ushbu bo‘limida quyidagilar keltiriladi: 
 korxona uchun eng ahamiyatli resurs ta‘minotchilari ro‘yxati; 
 asosiy  xomashyo  va  material  turlarini  xarid  qilish  davriyligi  (har  oy, 
har mavsum, xaotik va h.k., sifat tavsifnomlariga muvofiqlik); 
 ta‘minotchilarning  to‘lov  shakli  bo‘yicha  talablari  (oldindan  to‘lash, 
barter va hokazolar); 
 xomashyo resurslariga ehtiyoj hisob-kitobi; 
 moddiy-texnik  ta‘minot  sxemasini  asoslab  berish  (transport  turlari, 
yuklash-tushirish  va  omborga  joylashtirish  vositalari,  resurslarni  transport 
vositasida tashish xarajatlarini optimallash); 
 issiqlik-energetika  resurslariga  ehtiyojni  asoslab  berish  va  hisob-kitob 
qilish; 
 resurs ta‘minotidagi risklar. 
Biznes-rejaning  ushbu  bo‘limini  ishlab  chiqish  davomida  korxonaning 
kelajakdagi  faoliyati  uchun  moddiy-texnik  resurslar  va  ularni  etkazib  berishga 


103 
 
ehtiyoj  ham  miqdoriy,  ham  sifat  jihatidan  aniqlanishi,  tahlil  qilinishi  va 
aniqlashtirilishi  lozim.  Bu  ishni  bajarishda  resurslar  turlari,  miqdori  va  sifatiga 
ta‘sir ko‘rsatuvchi turli omillarni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. 
Bu qatorda xususan, quyidagilarni eslab o‘tish mumkin: 
 ijtimoiy-iqtisodiy  omillar  –  ijtimoiy  va  madaniy  muhit,  ijtimoiy-
iqtisodiy infratuzilma; 
 tijorat  va  moliya  omillari  –  loyiha  hajmi,  xodimlar  mehnati 
mahsuldorligi va malakasi, tovar sifatiga nisbatan bozor talablari, xomashyo va 
materiallar uchun raqobat kurashi va hokazolar; 
 texnik  omillar  –  sanoat  tarmog‘i,  texnologiya  va  ishlab  chiqarish 
jarayoni,  mashina  va  asbob-uskunalar  turi  (markasi,  modeli),  ishlab 
chiqarishning hisob-kitob hajmi, loiha quvvati va boshqa omillar. 
«Mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  qiymati  (xarajatlari)»  bo‘limida 
mahsulot tannarxiga kiritiluvchi  xarajatlarning  har  bir  moddasi  asoslab  beriladi 
va  ularning  kelajakda  o‘zgarishi  bashorat  qilinadi.  Bu  erda  sotilayotgan 
mahsulotning  to‘liq  xarajatlari,  amortizatsiya  ajratmalari,  mehnat  resurslari  va 
ish haqiga ehtiyojlar keltiriladi. 
Ushbu  bo‘limni  tayyorlashda  ishlab  chiqarish  dasturiga  nisbatan 
kalkulyasiyaning  ayrim  moddalari  tahlil  qilinadi  va  ularning  orasida  salmog‘i 
eng  kattasi  anilanadi,  xarajatlarni  pasaytirish  va  tannarxni  boshqarish  bo‘yicha 
chora-tadbirlar  ishlab  chiqiladi.  xomashyo  va  material,  butlovchi  qismlar, 
issiqlik-energetika  va  ular  uchun  erkin  konvertatsiyalanuvchi  valyutada  haq 
to‘lash  bashorat  qilinayotgan  boshqa  resurslarga  xarajatlarni  alohida  hisob-
kitoblar bilan ko‘rsatish tavsiya qilinadi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish