1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119
Bog'liq
alishrr

 
 
2. Investitsiyaning turlari va ularning  o‟ziga xos xususiyatlari. 
 
Investitsiya  fondlari  -  bu  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  mablag‗larini  to‗plovchi  hamda 
foyda  olish,  aksiyadorlar  xatarini  kamaytirish  maqsadida  ushbu  mablag‗larni  fond  nomidan 
qimmatli qog‗ozlarga, bank hisobraqamlariga va omonatlarga joylashtiruvchi tashkilotdir. 
Investitsiya  fondi  yuridik  shaxs  bo‗lib,  aksiyalarni  chiqarish  va  xarid  qilishni,  qimmatli 
qog‗ozlar bilan boshqa bitimlarni amalga oshiradi, shuningdek, u aksiyalariga egalik qilayotgan 
korxonalarning  rivojlanishida  va  faoliyati  samaradorligini  oshirishda  aksiyador  huquqlari  bilan 
ishtirok etadi.  
Investitsiya fondlari ikki xilga bo‗linadi: ochiq va yopiq investitsiya fondlari. Ochiq turdagi 
investitsiya fondlari aksiyalarni ularni sotib olish majburiyati bilan muomalaga  chiqaradi,  ya‘ni 
fond  qimmatli  qog‗ozlarining  egalariga  ularning  o‗rniga  pul  summasi  yoki  mol-mulkni  olish 
huquqini  beradi,  bu ustavda  oldindan  ko‗zda  tutilishi  lozim. Yopiq  turdagi  investitsiya  fondlari 
aksiyalarni ularni sotib olish majburiyatisiz muomalaga chiqaradi. 
Investitsiya  fondlarining  muassislari  bo‗lib  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  ishtirok  etishi 
mumkin, bunda ularning soni ikkitadan kam bo‗lmasligi kerak. Investitsiya fondining ustav fondi 
eng kam ish haqining 500 barobaridan kam bo‗lmasligi lozim. Fond aksiyalariga dastlabki obuna 
fond  davlat  ro‗yxatiga  olingan  kundan  boshlab  30  kundan  kechiktirmasdan  amalga  oshiriladi. 
Fond  ustav  sarmoyasining  kamida  75  foizi  pul  mablag‗lari  bilan  to‗lanishi  zarur.  Investitsiya 
fondi davlat ro‗yxatiga olinib, investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‗rsatish uchun litsenziya 
olganidan keyin u tashkil etilgan hisoblanadi. Investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‗rsatish 
uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi. 
Fondni  tashkil  etishda  uning  aksiyalari  ochiq  obuna  yo‗li  bilan  tarqatiladi,  bunday  obuna 
boshqaruvchi kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Obunaning eng uzoq muddati 6 oy qilib 
belgilanadi.  Obunaning  yakunlanishida  investitsiya  fondining  ustav  sarmoyasi  u  tomonidan 
amalda  joylashtirilgan  aksiyalar  bilan  muvofiqlashtiriladi  va  adliya  idoralarida  ro‗yxatdan 
o‗tkaziladi, 
Investitsiya  fondining  oliy  organi  aksiyadorlarning  umumiy  yig‗ilishi  hisoblanadi. 
Umumiy yig‗ilishning maxsus vakolatiga qonun hujjatlari bilan belgilanganlardan tashqari, fond 
faoliyatining  chegaralanishini,  depozitariy  va  boshqaruvchi  kompaniyalar  bilan  shartnomalarni 
ma‘qullash kiradi.  Aksiyadorlarning umumiy  yig‗ilishlari  o‗rtasidagi davr  15  oydan  oshmasligi 
kerak. Ushbu vaqt mobaynida kuzatuvchi kengash uning oliy organi hisoblanadi. 
Investitsiya  fondi  investitsiyalarini  boshqarish  va  uning  qimmatli  qog‗ozlari  portfelini 
shakllantirishni, shuningdek, fondga maslahat xizmatlarini ko‗rsatishni boshqaruvchi kompaniya 
amalga  oshiradi.  Davlat  boshqaruvi  idoralari  tomonidan  ta‘sis  etilgan  investitsiya  muassasalari 
yoki  ustav  fondining  25  foizi  davlatga  tegishli  bo‗lgan  tashkilotlar,  shuningdek, 
affilyatsiyalangan  shaxslar  investitsiya  fondining  boshqaruvchi  kompaniyasi  bo‗la  olmaydi. 
Investitsiya  fondining  affilyatsiyalangan  (tobe)  shaxslari  deganda  yuridik  va  jismoniy  shaxslar, 
boshqaruvchi  kompaniya  hamda  uning  mansabdor  shaxslari,  muassislar  va  ovoz  beruvchi 


aksiyalarning  10  foiziga  egalik  qiluvchi  aksiyadorlar  tushuniladi.  Affilyatsiyalangan  shaxslar 
tarkibiga mazkur boshqaruvchi kompaniya bilan boshqarish to‗g‗risida shartnoma tuzgan barcha 
investitsiya  fondlari  kiradi.  Investitsiya  fondining  ishtirokchilari  boshqaruvchi  kompaniyaning 
muassisi  va  a‘zosi  bo‗lishi  mumkin  emas,  o‗z  navbatida,  boshqaruvchi  kompaniyaning 
muassislari,  mansabdor  shaxslar,  mutaxassislar  hamda  ularning  affilyatsiyalangan  shaxslari 
investitsiya  fondining  aksiyadorlari  bo‗la  olishmaydi.  Investitsiya  fondining  kuzatuvchi 
kengashlari  hamda  boshqaruvchi  kompaniyalar  tarkibiga  davlat  xokimiyati  va  boshqaruvi 
idoralarining  mansabdor  shaxslari  kiritilishi  mumkin  emas.  Boshqaruvchi  kompaniya  bilan 
investitsiya fondining aktivlarini boshqarish to‗g‗risidagi shartnomani aksiyadorlarning umumiy 
yig‗ilishi  tomonidan  vakil  etilgan  fondni  kuzatuvchi  kengashining  raisi  tuzadi.  Kuzatuvchi 
kengash  boshqaruvchi  kompaniya  tomonidan  tuziladigan  bitimlarning  ro‗yxatini,  shuningdek, 
bitimlarning  xususiyati  va  hajmiga  ko‗ra  chegaralarni  belgilashi  mumkin.  Boshqaruvchi 
kompaniya o‗z faoliyatini investitsiya fondi nomidan amalga oshiradi, aksiyalari fondga tegishli 
bo‗lgan  korxonalar  aksiyadorlarining  umumiy  yishlishida  aksiyador  sifatida  ishtirok  etadi, 
Boshqaruvchi  kompaniya  tomonidan  olinadigan  umumiy  yillik  mukofot  pulining  miodori 
investitsiya fondi sof aktivlari o‗rtacha yillik qiymatining 5 foizidan oshmasligi kerak. 
Fond  aksiyalari  birinchi  nashrining  hisobi  Markaziy  depozitariyda,  keyingi  nashrlarining 
hisobi  esa,  Markaziy  depozitariy  bilan  vakillik  munosabatlariga  ega  bo‗lgan  boshqa 
depozitariylarda  yuritiladi.  Depozitariy  fond  qimmatli  qog‗ozlari  bilan  operatsiyalarni  hisobga 
oladi  va  nazorat  qiladi,  shu  jumladan,  qimmatli  qog‗ozlarni  almashtirish,  xarid  qilish  va  sotish 
bo‗yicha  cheklovlarni  amalga  oshiradi,  Depozitariyning  talabiga  ko‗ra  uning  vakili  fond 
kuzatuvchi  kengashining  majlisida  maslahat  ovozi  huquqi  bilan  ishtirok  etishi  mumkin. 
Investitsiya  fondi  aksiyadorlarining  reestri  depozitariy  tomonidan  yuritiladi.  Depozitariy 
fondning kreditori yoki kafili bo‗lish huquqiga ega emas. Fondning, boshqaruvchi kompaniya va 
depozitariyning  hujjatlari  hamda  hisobotlarini  fond  tomonidan  tayinlangan  mustaqil  auditor 
yillik tekshiruvdan o‗tkazadi.  
Depozitariy - bu qimmatli qog‗ozlarni saqlash va qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlarni 
hisobga  olish  bo‗yicha  faoliyatni  amalga  oshiruvchi  qimmatli  qog‗ozlar  bozorining 
muassasasidar.  Faqat  naqd  (qog‗oz  blanklar  ko‗rinishidagi)  qimmatli  qog‗ozlarni  chiqarish  va 
ularning  muomalada  bo‗lishi  jamiyat  uchun  ancha  qimmatga  tushadi,  chunki  ularni  tayyorlash 
uchun  juda  ko‗p  hajmdagi  bo‗yoqlar,  qog‗ozlar  va  hokazolar  sarflanadi.  Bundan  tashqari, 
qimmatli  qog‗ozlarning  qog‗oz  blanklarini  saqlash  ko‗pincha  texnik  xususiyatdagi  muayyan 
qiyinchiliklar bilan bog‗liq (saqlash uchun maxsus xonalar, seyflarning mavjud bo‗lishi zarurati). 
Nihoyat, naqd qimmatli qog‗ozlar muomalada bo‗lishida qator muammolarni keltirib chiqaradi. 
O‗tkazma yozuvlarni taqdim etish, transferagentlik xizmatlari, o‗rabbog‗lash va tashish, har bir 
blankning  haqiqiyligini  tekshirish  va  h.k.  Yuqorida  sanab  o‗tilgan  holatlar  shunga  olib  keldiki, 
XX  asr  70-yillarining  o‗rtalarida  naqdsiz  qimmatli  qog‗ozlar  paydo  bo‗la  boshladi.  Ularni 
hisobga  olish  va  saqlash,  xuddi  pul  mablag‗larini  banklardagi  hisobraqamlarda  saqlash  singari, 
buning  uchun  maxsus  mo‗ljallangan  muassasalar  depozitariylardagi  "depo"  hisobraqamlarida 
yozuvlar  ko‗rinishida  amalga  oshirilardi,  qimmatli  qog‗ozlarni  naqdsiz  shaklda  chiqarish, 
saqlash  va  muomalada  bo‗lishi  an‘anaviy  naqd  shakldagi  usulga  qaraganda  o‗zining  ancha 
ustunliklarini  ko‗rsatdi,  chunki  u  har  bir  emitent  va  har  qaysi  jamiyat  uchun  katta  miqdordagi 
mablag‗larni  tejash  imkonini  berdi,  bundan  tashqari,  emitentlar  sarmoyadorlar  hamda 
vositachilar  uchun  bir  qator  qulayliklarni  ta‘minladi,  bugungi  kunda  naqdsiz  qimmatli 
qog‗ozlarni  chiqarish  butun  dunyoda  qimmatli  qog‗ozlar  bozorini  rivojlantirishning  asosiy 
tamoyili bo‗lib hisoblanadi. 
Depozitariylardagi  naqdsiz  hisobga  olish  qimmatli  qog‗ozlarning  moddiy  joylashtirilishi 
zaruratini  istisno  etuvchi  ro‗yxatlarning  kompyuterlashgan  tizimi  orqali  bitim  bo‗yicha  hisob-
kitoblarni  bajarish  jarayonini  anglatadi.  Naqdsiz  hisobga  olish  kompyuterlashgan  tizimi  ikkita 
muhim shartga rioya etilishini nazarda tutadi: qimmatli qog‗ozlarni harakatsizlantirish va ularni 
moddiysizlantirish. 


Qimmatli qog‗ozlarni harakatsizlantirish - bu qimmatli qog‗ozlarni ifoda qiluvchi jismoniy 
hujjatlarni  (sertifikatlarni)  depozitariyda  joylashtirish  demakdir.  Sarmoyadorlarning  aksariyat 
qismi,  ayniqsa,  tez-tez  bitimlar  tuzuvchi  sarmoyadorlar  qimmatli  qog‗ozlarga  egalik  qilish 
guvohnomasi  sifatida  qo‗llarida  sertifikatga  ega  bo‗lishni  afzal  ko‗rishadi.  "O‗ttizlik  guruhi" 
barcha  usullar  bilan  bunday  amaliyotdan  voz  kechishni  qat‘iy  ravishda  tavsiya  qiladi,  chunki 
qog‗oz  sertifikatlarni  ko‗chirish  va  saqlash  oxiroqibatda  bozorning  rivojlanishini  sezilarli 
darajada  murakkablashtiradi.  Qimmatli  qog‗ozlarni  moddiysizlantirish  -  bu  jismoniy  qimmatli 
qog‗ozlarni  chiqarmagan  holda  emissiyani  amalga  oshirishdir,  qimmatli  qog‗ozlarni 
harakatsizlantirishdagi  kabi  depozitariyga  bunday  vaziyatda  ham  qimmatli  qog‗ozlarga  egalik 
qilish  haqidagi  yozuvlarni  saqlash  majburiyati  yuklatiladi.  Shundan  keyin  depozitariy 
mijozlarning talablariga ko‗ra naqdsiz hisobraqamlarga o‗tkazish yo‗li bilan mulkchilik huquqini 
o‗tkazadi.  Moddiysizlantirishning  harakatsizlantirishdan  muhim  farqi  shuki,  bunda  sarmoyador 
uchun egalik qilish haqidagi guvohnoma siatida qo‗liga sertifikatni olish imkoniyati yo‗q. 
Bank tizimi singari, O‗zbekiston Respublikasining depozitar tizimi ham ikki pog‗onalidir. 
Bu  shuni  anglatadiki,  davlat  unitar  korxonasi  ko‗rinishida  tashkil  etilgan  Markaziy  depozitariy 
mamlakatning  bosh  depozitariysi  hisoblanadi.  U  O‗zbekiston  depozitariylarida  qimmatli 
qog‗ozlarni  saqlash,  huquqlarni  hisobga  olish  va  harakatining  yagona  tizimini  ta‘minlaydi 
{birinchi  pog‗ona).  Qolgan  depozitariylar  -  nodavlat  korxonalar  bo‗lib,  ularning  muassislari 
sifatida yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok 
etishi  mumkin,  Bu  depozitariylar  Markaziy  depozitariyga  bo‗ysunadi  va  u  bilan  vakillik 
aloqalarini  o‗rnatishga  majbur  (ikkinchi  pog‗ona).  Depozitariylar  o‗z  deponentlarining 
hisobraqamlarida,  ularning  markaziy  depozitariylardagi  vakillik  hisobraqamlarida  umumiy 
hisobga  olinadigan  naqdsiz  qimmatli  qog‗ozlarga  nisbatan  huquqlarning  hisobini  yuritadi. 
O‗zining  asosiy  faoliyatidan  tashqari,  depozitariylar  qimmatli  qog‗ozlarning  nominal  egasi 
vazifasini  bajarishi  (ya‘ni  depozitariy  qimmatli  qog‗ozlar  egasining  topshiriri  asosida  qimmatli 
qog‗ozlar  egalarining  reestrida  ularning  nominal  egasi  sifatida  ro‗yxatga  olinishi  mumkin), 
shuningdek, qimmatli qog‗ozlar egalarining reestrini yuritish buyicha faoliyatni amalga oshirishi 
mumkin. 
Depozitariy  ustav  fondining  miqdori  eng  kam  ish  haqining  2000  barobaridan  kam 
bo‗lmasligi  kerak,  o‗z  sarmoyasi  va  qarz  mablag‗lari  o‗zaro  nisbatining  koeffitsiyenti 
N1>0,0001  darajasida  belgilangan.  Bunda  mijozlar  mablag‗lari  sifatida  saqlash  uchun  qabul 
qilingan  qimmatli  qog‗ozlarning  qiymat  summasidan  foydalaniladi.  Bir  mijozga  to‗g‗ri 
keladigan xatarning eng ko‗p miqdori ko‗rsatkichi depozitariylarga nisbatan qo‗llanilmaydi. 
Depozitariylarda  qimmatli  qog‗ozlarning  but  saqlanishi  qimmatli  qog‗ozlarning  maxsus 
saqlash  joylarida  va  hisob  ro‗yxatlarining  depozitar  operatsiyalarining  andozalariga  muvofiq 
qimmatli  qog‗ozlarni  saqlash  va  qimmatli  qog‗ozlarga  bo‗lgan  huquqlarni  hisobga  olishga  doir 
yozuvlar  tizimining  yuritilishi  bilan  ta‘minlanadi.  Markaziy  depozitariy,  bundan  tashqari, 
qo‗shimcha  ravishda  o‗z  axborot  ma‘lumotlar  bazasini  takrorlash  tizimi  bilan  qimmatli 
qog‗ozlarning but saqlanishini ta‘minlaydi. 
Markaziy  depozitariy  qimmatli  qog‗ozlarni  saqlash,  tegishli  guvohnomani  bergan  holda 
naqd  va  naqdsiz  qimmatli  qog‗ozlarga  nisbatan  huquqlar  hisobini  yuritish  hamda  tasdiqlash 
vazifasini bajaruvchi oddiy tashkilotlardan farqli o‗laroq quyidagi vazifalarni bajaradi: 
-  qimmatli qog‗ozlarning naqdsiz nashrlarini saqlash; 
-  davlat  tasarrufidan  chiqarilgan  va  xususiylashtirilgan  obyektlarning  naqd  qimmatli 
qog‗ozlarini ularni sotib olgunga qadar saqlash; 
-  naqd va naqdsiz qimmatli qog‗ozlarga nisbatan davlat huquqining hisobini yuritish; 
-  depozitariyning vakillik hisobraqamlarini yuritish; 
-  birja  va  birjadan  tashqari  savdolar  ishtirokchilarining  qimmatli  qog‗ozlarini  ularning 
savdoga qo‗yilishi oldidan mavjudligini va haqiqiyligini tasdiqlash; 
-  birja va birjadan tashqari savdolar ishtirokchilariga savdolarda tuzilgan bitimlar bo‗yicha 
qimmatli qog‗ozlarning yetkazib berilishini ta‘minlash; 
-  naqd  va  naqdsiz  qimmatli  qog‗ozlarning  muomalaga  chiqarilganligini  tasdiqlovchi 


hujjatlarni saqlash; 
-  O‗zbekiston  Respublikasi  hududida  norezidentlar  tomonidan,  shuningdek,  chet  el 
bozorlarida  O‗zbekistonning  rezidentlari  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‗ozlarni  hisobga 
olish; 
-  depozitariylar  tizimida  qimmatli  qog‗ozlarning  harakati  haqidagi  axborotni  yig‗ish  va 
tartibga solish. 
Markaziy  depozitariy  davlatga  tegishli  bo‗lmagan  naqd  va  naqdsiz  qimmatli  qog‗ozlarga 
bo‗lgan huquqlar hisobini, aksiyadorlar reestrini yuritish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga 
moliyaviy  yordam  ko‗rsatish,  boshqa  yuridik  shaxslarning  ustav  fondlarida  ishtirok  etish 
huquqiga ega emas. 
Depozitariyning  asosiy  xizmatlaridan  biri  Davlat  mulki  qo‗mitasiga,  uning  hududiy 
bo‗linmalariga,  tarmoq  birlashmalariga,  uyushmalar  va  kontsernlarga  statistik  hamda 
ma‘lumotnoma tusidagi axborotlarni taqdim etishdir. 
 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish