Axborot va uning turlari.
Axborot manbalari va iste’molchilarning har xilligi axborot shaklining turli ko‘rinishda bo‘lishiga olib keladi:
Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar.
(ushbu rasm orqali tinglovchilar ortasida EKSPRESS-TRENING o‘tkazish va uni tahlil qilish tavsiya etiladi.)
2. Matnli – xarf, raqam va belgilar to‘plamidan tarkib topgan axborot.
(tinglovchilarga birinchi va ikkinchi turlarini farqlab berilishi lozim).
3. Grafik – tasvirlardan iborat bo‘lgan tasavvur ko‘rinishidagi axborot.
(chizma, grafik, diagramma, videotasvir, annimatsiya va multiplikatsiya farqlari va JT va S o‘rni haqida ma’lumot berilishi lozim).
Axborot tizimi va kommunikatsion texnologiyalari.
Ta’lim va mashg‘ulot jarayonida kompyuterdan foydalanish uchun ta’lim beruvchi uni ishga tushirish, undan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bir qator operatsiyalarni bajarishi talab qilinadi.
Birinchi navbatda kompyuterning umumiy ko‘rinishini keltirib o‘tamiz.
Kompyuterning asosiy qurilmalari umumiy tuzilishini ko‘rib chiqqanimizda ularni 4 qismiga bo‘lib o‘rganamiz. (ilgari 3 qism deb yuritilar edi).
1. Tizimli blok.
2. Monitor.
3. Klaviatura.
4. Sichqoncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |