1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/119
Sana09.08.2021
Hajmi2,52 Mb.
#143599
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119
Bog'liq
alishrr

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


7-Mavzu: Investitsiyalar va investitsion faoliyatning bozor infratuzilmasidagi ahamiyati. 
                            Reja: 
1. Investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.  
2. Investitsiyaning turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 
3. Mamlakatimizda olib borilayotgat investitsion siyosat va uning natijalari. 
 
 
1. Investitsiyaning mohiyati va ahamiyati. 
 
Investitsiya  muassasalari  -  bu  qimmatli  qog‗ozlar  bilan  o‗z  faoliyatini  asosiy  faoliyat 
sifatida amalga oshiruvchi qimmatli qog‗ozlar bozorining professional ishtirokchilaridir. 
Investitsiya  muassasasi  bo‗lgan  yuridik  shaxsning  ustavida  uning  asosiy  faoliyat  turi 
albatta  ko‗rsatilishi  kerak  (bu  investitsiya  muassasalarini  oddiy  xo‗jalik  yurituvchi 
subyektlaridan  ajratib  turuvchi  birinchi  xususiyat).  Boshqa  mamlakatlarda  investitsiya 
muassasalari  qimmatli  qog‗ozlar  bozorida  o‗z  faoliyatini  maxsus  faoliyat  sifatida  amalga 
oshiruvchi tashkilot, deb ta‘riflanadi.
 
Investitsiya  muassasalari  uchun  maxsus  yoki  asosiy  faoliyat  turi  haqidagi  talab  tartibga 
soluvchi organlarning yuqori ixtisoslashuvni ta‘minlashga va shu orqali qimmatli qog‗ozlar bilan 
doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi xo‗jalik yurituvchi subyektlar kasbiy maxoratining yuqori 
darajasiga  erishishga  intilishi  bilan  shartlangan.  Bundan  asosiy  maqsad  pirovardida 
sarmoyadorlar  manfaatlarini  eng  yuqori  darajada  himoyalashga  erishishdan  iborat.  Biroq 
mamlakatimiz  fond  bozori  endigina  shakllanish  bosqichida  bo‗lib,  qimmatli  qog‗ozlarning 
likvidligi yuqori bo‗lmagan hozirgi vaqtda investitsiya muassasasi maqomini olishga da‘vogarlik 
qiluvchi tashkilotlar uchun bunday sharoitda o‗z faoliyatini amalga oshirish juda qiyin bo‗ladi. 
Shuning  uchun  fond  bozorida  ishlashga  ixtisoslashgan  tashkilotlar  shakllanish  bosqichida 
o‗zlarini  ular  faoliyatining  taqiqlanmagan  boshqa  aniq  investitsiya  muassasasining  faoliyati 
bilan  qo‗shib  olib  borilishidan  olingan  daromadlar  hisobidan  qo‗llab-quvvatlashi  hech  qanday 
xavfli  emas.  Shu  bilan  birga,  qonun  hujjatlarida  qimmatli  qog‗ozlar  bozoridagi  ayrim  faoliyat 
turlarining  birgalikda  olib  borilishi  taqiqlanadi.  Chunonchi,  investitsiya  maslahatchilari, 
investitsiya  fondlari  va  boshqaruvchi  kompaniyalar  o‗zlariga  tegishli  faoliyat  turini 
qimmatli  qog‗ozlar  bozoridagi  professional  faoliyatning boshqa  turlari  bilan  birgalikda  olib 
borish huquqiga ega emas. Reestr saqlovchilar o‗zlarining qimmatli qog‗ozlar egalari reestrini 
yuritish  bo‗yicha  faoliyatini  fond  bozoridagi  depozitar  faoliyatdan  tashqari  professional 
faoliyatning  boshqa  turlari  bilan  birgalikda  olib  borishi  man  etiladi.  Ushbu  cheklovlar 
sarmoyadorlar  huquqlarini  himoyalash,  ularning  qimmatli  qog‗ozlarga  investitsiya 
qilishdagi  xatarlarini  kamaytirish  uchun  shuningdek,  investitsiya  muassasasi  hamda 
mijozlar  manfaatining  qo‗shilib  ketishi  va  shu  munosabat  bilan  nizoli  vaziyatlarning 
sodir  bo‗lishi  hollariga  yo‗l  qo‗ymaslik    uchun  zarur.  O‗zbekiston  qimmatli  qog‗ozlar 
bozoridagi  har  xil  faoliyat  turlarining  birlashtirish  bir  shaxsning  o‗ziga  investitsiya 
muassasasining  har  xil  turdagi  sifatida  faoliyat  yuritish  uchun  bir  necha  litsenziyalarni 
berish yo‗li bilan amalga oshiriladi.  
Investitsiya    muassasalari  sifatida  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  qatnashishi  mumkin. 
Yuridik shaxs hisoblangan investitsiyaning faoliyati litsenziyalanishi lozim. Litsenziyalar 5 yil 
muddatga  beriladi.  Investitsiya  muassasalarining  litsenziyalanishi  ular  faoliyatining  davlat 
tomonidan nazorat qilinishini anglatadi. Qimmatli qog‗ozlar bozoridagi har bir faoliyat turiga 
mazkur  bozorni  tartibga  soluvchi  organning  muayyan  litsenziyasi  to‗g‗ri  keladi.  Jismoniy 
shaxslar  qimmatli  qog‗ozlar  bozorida  investitsiya  maslahatchisi  va  investitsiya  vositachisi 
sifatida  faoliyat  ko‗rsatishi  mumkin.  Ushbu  faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  jismoniy  shaxslar 
mahalliy  hokimiyat  idoralarida  tadbirkorlar  sifatida  ro‗yxatga  olinishi  hamda  fond  bozorini 
tartibga  soluvchi  organ  tomonidan  beriladigan  malaka  shahodatnomasiga  va  litsenziyaga  ega 
bo‗lishi lozim. Malaka shahodatnomasi 3 yil muddatga beriladi. 


Investitsiya muassasalarining ikkinchi o‗ziga xos xususiyati shundaki,  ularni  xodimlarining 
asosiy tarkibi, xususan: 
     - investitsiya muassasalarining rahbarlari; 
     -  investitsiya  muassasalarining  qimmatli  qog‗ozlar  bilan  investitsiya  muassasasi  nomidan 
bitimlar 
tuzishda 
bevosita 
ishtirok 
etuvchi, 
shuningdek, 
mijozlar 
bilan 
ishlovchi 
mutaxassislari 
fond 
bozorining 
ahvoli 
uchun 
mas‘ul 
bo‗lgan 
organda 
majburiy 
ravishda 
shahodatlashdan o‗tishlari kerak. 
Investitsiya muassasasida ishlovchi va qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalarni bajarishga 
doir  hujjatlarga  imzo  chekish  huquqiga  ega  bo‗lgan  shahodatlashdan  o‗tgan  mutaxassislar 
kamida ikkita xususiyatga ega bo‗lishi zarur. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish