1-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematika oʻitishda kompetesiyaviy yondashuv. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan dts tahlili. O'quv dasturi tahlili



Download 0,78 Mb.
bet1/4
Sana13.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#664602
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot MOM


1-mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematika oʻitishda kompetesiyaviy yondashuv.Boshlang‘ich sinflarda matematikadan DTS tahlili. O'quv dasturi tahlili.
Savollar
1. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning asosiy vazifasi bo`lgan talim - tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursini qanday darajada tayyorgarligi borligiga, bolalar bog`chalarining tayyorlov guruhlari dasturi orqali hamda uylarda matematik tushunchalarni o`rganib qanday bilimlarga egaligiga bog`liq.
Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o`quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya`ni past bilimga ega bo`lgan o`quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o`quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O`qituvchi quyidagi sistema bilan o`quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi:
Nechagacha sanashni biladi?
Nechagacha sonlarni qo`shishni biladi?
Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?.
>, <,  belgilarini ishlata oladimi?
Nomalumlar bilan berilgan qo’shish va ayirishda bu nomalumlarni topa oladimi?
Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi?
Nechagacha sonlarni yoza oladi?
O`ng, chap, kam, ko’p, og’ir, yengil, teng kabilarni farqlay oladimi?
Pul, narx, soat, minut, uzunlik, massa o’lchov birliklari bilan muomala qila oladimi?
Bolalarni tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalash kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bunday ishlar o’quvchilarnig og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o’zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.
2. Boshlang’ich matematika kursining tuzilishi, mazmuni.


Boshlang’ich matematika kursi maktab matematika kursining takibiy qismidir. Shu sababli boshlang’ich matematikani muvaffaqiyatli o’zlashtirish maktabda butun matematik ta’limni to’g’ri yo’lga qo’yishga asos bo’lishi tushinarli bo’lib qoldi. Akademik A.N. Kolmogorov V-IX sinflar dasturlari “natural sonlar bilan (aslida har qanday kattalikdagi) to’rt arifmetik amalni bajarishning puxta ko’nikmalari birinchi to’rtta sinfdayoq o’zlashtiriladi, degan faraz kelib chiqadi” deb bejiz aytilgan emas.
Ma’lumki o’quv predmeti ilgarigidek “arifmetik” emas, balki “matematika”deb ataladi. Fan nomining bunday o’zgartirilishi bejiz emas: bu o’zgarish o’zida mazkur O’quv predmetining mazmuni va tuzilishini o’zgartirishni aks ettiradi.
Matematika dasturining asosiy o’zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo’lib, bu o’zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlar arifmetik bilimlar tizimsiga tarkiban qo’shilib son, arifmetik amallar va matematik amallar hamda matematik munosabatlar haqida tushunchalarning yuqoriroq darajada o’zlashtirishiga imkon beradi.
Shunday qilib boshlang’ich matematika kursi o’z tuzilishi bo’yicha uch fanni o’z ichiga olgan butun kursdir, unda arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni farq qilish kerak.
Zaruriy umumlashtirishlarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlar maqsadlari mazmuniga emas, balki o’quv materiallarining joylashish tizimsi ham javob beradi. O’quv materiali dasturda yo chiziqli, yoki kontsenrik joylashishi mumkin.
Algebra elementlarini kiritish chuqur tushunilgan va umumlashgan o’zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik tengsizlik, tenglama, o’zgaruvchi tushunchalari konkret asosida ochib beriladi.
Birinchi sifdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar(4=4; 6=1+5; 2<3; 6+1>5; 8-3<8-2 va h.k) qaraladi. Ular kontsentrdan kontsentrga o’tgan sari murakkablashib boradi. Ularni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan bog’lanadi va uni chuqurroq ochib berishga yordam beradi. Shu yerning o’zida soddaroq ko’rinishdagi x+3=6; 8-x=3 va x tenglamalar boshlanadi. Keyinroq II sifdan boshlab murakkabroq masala (x+6)=3+20 va h.k. ko’rinishdagi tenglamalarga qaraladi. Tenglamalarni yechishdan oldin tanlash metodi bilan so’ngra esa amaldagi natijalar bilan komponentalari orasidagi bog’lanishlarni bilganlik asosida bajariladi. 2-sinfdan boshlab tenglamalar yechish bilan masalalarni tenglamalar tuzish yo’li bilan yechishga o’rgatib boriladi.



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish