1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR



Download 152,09 Kb.
bet49/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Birinchi jahon urushi Fransiya iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi?

  2. “Milliy blok” hukumatining o‘z oldiga qo‘ygan dasturi nimalardaniborat edi?

  3. “So‘l blok” hukumati qachon hokimiyat tepasiga keldi?

  4. Fransiyada 1934 yilgi fyevral voqealarining sababini ayting?

  5. Fransiyada antifashistik Xalq fronti hukumati qachon hokimiyat tepasiga keldi?

  6. Ikkinchi jahon urushi arafasida Fransiya hukumati tashqi siyosatining mohiyatini ayting?

7. Fransiyaning Myunxen bitimida ishtirokning maqsadi nima edi?
8. Fransiya ittifoqchi sifatida nega Polshaga amaliy yordam ko‘rsatmadi?

10-mavzu: 1918-1939 yillarda Germaniya.

REJA:

  1. Birinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy va siyosiy iqirozyillarida Germaniya.

  2. Kapitalizmning qisman mo`tadillashuvi yillarida Germaniya.

  3. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Germaniya. Fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi.

  4. Ikkinchi jahon urushi arafasida Germaniya.




  1. Birinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy va siyosiy iqirozyillarida Germaniya.

Birinchi jahon urushi arafasida Germaniya eng kuchli imperialistik mamlakatlardan biri edi. Sanoat taraqqiyoti sohasida Germaniya, Angliya va Fransiyadan o‘zib ketgan mamlakat edi. Birinchi jahon urushi yillarida ishlab chiqarish hamda kapitalning konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi, monopoliyalarning o‘sishi tezlashdi. Faqatgina Krupp konsernining daromadi 15 marta oshdi. Ammo shu bilan birga birinchi jahon urushi mamlakatga katta zarar, xalq ommasiga og‘ir kulfatlar keltirdi. Iqtisodiy va siyosiy zulm kuchaydi. Sanoat korxonalarida harbiy katorga rejimi o‘rnatildi. Ish soatlari uzaytirilib ish haqi pasaytirildi. Qishloq xo‘jaligi chuqur iqirozga uchradi. Ekin maydonlarining yarimidan ortig‘i qisqardi. Ko‘p sanoat markazlari vayron bo‘ldi. Moliyaviy ahvoli yomonlashib davlat qarzi ko‘paydi. Ochlik va epidemiya natijasida 900 mingdan ortiq kishi o‘ldi. Urushda 1 million 800 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 1 million 500 ming kishi mayib majrux bo‘lib qoldi.
Frontlardagi harbiy holat siyosiy iqirozni chuqurlashtirib yubordi. Germaniya imperializmini qutqarib qolishga intilgan AQSH prezidenti Vilsonning maslahati bilan 1918 yil 3 oktabrda sotsial partiya o‘ng qanotining vakillari bilan (Sheydeman va Bauer) ishtirokida shaxzoda Maks Badenskiy boshchiligida yangi, kaolitsion hukumat tuzildi. Lekin hukumat o‘zgarishi ichki siyosiy ahvolni yengillashtira olmadi.
1918 yil 3 noyabrda Kilda harbiy flot matroslarining qo‘zg‘oloni bo‘lib, Germaniyada inqilob boshlanib ketdi. Monarxiya hokimiyati ag‘darilib tashlandi. Imperator Vilgelm II Gollandiyaga qochdi. 1918 yil 10 noyabrda Berlin Sovetining birinchi plenumi yangi hukumatni “Xalq vakillari Soveti”ni tuzdi. Ebert va Sheydemanlar hukumat boshliqlari bo‘lib oldilar va hukumatni “Sof sotsialistik hukumat” deb atadilar.
1918 yil 12 noyabrda Germaniya bilan Antanta o‘rtasida Germaniyaning batamom taslim bo‘lishi to‘g‘risida yarash bitim imzolandi. 1918 yilning 16-21-dekabrida Sovetlarning birinchi umumiy Germaniya s’ezdi bo‘lib o‘tdi. S’yezd butun hokimiyatni Ebert hukumati qo‘lida qoldirish va Ta’sis majlisiga saylovlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
1919 yil 19 yanvarda Milliy ta’sis majlisiga saylovlar o‘tkazildi. Ko‘pchilik o‘rinni burjua partiyalari “Xristian demokratik partiya”, “katolik” “Markaz” partiya, savdo-sanoat burjuaziya partiyasi bo‘lgan “Demokratik partiya” sanoat va moliya magnatlari partiyasi bo‘lgan “Xalq partiyasi” va boshqa partiyalar egalladi.1919 yil 6 fyevralda kichik Veymar shahrida Ta’sis Majlisi ochildi shu kuni o‘ng sotsial-demokratlar qo‘lida bo‘lgan ishchi va soldat deputatlari markaziy Soveti o‘z huquq va majburiyatlarini Ta’sis Majlisiga topshir­di. Germaniya ishchi demokratlari sovetlari batamom tugatildi. Sheydeman boshchiligida sotsial demokratlardan, demokratik va katolik partiyalari vakillaridan iborat yangi hukumat tuzildi. Ebert prezident qilib saylandi.
1919 yil 31 iyulda Milliy majlis tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaga (Veymar konstitutsiyasi) muvofiq Burjua parlamenti formasidagi burjua respublikasi qaror topdi. Burjua-yunkyerlar ittifoqida rahbarlik burjuaziya qo‘liga o‘tdi.
Konstitutsiyaga muvofiq, federativ tuzum saqlanganligi holda, marka­ziy hokimiyat kuchaytirildi. Markaziy hokimiyat - reyxstag (qonun chiqaruv­chi organ - quyi palata), reyxstrag (O‘lkalar vakillari Soveti-yuqori palata) va prezidentdan iborat bo‘lib. Prezidentga katta huquqlar berildi va Konstitutsiyaning 48-moddasiga binoan, u 7 yilga saylanardi.Veymar konstitutsiyasi davlatdagi rahbarlik roli burjuaziyaga o‘tgan­ligi­dan dalolat edi.
So‘ngra yangi hukumat vakillari Parijda Versal tinchlik shartnoma­si­ni imzoladilar. 1919 yil 28 iyunda Versalda Germaniya bilan Antanta o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasi mamlakatning iqtisodiy ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Versal sulhining ijodchilari avvalo AQSH, so‘ngra Angliya va Fransiya davlatlari edi. Sulh shartnomasiga ko‘ra, Germaniya urushda Antanta mamlakatlariga yetkazilgan barcha zararlarni qoplaydigan bo‘ldi. Umuman to‘lanadigan reparatsiya summasi keyinroq (1921 yil mayida) oltin bilan 132 mlrd. oltin marka qilib belgilandi.
1919 yilda sobiq kayzer armiyasining jinoyatchi ofitser va soldat­lari­dan, eng reaksion va shovinistik elementlardan iborat fashistik partiya tuzildi. Bu partiya o‘zini “Milliy sotsialistik ishchi partiyasi” deb atadi. Fashistik partiyaning 25 banddan iborat bo‘lgan dasturi ishlab chiqildi.Natsistlar dasturi barcha nemislarni bir davlatda - Buyuk Germaniyada birlashtirishni talab etardi. Bu esa nemislar yashaydigan hududlarni - Chexoslovakiya, Avstriya, Polshaning bir qismi, Belgiya, Gollandiya, Boltiqbo‘yini Germaniyaga qo‘shib olishni bildirardi.
Adolf Gitler 1920 yildan boshlab fashistlar partiyasining yetakchisi bo‘lib qoldi. U sobiq Kayzer armiyasining efreytori va urushdan so‘ng Myunxen shahar politsiyasining maxfiy agenti edi. Fashistlar shturm otryadlarini tuzdilar. “Irqiy ozodlik” shiori ostida reaksion-shovinistik propaganda avj olib ketdi.Natijada mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, hukumat inqirozi yuz berdi. Yirik burjuaziya va harbiy-monarxist doiralar reparatsiya to‘lamaslikni talab qilib chiqdilar.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish