2 –rasmda Sportchi holatini aniqlashda qo‘llaniladigan kompyuter qurilmalar
Jismoniy tarbiya va sport faoliyatida mashq bajarish jarayonida sportchining organizmi va tizimlaridagi o‘zgarishlar dinamikasini kuzatish, qayd qilib borish va tahlil qilib borish keyinga rejalashtirish va istiqbollash ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 2 –rasmda sportchi mashq bajarish jarayonida amalga oshiriladigan tadqiqotga misol keltirgan.
3-rasmda esa sportchi organizmi funksional faoliyati darajasini Ergometr (Veliergometrlar keyinroq keltirilgan) yordamida o‘rganish keltirilgan.
3-rasm. Sportchi organizmi funksional faoliyati darajasini aniqlash kurilmasi
Shuningdek sportchi organizmi funksional faoliyatida aerob va anaerob chegaralarni hamda aerob va anaerob chegaralari darajasida quvvatni va kislorod talabini va maksimal (4-rasm) kislorod iste’molni aniqlash va baholash katta ahamiyat kasb etadi.
4-rasm. Sportchi kislorod iste’molni aniqlash va baholash qurilmasi
Veloergometriya. Sportchi mushaklarining maksimal quvvati veloergometriya yordamida aniqlanadi.
Veloergometrik sinovlar 5 – rasmda ko‘rsatilgan veloergometrdan foydalanib amalga oshirildi.
Ma’lumotlarni qayd etish tamoyili quyidagicha. Magnit rele g‘ildirakning har bir yarmining aylanish vaqtini qayd etadi. Avtomatlashtirilgan uzatish markazi orqali olingan tajriba natijalari kompyuterga kiritiladi.
5-rasm. veloergometri asosidagi kompyuterli qurilma.
6–rasmda quvvat egri chizig‘i qayd etilishiga misol keltirilgan.
Rasm 6. Quvvat-vaqt bog‘liqligi. Abssissa o‘qi bo‘yicha - vaqt (s). Ordinata o‘qi bo‘yicha - quvvat (Vt). Arrasimon egri chiziq - haqiqiy qiymatlar. Silliq egri chiziq - nazariy hisoblangan qiymatlar.
7-rasm. Tenzodinamometriya. Tajriba natijalari kompyuterga kelib tushadi.
Kuch egri chizig‘iga misol 8-rasmda keltirilgan.
Rasm 8. Kuch-vaqt bog‘liqligi. Abssissa o‘qi bo‘yicha vaqt (s). Ordinata o‘qi bo‘yicha kuch (N).
Sportchining kuch imkoniyatlarini aniqlash uchun (8–rasm) tenzodatchiklar yopishtirilgan metall halqa, kuchaytirgich, avtomatlashtirilgan uzatish markazi va kompyuterdan tashkil topgan tenzodinamometriyadan foydalaniladi.
Uning ishlash tamoyili quyidagicha. Sport turiga bog‘liq holda asosiy mushak guruhlari va ishchi burchaklari aniqlanadi. Standart holatlarda test amalga oshiriladi.
Spidografiya. Sportchilarning yugurish tezligini qayd etish uchun qo‘llaniladigan moslama spidograf (9–rasm) quyidagi qismlardan tashkil topgan: asosli tirgak, ikkita g‘altak (spinning), magnitli datchik, avtomatlashtirilgan uzatish markazi va kompyuter.
G‘altaklarning biriga leska o‘ralgan, ikkinchisida esa – magnit datchik o‘rnatilgan.
Sirtmoqning leskasi ikkinchi g‘altak ustiga tashlangan va karabin yordamida sinovdan o‘tayotgan sportchining beliga mahkamlanadi.
Yugurayotgan sportchi leskani tortadi, g‘altakni aylanish tezligi datchik yordamida qayd etiladi, signal avtomatlashtirilgan uzatish markazi orqali kompyuterga uzatiladi. Yugurish tezligi qayd etilgan misol 10–rasmda ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |