Bog'liq Biologiyadan yangi ped texnol. ishlanmalarnkji
“BUMERANG” TEXNOLOGIYASI 2-KICHIK GURUH VAZIFA Irsiyatda Mendel qonunlari.
Irsiyatda Mendel qonunlari. Chex tabiyotshunosi G.Mendel duragaylash metodidan foydalanib irsiyat qonunlarini
ochishga muvaffaq bo’ldi. U o’z tajribalarida no’xot o’simligining muqobil belgilari bilan farq qiluvchi navlarini chatishtirish va
duragaylarning bir necha avlodlarda ularning irsiylanishini o’rgandi.
Mendel tajribalarini birida no’xotning guli qizil va oq navlarini chatishtirib, birinchi avlod duragayini olganda, ularning
guli qizil ekanligini aniqlandi. U birinchi avlod duragaylarda muqobil belgilardan rivojlanganligini dominant, namyon
bo’lmaganini esa retsessiv deb nomladi. Olingan tajriba natijalariga asoslanib Mendel irsiyatning birinchi qonunini ixtiro etdi.
Bu birinchi avlod duragaylarning bir xilligini yoki dominantlik qonuni deb ataladi. Mendel birinchi avlod duragaylarni,
chatishtirib ikkinchi avlodda muqobil belgilar qanday rivojlanishini tekshirdi. Ma’lum bo’lishicha ikkinchi avlod duragaylar
orasida muqobil belgilarning dominant belgili o’simliklar, bilan bir qatorda retsessiv belgili o’simliklar ham rivojlanishi ma’lum
bo’ladi. Lekin qizil gulli o’simliklar oq gullilarga nisbatan uch hissa ko’p ekanligi aniqlandi. Boshqacha aytganda ikkinchi avlod
duragaylarda birinchi avlod duragaylardan farqli ravishda belgilarning ajralishi kuzatildi va ularning nisbatan 3:1 sxemada
bo’ldi. Yuqoridagilarga asoslanib Mendel irsiyatning ya’ni ikkinchi belgilarning ajralish qonunini kashf etdi.
Nima sababdan duragaylarning ikkinchi avlodidan belgilar bo’yicha xilma-xillik beradi degan muammoni hal etish
uchun Mendel gametalarining soflik farazini ilgari surdi. Mazkur farazga binoan har bir organizmda ko’zga ko’rinadigan tashqi,
ichki belgi, xossalardan tashqari, ularni avloddan-avlodga tashib yuruvchi irsiy omillar bo’ladi. Bunday irsiy omillarni Mendel
lotin alifbosini harflari bilan ifodalashni maqbul ko’rdi. U dominant belgilarning irsiy omillarini bosh harflar, retsessiv
belgilarning irsiy omillarini kichik harflar bilan atashni lozim topdi. Mendel qayd etishicha duragaylar urug’chi, changchi
o’simliklarining chatishtirish natijasida olinganligi sababli, ularda ham urug’chi ham changchi o’simliklarning irsiy omillari
bo’ladi. Duragaylar urchayotganda jinsiy hujayralar - gametalarda ikki muqobil omildan faqat biri o’rin oladi. Binobarin
gametalar sof holda bo’ladilar. Endi Mendelning gametalar soflik farazidan foydalanib, no’xot o’simligining muqobil belgili
shakllarini chatishtirishdan olingan duragaylarning birinchi, ikkinchi avlodida natijalarning tahlil qilib chiqamiz.
Mendel tadqiqotlardan ancha keyin 1902 yili germaniyalik olim Boveri va amerikalik tadqiqotchi Setton Mendelning
gametalar soflik farazi, bilan meyozda gomologik xromosomalarning jinsiy hujayralarga tarqalishi orasida to’liq uyg’unlik bor
ekanligini e’lon qildilar va Mendelning gametalar soflik farazi to’g’ri ekanligini sitologik jihatdan isbotlab berdilar. Shunga
ko’ra hozirgi vaqtda u gametalar soflik nazariyasi deb yuritiladi.
Mendel o’z tajribalari davomida faqat bir juft belgilari bilan farq qilgan o’simliklarnigina emas, shu bilan bir qatorda
ikki juft belgilari bilan farq qilgan o’simliklarni ham chatishtirdi va ulardan olingan duragaylarning birinchi, ikkinchi va keyingi
avlodlarini o’rgandi.
Mendel tajribalarini birida no’xotning doni sariq rang, usti tekis bo’lgan o’simlik bilan doni yashil, usti bujur o’simlik
xilini chatishtirdi. Bundan chatishtirishdan olingan duragaylarda donning sariq va tekis belgisi dominantlik qilgani aniqlandi.
Birinchi avlod duragay o’simligi doni yashil usti bujur bo’xot o’simligi bilan chatishtirishganda kelgusi avlod doni sariq, usti
tekis, doni sariq usti bujur, doni yashil usti tekis, doni yashil, usti bujur no’xot o’simliklar olindi va ular teng miqdorda ekanligi
ma’lum bo’ldi. Ushbu tajribada changchi a urug’chi o’simliklarning juft belgilarni ifoda qiluvchi genlar ba’zan birgalikda ayrim
holatlarda bir-birlaridan ajralib mustaqil holda nasldan-naslga o’tish mumkinligi isbotlandi. Olingan tajriba yakunlarini
xulosalab Mendel belgilarining mustaqil holda irsiylanishi qonunini yaratdi. Uni tubandagicha sharxlash mumkin.
Shunday qilib, Mendelning birinchi va ikkinchi irsiyat qonunlari bir juft muqobil belgilari bilan farqlanuvchi
monoduragaylarda, uchinchi irsiyat qonuni esa – ikki juft muqobil belgilari bilan farqlanuvchi duragaylarda ixtiro qilinganligi
ta’kidlab o’tish joiz.
Mendel vafotidan keyin irsiy omillar lotin alifbosining harflari bilan emas gen tushunchasi bilan almashinildi. Bir juft
muqobil belgini ya’ni sariq va yashil rangni ifoda qiluvchi genlar A va a bilan ifoda qilindi. Genlar xromosomalarda joylashgan,
modomiki shunday ekan biz chatishtirishda qatnashgan urug’chi o’simligini genini AA, changchi o’simlik genini aa bilan ifoda
etsak va ular urug’chi gomologik xromosomalari
A A da chancgchi a a gomologik xromosomalarda joylashgan deb faraz
qilsak olingan natijani sitologik jihatdan tubandagicha izohlash mumkin.
P fen
qizil
oq
gen