A.Jinssiz ko’payish hujayra organizmni ikkiga bo’linishi, kurtaklanish, spora hosil qilish, shizoganiya va vegetativ organlarni
ko’payishi tufayli amalga oshadi. Botanika va zoologiyadan bir hujayrali suv o’tlari, xlorella, xlomidomonada, amyoba, evglenalarni ikkiga
bo’linish orqali ko’payishi sizga ma’lum. Ayrim zamburug’lar, bir hujayrali hayvonlar orasida sporalilarda bitta hujayra bo’linishidan – bir
qancha organizmlar hosil bo’ladi. Bunday bo’linish usuli shizogoniya deb ataladi.
Kurtaklanib bo’linish bakteriyalar, ayrim zamburug’larda, gidralarda uchraydi.
Sporalar hosil qilib ko’payish sodda hayvonlarning sporalilarida kuzatiladi.
O’simliklar vegetativ organlari: ildiz poyasi, tugunagi, qalamchalari, gajaklari orqali ko’payadilar.
Jinssiz ko’payishning asosini hujayraning mitoz usuli bo’linishi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |