va ularning hisobiga amalga oshirib, buning uchun komission to'lovlar oladi. Dilerlar bitimlarni
mijozlarning topshirig'i bo'yicha, biroq o'zining nomidan va o'zining hisbiga amalga oshiradi.
Dilerlar tovarni mulk qilib sotib oladi va uni sotib olgan narxdan qimmatroq sotishdan manfaatdor
bo'ladi. Vositachi (broker, diler) mijozdan sotish yoki sotib olishga topshiriq (buyruq) oladi, u
uchta ko'rsatkichni qamrab oladi: tovar soni (namunaviy shartnomalar soni), etkazib berish
muddati, narx. Mijozlar bilan hisob-kitoblar bevosita yoki birjaning hisob-kitob palatasi orqali
amalga oshiriladi. Brokerlar va boshqa vositachilar birjaga har bir
bitimdan belgilangan foiz
to'laydi.
Birjaning o'zi notijorat tashkiloti, biroq uning a'zolari tijorat bilan shug'ullanishi mumkin.
Qoidaga ko'ra, birja - aktsiyadorik jamiyati bo'lib, aktsiyadorlar yig'ilishi oldida javob beradigan
birja kengashi (direktorlar kengashi) tomonidan boshqariladi. Birja a'zolarining ikki xil tofasi
ajratib ko'rsatiladi: to'liq va noto'liq a'zolar. To'liq a'zolar birjaning barcha sektsiyalarida birja
savdolarida hech qanday cheklovsiz ishtirok etish huquqiga ega. Birja a'zosi operatsion zalda
vositachilar ishtirokisiz bitimlarni mustaqil tuzish huquqini beradigan o'ringa ega bo'ladi. Birja
a'zosi belgilangan qoidalarga muvofiq o'z joyini ijaraga berish huquqiga ega.
Birjaning operatsion zali axborot va hisob vositalari, maxsus aloqa bilan jihozlanadi.
Bitimlar tuziladigan joy birja xalqasi (pol), shuningdek, ring, yama (pit) deb ham ataladi, chunki
u zal sathidan 1-1,5 sm pastda joylashadi. Birja a'zosining joyi bu – telefon,
teleks va telefaks
aloqasi ibalan jihozlangan, birjaning elektron-axborot tablosiga chiqadigan kompyuterli stolcha,
kabina, taqa (rasta turi). Har bir o'rin o'z raqamiga ega.
Broker taklifini qabul qilgan birinchi mijoz, keyingi takliflardan qat'i nazar, bitim tuzgan
hisoblanadi. Agar tovar xarid qilishga bir nechta xaridor da'vaogarlik qilayotgan bo'lsa, ular
o'rtasida kimoshdi savdosi tamoyilida savdo o'tkaziladi. Agar sotuvchi narxi xaridor narxidan ortiq
bo'lsa, boshqa takliflar bo'lmagan taqdirda bitim sotuvchi va xaridor bir-biriga yon bosib narxni
tenglashtirgan holda o'ringa ega bo'ladi.
Shartnomalarni rasmiylashtirish kunning oxirida yokik eyingi kunning tongidan
kechikmasdan amalga oshiriladi. Birja operatorlari bitim yakunlangandan keyin og'zaki shaklda
30 daqiqa ichida bu haqida hisob-kitob palatasini ogohlantirishi zarur. Broker mijozga bitim
tuzilganligi haqida axborotni berishi zarur.
Shartnomalarning asosiy shartlarini standartlashtirish bitim tuzshni soddalashtirishga
xizmat qiladi.
Ayrim birjalarda, ayniqsa qishloq xo'jalik mahsulotlari birjalarida minimal talablarga javob
beradigan yoki mamlakatning birja qonunlarida ko'rsatilgan istalgan
tovar etkazib berilishi
mumkin. Boshqa qator birjalarda, avvalo, rangli va qimmatbaho metall birjasida, tovar markasi
oldindan ro'yxatga olinishi lozim.
Sifatdan tashqari, birja shartnomalarida boshqa ko'plab shartlar ham birxillashtirilgan.
Bunday shartnomalar namunaviy shartnoma deb ataladi, masalan, fyuchers birjalarda savdo faqat
lot deb ataladigan partiyalarda amalga oshiriladi. Bunda yuzaga kelgan o'lcham birliklaridan
foydalaniladi.
Aylanmani faollashtirish, savdogarlar maksimal sonini jalb etish uchun birjalar tovarlarning
faqat pozitsiya deb ataladigan belgilangan oylarda etkazib beriladigan tarzda tashkil qilishga
harakat qiladilar. Har bir bozor uchun asosan mavsumiylik bilan bog'liq
tala vataklifning
faollashuv davri xarakterli, masalan, qishloq xo'jalik mahsulotlarida bu hosilni yig'ib olish bilan
bog'liq. Mos ravishda, tovarni muddati belgilangan va shu oyda tugaydigan shartnomalar bo'yicha
etkazib berish ruxsat etilgan oylar belgilanadi.
Birjalarda tovarlar bir vaqtning o'zida bir nechta etkazib berish muddatida (oy) sotiladi (mos
ravishda, kotirovka qilinadi) va xatoga yo'l qo'ymaslik uchun ularning har birini aniq belgilab olish
talab qilinadi.
Tovarni etkazib berish joyi birja shartnomalarini bir xillashtirishning muhim elementi
hisoblanadi. Birjalar sotuvchilarga tovarni faqat birja qoidalarida ko'rsatib qo'yilgan belgilangan
joylarga keltirishga ruxsat beradi. Bu omborlar, elevatorlar, birja bilan maxsus kelishuvga ega
belgilangan talablarga javob beradigan banklar bo'lishi mumkin. Ular birjaga yaqin joyda yoki
boshqa joylarda, hatto jahon savdo talablariga javob beradigan va ehtiyojlarni qondira oladigan
tarzda boshqa mamlakatda joylashishi mumkin.
Ayrim birja qo'mitalari (palatalar) birja faoliyati haqidagi
axborotni shakllantirishga
bevosita aloqasi bor. Xususan, hisob-kitob palatasi (ayrim birjalarda kliring palatasi)
bachajumladan, muddtli bitimlarni ro'yxatga oladi, mijozlar va birja turli to'lov va hisob-kitoblarni
amalga oshiradi. Nazorat qo'mitasi birjado ishbirmonlik faolligini kuzatib boradi. U real tvoar
etkazib bershining borishnii nazorat qiladi, birja shartnomalarining ayrim firmalar qo'lida
muassamlashuvini kuzatib boradi, sun'iy taqchillikka va rax bilan o'ynashga qarshi kurashadi.
Kotirovka qo'mitasi narxlarni qayd qiladi, ularni bashorat va tahlil qiladi, narxlarni e'lon qiladi.
Qator birjalar tarkibida statistika qo'mitasi bo'lib, u hisob-kitoblarni, xususan, indekslarni
ta'minlaydi.
Barcha xorijiy mamlakatlarda birja faoliyati bank va pul tizimi
bilan birgalikda davlat
tomonidan tartibga solish ob'ekti hisoblanadi. Bu tasodifiy emas. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik
faoliyatiga davlatning to'g'ridan-to'g'ri aralashuvi bo'lmagan hollarda aynan birjalar bozorga ta'sir
etishning bilvosita, lekin jiddiy ta'sir vositasi hisoblanadi. Birjada kam sonli tovarlar kotirovka
qilinishiga qaramay, ularning ko'p qismi strategik xarakterga ega. Shu sababli birjada erkin narx
shakllanishi sharoitlarida u yoki bu tovar bozorining harakatini aks ettiradigan narxlar mamlakat
iqtisodiyoti ahvolining o'ziga xos indikatori bo'lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda ko'plab yirik tovar birjalari o'tasida axborot aloqalari yo'lga qo'yilgan. Bu
narxlarning tekislanishi va umumiy jahon bozorining shakllanishiga xizmat qiladi.
Tovar birjasi savdo bitimlari tuzish bo'yicha vositachilik xizmatlari ko'rsatish; tovar
savdosini tartibga keltirish; savdo operatsiyalarini tartibga solish va savdo mojarolarini hal qilish;
narx
haqidagi, ishlab chiqarishning ahvoli va narxga ta'sir etuvchi boshqa omillar haqidagi
ma'lumotlar to'plash va e'lon qilish uchun o'z xarajatlarini o'zi qoplash asosida faoliyat
ko'rsatadigan tashkilotdir. Tovar birjasida bitimlar predmeti tovar va uni etkazib berish bo'yicha
shartnomalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: