1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


 Korxona tavsifnomasi va uning rivojlanish strategiyasi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

2. Korxona tavsifnomasi va uning rivojlanish strategiyasi 
Biznes-rejaning  ushbu  bo‘limi  korxonani,  uning  tarmoq  ierarxiyasidagi 
hamda butun xalq xo‘jaligidagi o‘rni va rolini tavsiflashdan boshlanadi. Xuddi 
shu  erda  korxonaning  pasporti  ham  keltiriladi.  Tarmoqni  tavsiflashda  uning 
hozirgi holati, rivojlanish tendensiyalari va bashorati haqidagi ma‘lumotlar tahlil 
qilinadi,  tarmoq  iqtisodiyotining  rivojlanishi  borasida  mahsulotga  (ish, 
xizmatlarga)  ehtiyoj  masalalari ko‘rib  chiqiladi. Rivojlangan mamlakatlar bilan 
taqqoslash ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu  bo‘limda  potensial  raqobatchilar  sanab  o‘tiladi,  ularning  kuchli  va 
kuchsiz  tomonlari  qayd  etiladi,  mahsulot  (ish,  xizmat)  qaysi  iste‘molchiga 
mo‘ljallanganligi 
ko‘rsatiladi,  tarmoqda 
sotuv 
dinamikasiga, 
ayrim 
iste‘molchilar  ehtiyojlariga,  o‘xshash  mahsulotlarning  paydo  bo‘lishiga  e‘tibor 
qaratiladi, mahsulotning tarmoq umumiy hajmidagi salmog‘i keltiriladi. 
Korxonani tavsiflashda quyidagi masalalarni aks ettirish tavsiya etiladi: 
 yaratilish tarixi; 
 asosiy  yutuq  va  kamchiliklar,  ishlab  chiqarish-xo‘jalik  faoliyatining 
kuchli  va  kusiz  jihatlari,  uning  xususiyatlari  (masalan,  mahsulot  sotishning 
mavsumiyligi,  ishlab  chiqarishning  ommaviy  yoki  kichik  seriyali  xarakteri  va 
b.); 
 mavjud  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlari,  ularning  faol  qismi, 
qo‘llanayotgan texnologiyalar tavsifnomasi; 
 ishlab chiqarish quvvatlarini yuklash; 
 chiqarilayotgan mahsulot; 
 o‘tgan yil uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari; 
 korxona infratuzilmasida ijtimoiy soha salmog‘i. 
O‘tgan yil uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini 
jadval ko‘rinishida keltirish va unda quyidagilarni ko‘rsatish qulay bo‘ladi: 
 ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish; 
 ishlayotgan xodimlar o‘rtacha ro‘yxat soni; 
 natural  va  pul  qiymatida  yillik  ishlab  chiqarish  hajmi  (asosiy 
nomenklatura guruhlari bo‘yicha); 
 mahsulot  (ish,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  uchun  to‘liq  xarajatlar, 
jumladan, xomashyo va materiallar, butlovchi qismlar (shundan valyutaga sotib 
olinganlari),  yoqilg‘i  va  texnologik  maqsadlar  uchun  energiya,  ishlab 
chiqarishda  band  bo‘lgan  xodimlar  ish  haqi,  ish  haqi  uchun  ajratmalar, 
umumxo‘jalik va umumishlab chiqarish xarajatlari; 
 to‘liq xarajatlardan – doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar; 
 mahsulot  (ish,  xizmatlar)  sotishdan  pul  tushumi,  uning  jami  pul 
tushumlari 
hajmidagi  ulushi 
(jumladan, 
valyutada), 
tovarayirboshlash 
operatsiyalari, o‘zaro hisob-kitoblar; 
 sotuv bozorlari bo‘yicha sotilgan mahsulot ulushi (ichki bozor, yaqin va 
uzoq xorij); 
 sotilgan mahsulot rentabelligi; 
 joriy likvidlik koeffitsienti va o‘z mablag‘lari bilan ta‘minlanganlik; 


99 
 
 aylanma  vositalarning  mahsulotni  sotishdan  tushgan  pul  tushumidagi, 
sof aylanma kapitalning aktivlardagi ulushi; 
 soliqlar  va  boshqa  to‘lovlar  (daromad  solig‘isiz),  jumladan,  byudjet 
to‘lovlari. 
Korxonaning 
moliyaviy 
ahvolini 
baholash 
uchun 
bir 
qator 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi, ularning orasida sotilgan mahsulot rentabelligi, 
joriy likvidlik koeffitsienti, o‘z mablag‘lari bilan ta‘minlanganlik va boshqalarni 
ko‘rsatish mumkin. 
Moliyaviy-xo‘jalik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  korxonalar  maksimal 
foyda  olishdan  tashqari  ishlab  chiqarishga  kiritilgan  resurslardan  samarali 
foydalanishdan ham manfaatdor bo‘ladi. 
Sotilgan  mahsulotning  rentabelligi  bu  –  mahsulotni  sotishdan  olingan 
foydaning uni ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati (foizlarda ifodalanadi). 
Biznes-rejada korxonani rivojlantirish strategiyasini tavsiflashda quyidagi 
masalalarni yoritib berish kerak: 
  strategik  rivojlantirishning  asosiy  maqsad  va  vazifalari  –  yangi 
mahsulot  chiqarish,  chiqarilayotgan  mahsulot  sifatini  oshirish,  ishlab  chiqarish 
hajmini  oshirish,  mehnat  sharoitlarini  yaxshilash,  resursni  tejash,  asosiy  ishlab 
chiqarish  fondlarini  almashtirish,  yangi  va  yuqori  texnologiyalarni  joriy  qilish, 
import o‘rnini to‘ldirish va hokazolar; 
  taklif etilayotgan loyihaning, uning asosiy bosqichlarini ishlab chiqish 
bosqichlari  dolzarbligi  va  yangiligi  –  ITTKI  bajarish,  ishchi  hujjatlar  ishlab 
chiqish, xalqaro sifat tizimini tatbiq etish, mahsulotni sertifikatlash, investorlar, 
asbob-uskunalar  etkazib  berishga  shartnoma  va  boshqa  hujjatlar  mavjudligi  va 
hokazolar; 
  qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar; 
  loyihani  amalga  oshirishning  boshlang‘ich  bosqichida  foydalanish 
mumkin bo‘lgan loyihani moliyalashtirishning o‘z manbalarini asoslab berish  - 
amortizatsiya, sof foyda, asosiy fondlar, aksiyalarni sotish va hokazolar; 
  korxonaga davlat tomonidan taqdim etilgan, foyda hisobiga qoplanishi 
lozi bo‘lgan imtiyozlar haqidagi ma‘lumotlar. 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish