4.
Qarz (kredit) shartnomasining imzolanishi.
5.
Lizing shartnomasining imzolanishi.
6.
Lizing obyekti uchun to‘lovlarni amalga oshirish.
7.
Sotuvchi tomonidan lizing obyektining bevosita lizing oluvchiga yetkazib berilishi.
8.
Tomonlar kelishuviga asosan lizing obyektini sug‘urtalash.
9.
Lizing to‘lovlarini amalga oshirish.
3.3-rasm. Qo‗shimcha mablag‗larni jalb qilish asosida o‗tkaziladigan
lizing operatsiyasining
sxemasi
Qo‗shimcha lizing - Sublizing (sub-lease). Ko‗pincha lizing to‗g‗ridan-to‗g‗ri emas,
balki, vositachilar yordamida amalga oshiriladi. Sxema bo‗yicha bu quyidagicha bo‗ladi:
odatda, asosiy lizing beruvchi, vositachi, hamda mavjud lizing kompaniyasi orqali uskunalarni
lizing oluvchiga ijaraga beradi. Vositachi to‗lovga qobiliyatsiz bo‗lganda yoki u bankrotga
uchragan taqdirda, lizing to‗lovlari asosiy lizing beruvchiga to‗lanishi lozimligi shartnomada
belgilab qo‗yiladi. Bu kabi bitimlar «sublizing» nomini olgan.
Ushbu sxema lizing oluvchi va lizing beruvchilar turli hududlarda joylashgan hollarda
qo‗llanilishi mumkin. Chunki uskunalarning ishlatilishi ustidan nazorat olib borish, to‗lovlarning
o‗z vaqtida bajarilishini kuzatish, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish kabi masalalarni
hal etish mahalliy lizing kompaniyasi uchun qulayroqdir.
Vositachi ishtirokidagi ko‗pgina lizing operatsiyalari, qo‗shimcha lizing (sublizing)
sxemasi asosida amalga oshiriladi (3.4-rasm).
Asosiy lizing beruvchi lizing to‗lovlarini olishda imtiyozli huquqlarga ega bo‗ladi.
Shartnoma shartlariga binoan uchinchi shaxs bankrotlikka uchrasa, asosiy lizing to‗lovlari lizing
beruvchiga to‗lanadi. Bu xil operatsiyalar sublizing deb yuritiladi. Bundan tashqari, «sublizing»
sxemasidan xolding, kontsernlarga kiruvchi tashkilotlarning qayta texnik qurollanishi borasida
ham foydalanish mumkin. Ko‗pincha bosh korxonalar o‗zlarining sho‗‘ba korxonalarini
uskunalar sotib olish uchun ajratiladigan pul mablag‗laridan to‗g‗ri foydalana olishiga to‗la
ishonch hosil qilmasliklari mumkin va shu sababdan, ularni bevosita moliyalashtirishni
istamaydilar. Bunda bosh korxona sho‗‘ba korxonalarining arizalariga binoan kerakli
uskunalarni sotib olib, buyurtmachilarga yetkazib berish maqsadida lizing kompaniyasini tashkil
etadi. Kelajakda u lizing to‗lovlarini o‗z vaqtida to‗lanishini nazorat qilib turadi, ularni to‗plab,
asosiy lizing beruvchiga yetkazilishini ta‘minlaydi, uskunalarning to‗g‗ri ishlatilishi ustidan
nazorat o‗rnatadi, kelishuvda belgilangan bo‗lsa, texnik xizmatlar ham ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: