3.2-rasm. Qaytariladigan lizing operatsiyasini o‗tkazish sxemasi.
Korxonaning daromadlilik darajasi past bo‗lgan hollarda u jadal amortizatsiya va
daromad solig‗i bo‗yicha imtiyozlarga ega bo‗lmagan sharoitda bu turdagi lizing operatsiyasiga
murojaat qilish mumkin. Korxona bu operatsiyada ishtirok etadi, lizing kompaniyasi esa soliq
imtiyozlariga ega bo‗ladi. O‗z navbatida, korxona lizing kompaniyasi uchun lizing to‗lovlari
foizini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
So‗nggi vaqtda uskuna ishlab chiqaruvchilari va lizing kompaniyalari o‗rtasida
bitimlarning imzolanishi kuzatilmoqda. Bitimlar asosida lizing kompaniyasi nomidan ishlab
chiqaruvchi mijozlarga o‗zining mahsulotini lizing bo‗yicha moliyalashni taklif qiladi. SHunday
qilib, lizing kompaniyasi sotuvchining savdo tizimidan foydalanadi, sotuvchi esa o‗z mahsulotini
sotish chegaralarini kengaytiradi. Bunday kelishuv «sotuvdagi yordam» nomini olib (sales-aid),
odatda ular past qiymatga ega uskunalarga nisbatan qo‗llaniladi.
Bunday sxema bo‗yicha butun korxonalarni ham lizingga topshirish mumkin, bunda
sotuvchi va lizing oluvchi bitta yuridik shaxs hisoblanadi.
Bu xildagi lizing operatsiyalari, avvalo moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan
kechirayotgan korxonalar uchun qo‗l kelishi mumkin. Bunday korxonalar bir vaqtning o‗zida
uskunalarni sotib, moliyaviy mablag‗ga ega bo‗ladilar, hamda lizing shartnomasini tuzib, o‗z
uskunalaridan foydalanadilar.
Leveredj (kreditli, ulushli, alohida) lizing (leveraged lease) yoki qo‗shimcha mablag‗larni
jalb qiluvchi lizing turi bo‗lib, ko‗p kanalli moliyalashtirishdan iborat bo‗lganligi tufayli
lizingning eng murakkab turlaridan hisoblanadi va qiymati katta bo‗lgan loyihalarni amalga
oshirishda qo‗llaniladi.
Bu turdagi lizingning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda lizing beruvchi
uskunani sotib olayotganda uskuna qiymatining to‗la qiymatini emas, balki ma‘lum qismini
to‗laydi. Uskuna qiymatining qolgan qismini u bir yoki bir nechta kreditorlardan ssuda olib
to‗lash hisobiga qoplaydi. Ayni chog‗da, lizing kompaniyasi mulkning to‗la qiymati soliqqa
tortilishi bilan bog‗liq barcha imtiyozlardan foydalanishni davom ettiradi.
Milliy moliya-kredit munosabatlariga xos bo‗lmagan ma‘lum shartlar asosida lizing
beruvchi ssudani olishi ushbu turdagi lizingning yana bir o‗ziga xos xususiyatidan biri bo‗lib
hisoblanadi. Kredit lizing beruvchining aktivlariga da‘vo qilish huquqisiz beriladi. SHu sababli
Do'stlaringiz bilan baham: |