- aholi mablag‗lari
621,9
11,3
828,0
9,8
112,0
- to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiya
va kreditlar
975,7
17,8
1772,1
20,9
150,2
- tijorat banklari kreditlari va boshqa
qarz mablag‗lari
172,4
3,1
425,5
5,0
246,8
Jadvaldan ko‗rinadiki, o‗tgan yil davomida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi va
tarkibida ahamiyatli o‗zgarishlar ro‗y bergan. Yuqorida ta‘kidlanganidek, asosiy kapitalga
investitsiyalarning umumiy hajmi 128,3 foizga o‗sgan. Shu jumladan, markazlashgan
investitsiyalar hajmi 129,1% ga, markazlashmagan investitsiyalar 128% ga o‗sgan. O‗sish
sur‘atlarini investitsiyalarning tarkibiy qismlari bo‗yicha ko‗rib chiqilsa, eng yuqori ko‗rsatkich
tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‗lariga to‗g‗ri kelib, ularning hajmi deyarli 2,5
baravar oshib, investitsiyalar tarkibidagi ulushi o‗tgan yildagi 3,1% dan 5% ga qadar ko‗tarilgan.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1,5 baravardan ko‗proq o‗sib, buning
natijasida ularning investitsiyalar tarkibidagi ulushi 20,9% ga qadar oshgan.
O‗zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‗naltirilganini ta‘kidlash darkor.
Keyingi yillarda O‗zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining
izchil va barqaror o‗sib borayotgani e‘tiborga sazovordir. 2008-yilda 1 milliard 700 million
AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‗zlashtirildi. Bu 2007-yildagiga nisbatan 46
foiz ko‗p demakdir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‗g‗ridan-to‗g‗ri
investitsiyalar tashkil etdi.
Mamlakatimizdagi investitsiya jarayonlarining takomillashib borayotganligi namoyon
etuvchi yana bir jihat - davlat byudjetidan moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli
darajada o‗zgarib borayotganligi hisoblanadi. Investitsiya jarayonlariga davlat byudjetidan
moliyalashtirilgan mablag‗lar dinamikasi shuni ko‗rsatadiki, agar 2005-yilda davlat byudjetdan
moliyalashtirilgan mablag‗larning 36,2% respublika byudjeti, 63,8% mahalliy byudjet hisobiga
ta‘minlangan bo‗lsa, 2009-yilda bu nisbat tegishli ravishda 35,5% va 64,5% ni tashkil etishi
ko‗zda tutilmoqda (7.2-rasm). Bu esa investitsiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy
byudjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini ko‗rsatadi.
Shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009-
yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800
million dollarga ko‗payadi, buning to‗rtdan uch qismi to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalardir
.
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish
borasida strategik muhim rol o‗ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab
chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda bundan ikki yil avval tashkil etilgan, bugungi kunda 3
milliard 200 million AQSh dollaridan ortiq Nizom jamg‗armasiga ega bo‗lgan O‗zbekiston
Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda. Yaqin istiqbolda ushbu
Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko‗zda tutilmoqda. O‗tgan ikki yil mobaynida
o‗nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda
moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSh dollaridan ziyod miqdorda kreditlar
ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: