1-mavzu: biologiya fanining maqsadi va vazifalari



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/274
Sana16.06.2021
Hajmi1,33 Mb.
#67110
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   274
Bog'liq
Biologiyadan yangi ped texnol. ishlanmalarnkji

Mitoz  bo’linish.  Hujayraning  mitotik  sikli  interfaza  va  mitozdan  iborat.  Hujayraning  bir  mitozdan  ikkinchi  mitozga  bo’lgan 
rivojlanish bosqichi interfaza deyiladi. Interfaza go’yo hujayraning tinim holatidek ko’rinsada, aslida unda juda katta hayotiy jarayonlar ro’y 
beradi.  Birinchidan  hujayra  o’sib  kattalashadi.  Ikkinchidan  unda  oqsillar,  uglevodlar,  yog’lar  zahirasi  to’planadi,  fermentlar  faolligi  ortadi. 
RNKlar hosil bo’ladi. Uchinchidan DNK molekulasi ikki hissa ko’payadi. 
Interfaza bosqichidan so’ng, mitoz bo’linish boshlanadi. U to’rtta profaza, metafaza, anafaza, telofazadan  tashkil topadi. Profazada 
hujayra  yadrosi  kattalashadi.  Unda  xromatidalar  paydo  bo’lib  spirallashadi.  Yadro  qobig’i  parchalanib,  xromatidalar  sentromeralar  orqali 
birlashgan bo’ladi. Sentriolalar bo’linib hujayra qutblari tomon yo’naladi. Yadrochalar yo’qolib ketadi. Axramatin ipchalar shakllanadi.          
Metafazada xromosomalar hujayra markaziga to’planadilar. Har bir xromosomaning sentromeri axramatin ipiga birikadi.
Anafazada  xromatidalarni  birlashtirib  turuvchi  sentromeralar  bo’linib,  xromatidalar  bir-biridan  ajralib  ketadi  qutblar  tomon 
yo’naladi. 
Telofazada  xromosomalar  ikki  qutbga  to’planib  spirallari  yoyila  boshlab  ingichkalashib  ketadi  va  ikkita  yadro  hosil  bo’ladi. 
Sitoplazma ikkiga ajralib o’rtasida plazmatik membrana shakllanadi. 
Shunday qilib mitoz bo’linish yadroning (kariokinez) va sitoplazma bo’linishi sitokinezdan tashkil topadi. Ayrim holatlarda sitokinez 
kuzatilmaydi, oqibatda ko’p yadroli hujayralar hosil bo’ladi. 
Mitoz bo’linishda xromosomalarning diploid to’plami saqlanadi. Mitoz bir va ko’p hujayralarning jinssiz ko’payish meyoz asosini 
tashkil etadi. Meyoz   bo’linish mitozdan farq qilib ikki marotaba bo’linishdan iborat. Uning birinchi bo’linish fazalari  oldiga rim raqami I, 
ikkinchi bo’linish fazalarining oldiga II raqam yoziladi.   Meyoz ham mitoz kabi interfazadan boshlanadi. Interfazada DNK molekulasi ikki 
hissa  ortishi  hisobiga  xromatidalar  ham  ikki  karra  ko’payadi.  Interfazadan  so’ng  meyozning  birinchi  bo’linishi  sodir  bo’ladi.  U  nisbatan 
murakkab, uzoq muddatli. 
I profazada ikkita xromatidadan tuzilgan har bir xromosoma spirallashib yo’g’onlashib kattalashadi. So’ngra urg’ochi va erkakdan 
o’tgan  gomologik  xromosomalar  uchlari  bilan  bir-biriga  yaqinlashadilar  va  yonma-yonlashib  o’zaro  birikib  xromosomalar  tetradasini  hosil 
qiladilar. Gomologik xromosomalarning o’zaro juftlashgan qismlarining chalkashuvi oqibatida xromatidalarning ayrim qismlar almashishlari 
mumkin.  Buni  krossingover  hodisasi  deyiladi.  Qayd  etilgan  jarayonlardan  tashqari  1  profazada  yadro  qobig’I  parchalanadi,  yadrochalar 
yo’qoladi. Sentriolalar ikki qutbga yo’naladilar. 
I metafazada xromatidalar juft-juft holatda hujayraning markaziy qismida to’planadilar. 
I.Anafazada juft-juft xromatidalar o’z sentromeralarini saqlagan holda ikki qutb tomon harakatlanadilar. 
I.Telofazada xromosomalar soni ikki marta kamaygan hujayralar hosil bo’ladi. 
Birinchi meyoz bilan ikkinchi meyoz oralig’i qisqa bo’lib uni interkinez deyiladi. Interkinezda DNK ikki hissa ortishi ro’y bermaydi. 
II.Profazada xromatidalar spirallashadi yadro qobig’i parchalanadi. Yadrocha yo’qolib, bo’linish urchig’i hosil bo’ladi. 
II.Metafazada juft-juft holatdagi xromatidalar hujayra markaziga joylashadi.
II.Anafazada sentromeralarni bo’linishi tufayli xromatidalar bir-birida ajralib alohida-alohida xromosomalarga aylanadi va ikki qutb 
tomon harakatlanadi. 
II.Telofazada  meyozning  birinchi  bo’linishida  hosil  bo’lgan  har  bir  hujayra  ikkiga  bo’linadi.  Shunday  qilib  meyoz  bo’linish 
mobaynida har bir diploid to’plamli hujayra ketma-ket ikki marta bo’linishi natijasida 4 ta gaploid xromosoma to’plamiga ega jinsiy hujayralar 
– gametalar rivojlanadi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish