Mavzu: Bozor infratuzilmasida auditorlik faoliyatining o‟rni va ahamiyati.
Reja:
Auditorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati.
Auditorlik faoliyatining turlari.
Mamlakatimizda auditorlik faoliyatini paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Auditorlik faoliyatining mohiyati va ahamiyati.
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham hisob tizimiga talab mavjud bo‗lgan. Chunki hisob tizimi insoniyat uchun zarur bo‗lgan iste‘mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‗layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‗lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‗ladi. Xuddi shu vazifani hisob tizimi bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida hisob tizimi ahamiyati ko‗payadi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, to‗g‗ri yurgizish orqaligina ega bo‗lish mumkin. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining o‗sishi natijasida xo‗jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan hisob tizimi ahamiyati oshgan, jamiyat hamma sohalarida mulklarni hisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy faoliyatni boshqarish hisob tizimi orqali olingan ma‘lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinib, shular asosida boshqariladi.
Hisob tizimining bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq quyidagi uch turi mavjud:
tezkor hisob. Bu hisob iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, korxona, muassasa, tashkilotlarning ayrim bir bo‗linmalarida sodir bo‗layotgan xo‗jalik jarayonlari haqida zaruriy ma‘lumot va ko‗rsatkichlarni joriy kuzatish va nazorat etish orqali tegishli joylarga yetkazish va bu ma‘lumotlardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkonini beradi. Bu hisobda hamma aloqa vositalaridan (telefon, telegraf, og‗zaki yoki hujjatlardan) foydalaniladi. Tezkor hisobning o‗ziga xos xususiyatlaridan yana biri ma‘lumotning tezda yig‗ilishi va tezda yetkazilishidir. Masalan, tovar zahiralari miqdori, xodimlarning ishga kelgan yoki kelmaganligi, mehnat haqi berilgani, mol yetkazib beruvchilardan tovarlar kelganligi, sotilgan tovardan kelgan tushum va hokazolar haqidagi tezkor ma‘lumotlar.
statistik hisob. Ushbu hisobning mohiyati ma‘lum bir vaqtda iqtisodiyot tarmoqlari hamda alohida olingan bir korxona, tashkilot, muassasalar ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy ifodalashdir. Statistik hisob xo‗jalik faoliyatining bir turdagi ommaviy hodisalarini: mahsulot ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi o‗sishi, tannarxni pasaytirish, rejaning bajarilishi, shu bilan birga ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni, ya‘ni aholi sonining o‗zgarishi, madaniyat, sog‗liqni saqlash ishlarining borishi va boshqalarni o‗rganadi, hamda nazorat qiladi. Statistik hisobda muayyan usullardan, ya‘ni statistik kuzatish, statistik guruhlash, o‗rtacha miqdorlar, tanlab o‗rganish va hakozolardan foydalaniladi. Statistik hisobda tezkor hisob va buxgalteriya hisobi ma‘lumotlaridan foydalaniladi.
buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobida korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xo‗jalik mablag‗lari, ularning tashkil topish manbalari hamda ular harakati natijasida sodir bo‗ladigan xo‗jalik jarayonlarini uzluksiz va yoppasiga kuzatib, kuzatish natijasida olingan ma‘lumotlarning hammasini o‗lchash, baholash va tekshirish, ularni hujjatlarda to‗liq ifodalab aks ettirish hamda ularni pul o‗lchovida umumlashtirishdan iborat.
Buxgalteriya hisobi - iqtisodiy fanlardan biri bo‗lib, uning nazariyasi buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini o‗rgatadi. Bu fan iqtisodiyot tarmoqlarida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o‗rganib, umumlashtirib, uning ilg‗or usullarini joriy etish bilan shug‗ullanadi. Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlarda buxgalteriya hisobini
yuritish usullarining ilg‗or shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‗llarini aniqlab, amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Hisob tizimi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
tarmoq, korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo‗layotgan xo‗jalik jarayonlarini kuzatib borish;
kuzatish orqali olingan ma‘lumotlarni miqdoriy ko‗rsatkichlarda ifodalash;
korxona, tashkilot, muassasa xo‗jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma‘lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‗jalik jarayonlari ustidan nazorat o‗rnatish va ularga ta‘sir etish.
Hisob tizimining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa va tashkilot hamda umuman butun xalq xo‗jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko‗rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishining ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Audit – korxonalarning moliyaviy va xo‗jalik faoliyatining qonuniyligini, O‗zbekiston Respublikasining me‘yoriy hujjatlariga hamda buxgalteriya hisobi yoki boshqa moliyaviy hisobot yuritish talablariga mos kelishi, realligi va to‗liqligini aniqlash maqsadida xolis, mustaqil tekshirishni amalga oshirish bo‗yicha tadbirkorlik faoliyatidir. Auditorlik firmalari tekshirish davomida quyidagilarni tahlil qiladi: korxonada buxgalteriya hisobining yuritilishi va uning belgilangan talablarga mos kelishi, buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarining haqiqiy holatga mos kelishi, moliya-xo‗jalik faoliyatining amal qilayotgan qonunlarga, ta‘sis va boshqa hujjatlarga mos kelishi, korxonadagi haqiqiy moliyaviy holat, yo‗l qo‗yilgan kamchiliklar, foydalanilmayotgan imkoniyatlar va hokazo. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxonalar auditorlar tomonidan talab etilgan barcha buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini taqdim etishi, kassadagi naqd pul, tovarlar, asosiy vositalar va korxonaning boshqa vositalarini inventarizatsiya qilishga sharoit yaratib berishlari lozim. Auditorlar tekshirish natijalari bo‗yicha auditorlik xulosasini beradilar.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo‗jalik subyektlari o‗z faoliyatini vaqti-vaqti bilan auditorlik tekshiruvidan o‗tkazib turishga harakat qiladilar. Chunki ularda auditorlik firmalari tomonidan berilgan ijobiy auditorlik xulosasining mavjud bo‗lishi hamkorlari sonining ko‗payishiga turtki beradi. Bundan tashqari o‗z faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni o‗z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etishda ham xolislik asosida faoliyat yurituvchi auditorlar muhim ahamiyatga ega.
Auditorlik tekshiruvi muvaffaqiyatsizlik xatarini kamaytirish uchun auditorlar va auditorlik firmalari o‗z imkoniyatidan kelib chiqib mijozni ishonchli baholash kriteriyasiga ega bo‗lishi kerak. Mijozni muvaffaqiyatsiz tanlash esa muhim moliyaviy va ma‘naviy yo‗qotishlarga olib kelishi hamda firmaning va auditorning obro‗siga ziyon yetkazishi mumkin.
Auditorlik firmalari mijozlarni tanlashdagi asosiy bosqichlar quyidagilardan iborat:
-tarmoq xarakterini baholash;.
-auditorlik tekshiruvi maqsadini aniqlash;
-rahbarlarning xususiyatlarini oydinlashtirish;
-auditning sermehnatliligini va qiyinligini oldindan baholash;
-audit natijalari to‗g‗risidagi oldingi auditor xulosalarining sharhlari bilan tanishishi;
-mijozning soliq organlari, banklar, hamkorlar, aksionerlar bilan o‗zaro munosabatlari xarakteri va muammolarni aniqlash;
-tavsiyalar olish (boshqa tashkilotlardan, mutaxassislardan);
-hisobotni analitik tekshirish;
-mijozning buxgalteriya hisobi va hisobotlarning holati, hamda joriy va kelgusi davr muammolari bilan dastlabki tanishuvi;
-auditorlik firmasi yoki auditorning ish bajarish bo‗yicha o‗z qobiliyatining zarur xodimlari mavjudligi va mijoz tarmog‗ini bilishi nuqtai nazaridan baholash lozim.
Agar yuqoridagi bosqichlar auditning yuqori xatari bilan bog‗liq bo‗lsa yoki auditor uchun vazifa juda murakkab bo‗lgan hollarda mijoz xizmat ko‗rsatishga qabul qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |