1. Tovar ommaviy bo'lishi va katta hajmda chiqarilishi lozim (ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar
soni katta). Bu talab va taklifni aniqlashga imkon beradi. Muvozanatli narx o'rnatiladi. Yagona
ishlab chiqaruvchining ijro etish usuli bo'yicha o'ziga xos mahsulotlari birja savdosi ob'ekti bo'la
olmaydi.
2. Sifat, saqlash shartlari, transport vositasida tashish va o'lchash bo'yicha talablar. Bu tovar
namunalar yoki texnik tavsiflar bo'yicha ko'rib chiqmasdan sotish mumkin bo'lishi uchun oson
standartlashtiriladigan bo'lishi lozim. Birja ishi amaliyotida standartlashtirish asl birja tovarining
belgisini tashkil qiladi.
3. Oldi-sotdi uchun taklif etiladigan tovar soni. Tovar birjada qat'iy belgilangan miqdorda sotiladi
va sotib olinadi. Bu hajmlar birja birliklari, partiya, lot deb ataladi va yoki transport vositalari
sig'imiga, yoki joyi, hajmi va vazniga mos keladi. Partiya yoki lot birja birligiga karra bo'lishi
lozim.
Birjada muomalada bo'ladigan barcha tovarlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish
mumkin:
Birinchi guruhni qishloq xo'jalik mahsulotlari tashkil qiladi, bu erda moy olinadigan
ekinlarning ulushi katta. Xuddi shu guruhga don ekinlari, chorva mahsulotlari, shakar, kofe, kakao,
yog'och materiallar kiradi.
Ikkinchi guruhga sanoat xomashyosi va uni qayta ishlash mahsulotlari kiradi. Bu erga
energiya vositalari, qimmatbaho va rangli metall kiradi.
Ta'kidlab o'tish joizki, tovar birjasiga odiy tovarlarga shartnomalar bilan bir qatorda
qimmatli qog'ozlarga shartnomalar, jumladan, davlat obligatsiyalari, aktsiyadorlik banklarining
aktsiyalari, ishlab chiqarish aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalari, depozitli bank sertifikatlari
ham kiradi.
Birja tovari sifat bo'yicha ham, son bo'yicha ham standartlashtiriladi. Sotilishi lozim bo'lgan
minimal miqdor birja birligi deb ataladi. U qoidaga ko'ra, bitta transport vositasi yoki o'rinning
sig'imiga mos keladi. Tovar etkazib berishning amaldagi sig'isi standart ko'rsatkichi lot, ya'ni
birlikka karra bo'lgan, belgilangan tovar miqdori hisoblanadi (masalan, ming birlik yoki tonna,
yoki 100 o'ram va h.k.).
Birja yetkazib berish vaq joyini bir xillashtiradi (variantlar sonini cheklaydi). Vaqtni bir
xillashtirish tovar faqat pozitsiya deb nomlangan, belgilangan vaqt oralig'ida etkazib beriladi. Har
bir tovarga o'zining yetkazib berish davri xos. Xususan, qishloq xo'jalik mahsulotlari bozorida
yetkazib berish davri ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan belgilanadi.
Yetkazib berish joyini bir xillashtirish ombor va elevatorlar mos keluvchi ro'yxati bilan
belgilanadi. Ba'zida tovarni temiryo'l stantsiyasiga vagonlarda keltirishga ruxsat beriladi. Bir
xillashtirish tovarlarning taqqoslanuvchanligini ta'minlash uchun zarur. Birja yoki uning
vakolatlagan firmasi sotuvchiga ombor guvohnomasi – varrant beradi. Sotuvchi uni xaridorga
chekka almashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: