2. Investitsiyaning turlari va ularning o‟ziga xos xususiyatlari.
Investitsiya fondlari - bu jismoniy va yuridik shaxslar mablag‗larini to‗plovchi hamda
foyda olish, aksiyadorlar xatarini kamaytirish maqsadida ushbu mablag‗larni fond nomidan
qimmatli qog‗ozlarga, bank hisobraqamlariga va omonatlarga joylashtiruvchi tashkilotdir.
Investitsiya fondi yuridik shaxs bo‗lib, aksiyalarni chiqarish va xarid qilishni, qimmatli
qog‗ozlar bilan boshqa bitimlarni amalga oshiradi, shuningdek, u aksiyalariga egalik qilayotgan
korxonalarning rivojlanishida va faoliyati samaradorligini oshirishda aksiyador huquqlari bilan
ishtirok etadi.
Investitsiya fondlari ikki xilga bo‗linadi: ochiq va yopiq investitsiya fondlari. Ochiq turdagi
investitsiya fondlari aksiyalarni ularni sotib olish majburiyati bilan muomalaga chiqaradi, ya‘ni
fond qimmatli qog‗ozlarining egalariga ularning o‗rniga pul summasi yoki mol-mulkni olish
huquqini beradi, bu ustavda oldindan ko‗zda tutilishi lozim. Yopiq turdagi investitsiya fondlari
aksiyalarni ularni sotib olish majburiyatisiz muomalaga chiqaradi.
Investitsiya fondlarining muassislari bo‗lib yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi
mumkin, bunda ularning soni ikkitadan kam bo‗lmasligi kerak. Investitsiya fondining ustav fondi
eng kam ish haqining 500 barobaridan kam bo‗lmasligi lozim. Fond aksiyalariga dastlabki obuna
fond davlat ro‗yxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Fond ustav sarmoyasining kamida 75 foizi pul mablag‗lari bilan to‗lanishi zarur. Investitsiya
fondi davlat ro‗yxatiga olinib, investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‗rsatish uchun litsenziya
olganidan keyin u tashkil etilgan hisoblanadi. Investitsiya muassasasi sifatida faoliyat ko‗rsatish
uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
Fondni tashkil etishda uning aksiyalari ochiq obuna yo‗li bilan tarqatiladi, bunday obuna
boshqaruvchi kompaniya tomonidan amalga oshiriladi. Obunaning eng uzoq muddati 6 oy qilib
belgilanadi. Obunaning yakunlanishida investitsiya fondining ustav sarmoyasi u tomonidan
amalda joylashtirilgan aksiyalar bilan muvofiqlashtiriladi va adliya idoralarida ro‗yxatdan
o‗tkaziladi,
Investitsiya fondining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi hisoblanadi.
Umumiy yig‗ilishning maxsus vakolatiga qonun hujjatlari bilan belgilanganlardan tashqari, fond
faoliyatining chegaralanishini, depozitariy va boshqaruvchi kompaniyalar bilan shartnomalarni
ma‘qullash kiradi. Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishlari o‗rtasidagi davr 15 oydan oshmasligi
kerak. Ushbu vaqt mobaynida kuzatuvchi kengash uning oliy organi hisoblanadi.
Investitsiya fondi investitsiyalarini boshqarish va uning qimmatli qog‗ozlari portfelini
shakllantirishni, shuningdek, fondga maslahat xizmatlarini ko‗rsatishni boshqaruvchi kompaniya
amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi idoralari tomonidan ta‘sis etilgan investitsiya muassasalari
yoki ustav fondining 25 foizi davlatga tegishli bo‗lgan tashkilotlar, shuningdek,
affilyatsiyalangan shaxslar investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniyasi bo‗la olmaydi.
Investitsiya fondining affilyatsiyalangan (tobe) shaxslari deganda yuridik va jismoniy shaxslar,
boshqaruvchi kompaniya hamda uning mansabdor shaxslari, muassislar va ovoz beruvchi
aksiyalarning 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar tushuniladi. Affilyatsiyalangan shaxslar
tarkibiga mazkur boshqaruvchi kompaniya bilan boshqarish to‗g‗risida shartnoma tuzgan barcha
investitsiya fondlari kiradi. Investitsiya fondining ishtirokchilari boshqaruvchi kompaniyaning
muassisi va a‘zosi bo‗lishi mumkin emas, o‗z navbatida, boshqaruvchi kompaniyaning
muassislari, mansabdor shaxslar, mutaxassislar hamda ularning affilyatsiyalangan shaxslari
investitsiya fondining aksiyadorlari bo‗la olishmaydi. Investitsiya fondining kuzatuvchi
kengashlari hamda boshqaruvchi kompaniyalar tarkibiga davlat xokimiyati va boshqaruvi
idoralarining mansabdor shaxslari kiritilishi mumkin emas. Boshqaruvchi kompaniya bilan
investitsiya fondining aktivlarini boshqarish to‗g‗risidagi shartnomani aksiyadorlarning umumiy
yig‗ilishi tomonidan vakil etilgan fondni kuzatuvchi kengashining raisi tuzadi. Kuzatuvchi
kengash boshqaruvchi kompaniya tomonidan tuziladigan bitimlarning ro‗yxatini, shuningdek,
bitimlarning xususiyati va hajmiga ko‗ra chegaralarni belgilashi mumkin. Boshqaruvchi
kompaniya o‗z faoliyatini investitsiya fondi nomidan amalga oshiradi, aksiyalari fondga tegishli
bo‗lgan korxonalar aksiyadorlarining umumiy yishlishida aksiyador sifatida ishtirok etadi,
Boshqaruvchi kompaniya tomonidan olinadigan umumiy yillik mukofot pulining miodori
investitsiya fondi sof aktivlari o‗rtacha yillik qiymatining 5 foizidan oshmasligi kerak.
Fond aksiyalari birinchi nashrining hisobi Markaziy depozitariyda, keyingi nashrlarining
hisobi esa, Markaziy depozitariy bilan vakillik munosabatlariga ega bo‗lgan boshqa
depozitariylarda yuritiladi. Depozitariy fond qimmatli qog‗ozlari bilan operatsiyalarni hisobga
oladi va nazorat qiladi, shu jumladan, qimmatli qog‗ozlarni almashtirish, xarid qilish va sotish
bo‗yicha cheklovlarni amalga oshiradi, Depozitariyning talabiga ko‗ra uning vakili fond
kuzatuvchi kengashining majlisida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Investitsiya fondi aksiyadorlarining reestri depozitariy tomonidan yuritiladi. Depozitariy
fondning kreditori yoki kafili bo‗lish huquqiga ega emas. Fondning, boshqaruvchi kompaniya va
depozitariyning hujjatlari hamda hisobotlarini fond tomonidan tayinlangan mustaqil auditor
yillik tekshiruvdan o‗tkazadi.
Depozitariy - bu qimmatli qog‗ozlarni saqlash va qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlarni
hisobga olish bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi qimmatli qog‗ozlar bozorining
muassasasidar. Faqat naqd (qog‗oz blanklar ko‗rinishidagi) qimmatli qog‗ozlarni chiqarish va
ularning muomalada bo‗lishi jamiyat uchun ancha qimmatga tushadi, chunki ularni tayyorlash
uchun juda ko‗p hajmdagi bo‗yoqlar, qog‗ozlar va hokazolar sarflanadi. Bundan tashqari,
qimmatli qog‗ozlarning qog‗oz blanklarini saqlash ko‗pincha texnik xususiyatdagi muayyan
qiyinchiliklar bilan bog‗liq (saqlash uchun maxsus xonalar, seyflarning mavjud bo‗lishi zarurati).
Nihoyat, naqd qimmatli qog‗ozlar muomalada bo‗lishida qator muammolarni keltirib chiqaradi.
O‗tkazma yozuvlarni taqdim etish, transferagentlik xizmatlari, o‗rabbog‗lash va tashish, har bir
blankning haqiqiyligini tekshirish va h.k. Yuqorida sanab o‗tilgan holatlar shunga olib keldiki,
XX asr 70-yillarining o‗rtalarida naqdsiz qimmatli qog‗ozlar paydo bo‗la boshladi. Ularni
hisobga olish va saqlash, xuddi pul mablag‗larini banklardagi hisobraqamlarda saqlash singari,
buning uchun maxsus mo‗ljallangan muassasalar depozitariylardagi "depo" hisobraqamlarida
yozuvlar ko‗rinishida amalga oshirilardi, qimmatli qog‗ozlarni naqdsiz shaklda chiqarish,
saqlash va muomalada bo‗lishi an‘anaviy naqd shakldagi usulga qaraganda o‗zining ancha
ustunliklarini ko‗rsatdi, chunki u har bir emitent va har qaysi jamiyat uchun katta miqdordagi
mablag‗larni tejash imkonini berdi, bundan tashqari, emitentlar sarmoyadorlar hamda
vositachilar uchun bir qator qulayliklarni ta‘minladi, bugungi kunda naqdsiz qimmatli
qog‗ozlarni chiqarish butun dunyoda qimmatli qog‗ozlar bozorini rivojlantirishning asosiy
tamoyili bo‗lib hisoblanadi.
Depozitariylardagi naqdsiz hisobga olish qimmatli qog‗ozlarning moddiy joylashtirilishi
zaruratini istisno etuvchi ro‗yxatlarning kompyuterlashgan tizimi orqali bitim bo‗yicha hisob-
kitoblarni bajarish jarayonini anglatadi. Naqdsiz hisobga olish kompyuterlashgan tizimi ikkita
muhim shartga rioya etilishini nazarda tutadi: qimmatli qog‗ozlarni harakatsizlantirish va ularni
moddiysizlantirish.
Qimmatli qog‗ozlarni harakatsizlantirish - bu qimmatli qog‗ozlarni ifoda qiluvchi jismoniy
hujjatlarni (sertifikatlarni) depozitariyda joylashtirish demakdir. Sarmoyadorlarning aksariyat
qismi, ayniqsa, tez-tez bitimlar tuzuvchi sarmoyadorlar qimmatli qog‗ozlarga egalik qilish
guvohnomasi sifatida qo‗llarida sertifikatga ega bo‗lishni afzal ko‗rishadi. "O‗ttizlik guruhi"
barcha usullar bilan bunday amaliyotdan voz kechishni qat‘iy ravishda tavsiya qiladi, chunki
qog‗oz sertifikatlarni ko‗chirish va saqlash oxiroqibatda bozorning rivojlanishini sezilarli
darajada murakkablashtiradi. Qimmatli qog‗ozlarni moddiysizlantirish - bu jismoniy qimmatli
qog‗ozlarni chiqarmagan holda emissiyani amalga oshirishdir, qimmatli qog‗ozlarni
harakatsizlantirishdagi kabi depozitariyga bunday vaziyatda ham qimmatli qog‗ozlarga egalik
qilish haqidagi yozuvlarni saqlash majburiyati yuklatiladi. Shundan keyin depozitariy
mijozlarning talablariga ko‗ra naqdsiz hisobraqamlarga o‗tkazish yo‗li bilan mulkchilik huquqini
o‗tkazadi. Moddiysizlantirishning harakatsizlantirishdan muhim farqi shuki, bunda sarmoyador
uchun egalik qilish haqidagi guvohnoma siatida qo‗liga sertifikatni olish imkoniyati yo‗q.
Bank tizimi singari, O‗zbekiston Respublikasining depozitar tizimi ham ikki pog‗onalidir.
Bu shuni anglatadiki, davlat unitar korxonasi ko‗rinishida tashkil etilgan Markaziy depozitariy
mamlakatning bosh depozitariysi hisoblanadi. U O‗zbekiston depozitariylarida qimmatli
qog‗ozlarni saqlash, huquqlarni hisobga olish va harakatining yagona tizimini ta‘minlaydi
{birinchi pog‗ona). Qolgan depozitariylar - nodavlat korxonalar bo‗lib, ularning muassislari
sifatida yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok
etishi mumkin, Bu depozitariylar Markaziy depozitariyga bo‗ysunadi va u bilan vakillik
aloqalarini o‗rnatishga majbur (ikkinchi pog‗ona). Depozitariylar o‗z deponentlarining
hisobraqamlarida, ularning markaziy depozitariylardagi vakillik hisobraqamlarida umumiy
hisobga olinadigan naqdsiz qimmatli qog‗ozlarga nisbatan huquqlarning hisobini yuritadi.
O‗zining asosiy faoliyatidan tashqari, depozitariylar qimmatli qog‗ozlarning nominal egasi
vazifasini bajarishi (ya‘ni depozitariy qimmatli qog‗ozlar egasining topshiriri asosida qimmatli
qog‗ozlar egalarining reestrida ularning nominal egasi sifatida ro‗yxatga olinishi mumkin),
shuningdek, qimmatli qog‗ozlar egalarining reestrini yuritish buyicha faoliyatni amalga oshirishi
mumkin.
Depozitariy ustav fondining miqdori eng kam ish haqining 2000 barobaridan kam
bo‗lmasligi kerak, o‗z sarmoyasi va qarz mablag‗lari o‗zaro nisbatining koeffitsiyenti
N1>0,0001 darajasida belgilangan. Bunda mijozlar mablag‗lari sifatida saqlash uchun qabul
qilingan qimmatli qog‗ozlarning qiymat summasidan foydalaniladi. Bir mijozga to‗g‗ri
keladigan xatarning eng ko‗p miqdori ko‗rsatkichi depozitariylarga nisbatan qo‗llanilmaydi.
Depozitariylarda qimmatli qog‗ozlarning but saqlanishi qimmatli qog‗ozlarning maxsus
saqlash joylarida va hisob ro‗yxatlarining depozitar operatsiyalarining andozalariga muvofiq
qimmatli qog‗ozlarni saqlash va qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlarni hisobga olishga doir
yozuvlar tizimining yuritilishi bilan ta‘minlanadi. Markaziy depozitariy, bundan tashqari,
qo‗shimcha ravishda o‗z axborot ma‘lumotlar bazasini takrorlash tizimi bilan qimmatli
qog‗ozlarning but saqlanishini ta‘minlaydi.
Markaziy depozitariy qimmatli qog‗ozlarni saqlash, tegishli guvohnomani bergan holda
naqd va naqdsiz qimmatli qog‗ozlarga nisbatan huquqlar hisobini yuritish hamda tasdiqlash
vazifasini bajaruvchi oddiy tashkilotlardan farqli o‗laroq quyidagi vazifalarni bajaradi:
- qimmatli qog‗ozlarning naqdsiz nashrlarini saqlash;
- davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan obyektlarning naqd qimmatli
qog‗ozlarini ularni sotib olgunga qadar saqlash;
- naqd va naqdsiz qimmatli qog‗ozlarga nisbatan davlat huquqining hisobini yuritish;
- depozitariyning vakillik hisobraqamlarini yuritish;
- birja va birjadan tashqari savdolar ishtirokchilarining qimmatli qog‗ozlarini ularning
savdoga qo‗yilishi oldidan mavjudligini va haqiqiyligini tasdiqlash;
- birja va birjadan tashqari savdolar ishtirokchilariga savdolarda tuzilgan bitimlar bo‗yicha
qimmatli qog‗ozlarning yetkazib berilishini ta‘minlash;
- naqd va naqdsiz qimmatli qog‗ozlarning muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi
hujjatlarni saqlash;
- O‗zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan, shuningdek, chet el
bozorlarida O‗zbekistonning rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‗ozlarni hisobga
olish;
- depozitariylar tizimida qimmatli qog‗ozlarning harakati haqidagi axborotni yig‗ish va
tartibga solish.
Markaziy depozitariy davlatga tegishli bo‗lmagan naqd va naqdsiz qimmatli qog‗ozlarga
bo‗lgan huquqlar hisobini, aksiyadorlar reestrini yuritish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga
moliyaviy yordam ko‗rsatish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish
huquqiga ega emas.
Depozitariyning asosiy xizmatlaridan biri Davlat mulki qo‗mitasiga, uning hududiy
bo‗linmalariga, tarmoq birlashmalariga, uyushmalar va kontsernlarga statistik hamda
ma‘lumotnoma tusidagi axborotlarni taqdim etishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |